Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Bosh sahifa - yangi maqolalar

5570 marta o'qildi
Afgon shamoli

“Afg‘on shamoli”  muallifning eng yirik asaridir. Ushbu asar rus va nemis tillariga tarjima qilingan. Ayni vaqtda Londondagi “Lord bayron” nashriyotida chop etishga tayyorlanmoqdi.

Davomi »

5554 marta o'qildi
Imo-ishoralar siri

Qarshingizda turgan kishi sizning so‘zlaringizni qabul qilayaptimi? Ayni damda uning kayfiyati qanday? Mazkur savollarga “Imo-ishoralar siri” nomli kitobdan javob topasiz. Kitob imo-ishoralar, tana harakatlari, yuz ifodasi, so‘zlash ohangini o‘rganmoqchi bo‘lganlarga ajoyib qo‘llanma bo‘ladi.

Davomi »

5543 marta o'qildi
Xamsa

Mazkur kitobda Alisher Navoiy “Xamsa” sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari, me’yoridan cho‘zilib ketgan manzaralar, monologlar bir oz qisqartirilgan. Ushbu Navoiy dostonlarining nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy she’riyatning gultoji hisoblanmish “Xamsa” she’riy dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb o‘ylaymiz.

Davomi »

5542 marta o'qildi
Urush va qismat

Oliygohni endi tamomlab, maktabda ish boshlagan Zuhriddinning  urush, asirlikdagi hayoti, “urush” degan ofat sabab butun oilasidan ajralib, yolg‘iz qolgan Emma, sevgilisiga erishish uchun o‘zga yurtlarni vatan qilgan Nodira opa, ular o‘rtasida o‘xshashlik yo‘q, umumiylik esa barcha insonlarga xos. Qismat bitigi insonning xohishi va imkoniyatlarinidan ustunligi, xayot va ko‘rguliklar belgilanganidan ortiq ham, kam ham bo‘lmasligiga ushbu roman mutolaasidan keyin yana bir amin bo‘lamiz.

Davomi »

5548 marta o'qildi
Ko'ngil nimadan qorayadi

Mazkur kitobda yozuvchi Tohir Malik odamiylik mulki-axloq-odobga doir suhbatlarini siz-aziz umidimiz yulduzlari bilan davom ettiradi. Adib bu suhbatga ota-onalar, maktab, litsey kollej ustozlarini ham taklif etadi. Ardoqli ota va onalar, qadrli ustozlar bu kitobni ham suyukli farzandlari va shogirdlari bilan birga mutolaa qilsalar, fikrlashsalar nur alannur.

Davomi »

5555 marta o'qildi
Yigit iztiroblari

Sizga havola etilayotgan ushbu asar muallif tomonidan yoshlarimizning hohish-istaklarini, orzu-umidlarini o‘quvchiga asar qahramonlari tomonidan ko‘rsatib bergan. Asar ikki yigitning o‘tmishi va buguni, hayot yo‘llari pastu balandliklardan qay tarzda o‘tganliklari bilan tanishtiradi. Yozuvchi ushbu asarida inson qalbidagi qarama-qarshiliklarni, sevib, sevilmaslik iztiroblarini va bu qiyinchiliklarga odilona javob bergan yoshlar haqida bayon qilgan.

 

Davomi »

5543 marta o'qildi
Sherlok Xoms va Doktor Uotsonning sarguzashtlari

Artur Konan Doylning “Yo‘qotilgan dunyo”, “Zaharlangan mintaqa”, “Daxshat vodiysi” kabi asarlari nafaqat Evropada, balki dunyoga mashhur. Va ayni paytda yurtimiz kitobsevarlariga ham yaxshi tanish. Bu to‘plamda yozuvchining detektiv, ilmiy fantastika, sarguzasht asarlaridan saralab olingan hayotiy dalillarga boy hikoya va qissalari joy olgan.

Davomi »

5543 marta o'qildi
Oxunjon Madaliev!..

Ana shu nom bilan mashhur bo‘lgan xonanda endilikda maktab yaratgan san’atkorlar biri sifatida milily madaniyatimiz tarixidan munosib o‘rin oldi. Ushbu kitob noyob iste’dod sohibi, Oxunjon Madaliev hayoti, ijodi va u haqdagi xotiralar asosida yaratildi.

Davomi »

5538 marta o'qildi
Uygotuvchi alla

Ona diyor vasfini kuylagan Guljamol Asqarova o‘zbek she’riyatiga o‘ziga xos azmiy uslubi bilan kirib kelayotgan shoira qizlarimizdan. Ushbu to‘plamga shoiraning sevgi-muhabbat, ona-Vatan, beg‘ubor bolalik, qadrdon qishloq manzaralari kuylangan eng sara she’rlari kiritilgan. Nazm ixlosmandlari Guljamol ash’orlaridan o‘zlari uchun zarur ruhiy oziq olishlariga ishonchimiz komil.

Davomi »

5549 marta o'qildi
Ayol koz yoshlarga ishonmaydi

Ushbu qo‘lingizdagi to‘plamga yozuvchi Luqmon Bo‘rixoning yangi qissalari kiritilgan. Ularni mutolaa qilar ekansiz, yovuz niyatli, shaxsiy manfaati yo‘lida har qanday qabihlikdan qaytmaydigan kishilarning ohir-oqibat razolatga yuz tutishiga va ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishiga amin bo‘lasiz. Kitob keng abadiyot ixlosmandlariga mo‘ljallangan.

Davomi »