Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Bosh sahifa - yangi maqolalar

25 marta o'qildi
Ozod inson haqida qo'shiq

XX asrdagi mashhur asarlaridan biri “Farg’ona tong otguncha” romani  qamoqxonada  yozilgan edi. Yozuvchi kitobxonga yozgan maktubida “Men bu kitobni yoza turib qanchalar yig’laganman, qanchalar qon yutganman!.. Bilsangiz, peshonamda temir panjara, tepamda o’limtik chiroqning o’lib bo’lgan qora nuri, ostimda zax, sovuq beton, eshigida otning kallasidek qulf!..  deb ta’rif bergan edi. Kitobxonlarning adib hayotiga bo’lgan qiziqishlari inobatga olinib, mazkur  qissa yozildi va o’quvchilar hukmiga havola etilayapti.

Davomi »

13 marta o'qildi
Sevmisham seni

Turkman shoiri va mutafakkirir Maxtumquli ijodi o’zbek kitobxonlariga juda yaxshi tanish. Uning she’riyati allaqachon xalqimiz  yodiga singib, qo’shiq bo’lib, ma’naviy mulkimizga aylangan. Biz adabiyot muxlislari qiziqishini hisobga olgan holda,  shoir she’riyatidan saralangan mo’jaz guldasta tayyorladik.

Davomi »

36 marta o'qildi
Kallaxonalik yigitcha

Ushbu asar O'zbekiston xalq rassomi  bir qator xalqaro mukofotlar sovrindori Anvar Mirzoning qalamiga mansub. Asardagi voqealar real hayotimizda doimo uchrab turadigan hodisalardan iborat. Asarga ishlangan rasmlar rassom Anvar Mirzoning ijodlaridan olingan.

Davomi »

42 marta o'qildi
Qora beva

Hikoyalar inson hayotining manzaralaridir. Ularda odamzotning dardi, sevinchi, muhabbati, shodligiyu azoblari yashaydi. Salomat Vafoning “Qora beva” kitobini mutolaa qilar ekansiz o‘z ko‘ngingizda, tasavvuringizda turfa xil manzaralar kechadi. Ulardagi voqealar ifodasi butun borlig‘ingizni, ongu shuuringizni band etadi.

Davomi »

60 marta o'qildi
Jumboq

Oddiy odamlarning hayoti ham jumboqqa aylanishi mimkin ekan. Aynan shu bois u ko’plarda qiziqish, havas va xasad uyg’otadi. Ahir, bu qahramonga omad kulib boqqan edida! Vaholanki, Ilyos Komilov faqat qadr-qimmatga sazovor bo’lishni hohlagandi. Ho’sh u o’z niyatiga yeta oladimi?  Buni esa kitobni o’qib bilib olasiz!

Davomi »

43 marta o'qildi
Ilon o'chi

Umr so’qmoqlarida har bir inson o’zining hatti-harakati va qilmish-qidirmishlariga yarasha javob oladi. Bunday  hol jamiyat va tabiat hodisalariga ham daxldordir. Kitobxonlar e’tiboriga tushagan ushbu asar voqealari zamirida ana shu umuminsoniy hulosa yotadi va qiziqarliligi bilan kitobxonni rom qiladi. Shu asno hayotdan to’g’ri hulosa chiqarishga, inson bo’lib yashamoq

Davomi »

5614 marta o'qildi
Klod Gyo

Viktor Gyugoning asarlari XX asrning elliginchi yillaridan boshlab o’zbek tiliga tarjima qilina boshlandi. “Klod Gyo” qissasini Q. Mirmuhammedov, “Shohona ishrat” dramasini E. Vohidov tarjima qilgan. Shuningdek Viktor Gyugoning o’lim jazosi to’g’risida so’zlagan nutqlari tarjimasi E. Ernazarov tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu kitob Viktor Gyugoning o’zbek tilida chop etilayotgan ilk to’plamidir.

Davomi »

5593 marta o'qildi
Fotima va Zuhra

Ezgulik va qabohat, muhabbat va nafrat, haqgo’ylik va adolatsizlik, or-nomus va nopoklik o’rtasidagi kurashda kim mag’lub bo’ladi, kim yengadi? Ota-ona,  aka-uka, opa-singil orasidagi qildan nozik,  tog’dan og’ir rishta nima? Bilgingiz kelyaptimi?  Unday bo’lsa kitobni o’qib ko’ring!

Davomi »

5627 marta o'qildi
O'gay ona

Husn va odobda benuqson bo’lgan o’n to’qqiz yoshli Fotima nega  ikki yetim farzandning otasiga turmushga chiqdi?  Onasiyu holalarining tushuntirishlaridan qo’shni  o’gay onaning “sabog’i” kuchliroq ta’sir etdimi?  Farzand oldidagi burch va ma’suliyat, tarbiya va ahloq, to’g’rilik va halollik, chin insoniylik hususidagi tiyran  fikrlarga boy mazkur asar o’quvchi qalbidan joy oladi, degan umiddamiz.

Davomi »

5616 marta o'qildi
Muhabbat simfoniyasi

Atoqli turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi”, “Yashil kecha”, “Tamg’a”, va “Xazonrezgi” romanlari o’zbek tilida nashr etilgan. Yetti qismli “Choliqushi” seriali televideniye orqali  ko’p bora namoyish etilgan. Adibning 2011 yilda mazkur “Muhabbat simfoniyasi” asari ham  namoyish etildi. O’ylaymizki ushbu asar ham o’z muhlislariga ega bo’ladi.

 

Davomi »