Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Bosh sahifa - yangi maqolalar

5682 marta o'qildi
Insof

Xalqimizning sodiq farzandi bo‘lgan sevimli yozuvchimizning asarlari qalbimiz ardog’ida. Uning Mustaqillikni avaylash, ma’naviy qadriyatlarimizni asrash, bugungi yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Insof” kitobi siz aziz kitobxonlar tomonidan sevib o’qiladi degan umiddamiz.

Davomi »

5680 marta o'qildi
Oquvchilar ortasida kitobxonlikni targib qilish boyicha korik- tanlov

Xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari Alisher Sadullayev Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurib, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha qator qiziqarli tanlovlarni o‘tkazish haqida bir qator taliflarni berdilar.

Davomi »

5865 marta o'qildi
Kompyuter alifbosi

Aziz kitobxon ushbu kitobda siz kompyuter texnologiyalari sohasi haqidagi ilk bilimlarni egallashingizga ko'mak beradi. Mazkur  kitobda dasturlash, Windows operatsion tizimi va undagi ofis dasturlari asosiy va yordamchi qurilmalar va ularning vazifalari haqida dastlabki bilim va malakangizni oshirishingiz mumkin.

Davomi »

5766 marta o'qildi
Bolalar ensiklopediyasi

Qo’lingizdagi ushbu kitob siz aziz bolajonlarning  Kim? Nima? Qachon? Qayerda? kabi savollaringizga javob bo’lsa ajab emas. Albatta dunyodagi barcha narsani bilish qiyin ammo sekin-asta juda ko’plab ma’lumotlarni bilib olasiz. Shu kabi bilimlarni egallashda qo’lingizdagi mazkur kitob sizga doimo hamroh bo’lsin.

 

Davomi »

5713 marta o'qildi
Umar Hayyom

Ushbu kitobda siz benazir shoir Umar Hayyom she'riyatining nafisligi, serma'no ruboiylaridan bahramand bo'lasiz. Mazkur kitobda shoirning ham fors-tojik, ham o'zbek va rus tillaridagi g'azal va ruboiylari kiritilgan. O'ylaymizki ushbu kitob siz aziz kitobxonlarimizga albatta manzur bo'ladi.

Davomi »

5694 marta o'qildi
O'tgan kunlar

Ushbu asar o’zbek romanchiligining asoschisi bo’mish Abdulla Qodiriy qalamiga mansubdir. Unda tariximizning  og’riqli nuqtalari,  sevgi, mehr-muhabbat, sadoqat kabi tuyg’ularni ulug’lashga undasa, qaboxat, razolat va zulm kabi tuyg’ular qoralanadi. Adib asar qahramonlarini shu qadar jonli tasvirlaganki, hatto ularning dardi sizga o’tishini sezasiz. O’ylaymizki mazkur asar qalbingizdan chuqur o’rin oladi.

Davomi »

5679 marta o'qildi
Ko'hna dunyo

Odil Yoquboning ushbu asari 1982-yilda yozilgan. Oradan o’ttiz yil o’tib, uni qayta nashr etilishidan maqsad ulug’ allomamiz Al-Beruniy hamda Ibn Sino hayoti va faoliyati bugungi kun o’quvchisiga tanishtirish, ulardan hayotiy va ma’naviy saboq olishga qaratilgan. Har ikki ulug’  ajdodimizning hayoti va fojeali taqdiri bugungi kun o’quvchisini befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.

Davomi »

5700 marta o'qildi
Shaytanatning jin ko'chalari

O’zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik jinoyat olamini “Shaytanat”-shaytonlar yetovidagi olam deb atagan. Siz, azizlar bu asarni o’qigansiz. Yozuvchi ushbu asarni davom ettirib, “Shaytanat”ning turfa olami” ruknida yana bir nechta asarlar yozdi. Shu asralardan ikkitasi jamlanib, unga izoh sifatida so’z boshi yozilib, farzandlarni to’g’ri tarbiya etishda yordami tegarmikan, degan xayrli niyatda bu kitobda tartib berdi.

Davomi »

5681 marta o'qildi
Yarim asr daftari

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning ushbu kitobi qariyb ellik yillik kuzatuvlar mahsulidir. Undan  adibning yaqinlari, ota-ona, oila a’zolari haqidagi maqolalari, safdoshlar, ustozlar, zamondosh ijodkorlar bilan bog‘liq xotira va o‘ylar, suhbatlarda xalqimizga  xos mehr-oqibat, donishmandlik, soddalik ham aks etgan. Ushbu kitob adib siymosi, uning hayoti va ijodi haqidagi tasavvurlarimizni yanada boyitadi.

Davomi »

5713 marta o'qildi
Saodat saroyining kaliti

Yozuvchi Tohir Malikning axloq-odobga doir risolalari kitobxonlarga yaxshi tanish. Uning  uch fasldan iborat “Odamiylik  mulki”  axloq kitobi ko‘pchilik diqqatini tortdi. Kitob  garchi o‘smir-yoshlarga mo‘ljallangan bo‘lsada, ardoqli ota va onalar, qadrli ustozlarning ham tanishib chiqishlari maqsadga muofiqdir. Agar suyukli farzandlari va shogirdlari bilan birga mutolaa qilsalar, fikrlashsalar nur ustiga  a’lo nur bo‘lar edi.

Davomi »