Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Ertaklar

5536 marta o'qildi
Donishmand chopon

O‘tgan zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. U hamma narsadan ham otni yaxshi ko‘rar ekan. Kunlardan bir kun, podsho otxonaga kirib qarasa, otlari ancha oriqlab qolgan emish. Podsho otboqarini chaqirib:

— Otlar nima uchun oriqlab qoldi? — deb so‘rabdi. Otboqar podshoning g‘azabidan qo‘rqib:

— E janobi oliylari, otlaringiz bir necha kundan buyon yem-beda yemay, zo‘r berib kishnaydilar. Shahardan chetroqda boshqa otlar bo‘lsa kerak. O‘sha otlarning ovoziga bular beda yemasdan qo‘ygan bo‘lsalar kerak, deb o‘ylayman, — debdi

Davomi »

5530 marta o'qildi
Axmoq podshoning dono xotini

Bir xotinini Podsho qo‘yib yuborgan ekan. Kunlardan bir kuni podsho o‘zini tanitmay shu xotinining uyiga kirib boribdi.

— Tangri mehmon oling, — debdi. Xotin eshikni ochib:

— Tangri mehmonga eshigimiz ochiq, — deb podshoni kutib olibdi. Podsho xotindan:

— Bu uyda yolg‘iz yashaysizmi? — deb so‘rabdi. Xotin:

— Yolg‘iz emasman, erim o‘tinga ketgan, kelib qolar, — debdi.

Shunda podsho:

Davomi »

5536 marta o'qildi
BAHROM VA GULJAMOL

Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadim  zamonda bir kambag'al chol va kampir bo'lgan ekan. Ularning farzandi yo'q ekan. Bir kuni chol o'tin to'playotib og'ir uf tortibdi. Yo'lda o'tib ketayotgan kishi cholning yoniga kelib:

- Ha,otaxon,nega uf  tortayapsan?   Yo'qchilik charchatdimi? — deb so'rabdi.

Davomi »

5527 marta o'qildi
TUMORA

Qadim zamonda o'rmon chetida ikkita qo'shni bo'lgan ekan. Ulardan biri nihoyatda boy, ikkinchisi kambag'al ekan. Boy qo'shni o'ta xasis va bahil ekan. Kambag'al qo'shni o'tinchi ekan. U kunlardan bir kun o'tin terib yurib ulkan eman daraxti tagida yig'lab o'tirgan qizaloqqa duch kelibdi. Atroida esa hech zog' ko'rinmasmish. O'tinchi zir yugurib, qizaloqning onasini qidiribdi, ammo topolmabdi. Sho'rlikni sher-per yeb ketgandir, deb o'ylab, uyiga olib kelibdi. Bu xudoning bizga mehribonchiligi, befarzandligimizga rahmi kelib, uni bizga o'zi yetkazgan. Uni o'zimiz oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazamiz, — debdi   xotin eriga:

— Qizchaning bo'ynidagi marjon o'rtasida oysimon tumor bor ekan, unga Tumora deb ism qo'yaylik, — debdi.

Davomi »

5531 marta o'qildi
Hasan va Zuhra

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir podachi chol bilan kampir bor ekan.

Ularning Nasiba, Gulbahor va Zulfiya degan uch qizi bo‘lar ekan.

Oydan oy, yildan yil o‘tibdi, qizlarning bo‘yi yetibdi. Nasiba yigirma birga, Gulbahor o‘n to‘qqizga, Zulfiya o‘n sakkizga kiribdi.

Chol-kampir qizlariga sovchi kelmagani uchun kecha-yu kunduz xafa bo‘lib yurishibdi.

Kunlardan bir kuni chol kampirga qarab:

— Qarigan chog‘imizda juda qiyin ahvolda qoldik, bu uch qiz o‘g‘il bo‘lganda bizni boqardi. Hech bo‘lmasa bularga sovchi kelsa ham mayli edi, u ham yo‘q, — deb zorlanibdi.

Davomi »

5531 marta o'qildi
DOVDIR KUYOV

    Tay- Nguyen degan qishloqda  bir beva ayol yasharkan. Uning dovdirroq og’li  bo’lib, oti Viyet Soy ekan.

    Kunlarning birida Viyet Soy chiroyli qizni ko’rib qolibdi. Uyiga kelibdi-da onasiga:

-   Qishlog’imizning chekkasida judayam chiroyli bir qizni ko’rib qoldim. Unga uylansam maylimi?-debdi.

Davomi »

5529 marta o'qildi
BORI NEGA TERISIDAN AJRADI?

       Bir falokat yuz berib hayvonlar shohi- yo’lbars og’ir kasalga chalinib qolibdi. U o’z g’orida yotib, shunaqangi og’irarkanki, o’rmonning narigi chetida yashaydigan quyon qo’rqqqanidan shalpangquloqlarini panjalari bilan yopib, qayerga qochishini bilmay qolarkan.

Davomi »

5530 marta o'qildi
BO'HTONNING TAGI ZIL

Sulton Alp Arslon zamonida Hirot shahrida bir mo'min donishmand qariya o'tgan ekan. Kunlardan bir kuni sulton shahar arkiga kelib tushdi va bir muncha vaqt shu yerda turg'un bo'ldi. Uning  yaqin mulozimlaridan bo'lgan tog'asi amir Abdurahmon esa o'sha donishmand qariyaning hovlisida to'xtadi. Kunlardan bir kuni bazmu safo avjiga mingan bir paytda amir Abdurahmon sultonning qulog'iga shivirladi:

 

Davomi »

5531 marta o'qildi

. , қ ққ қ-қ . қ ҳ ...

Davomi »

5528 marta o'qildi
Dyuymchaxon

Qadim zamonda bir ayol yashar ekan. Uning farzandi yo'q, lekin farzandi bo'lishini judayam orzu qilar ekan. Bir kuni u sehrgar kampirning huzuriga borib shunday debdi:

—  Men bir qizalog'im bo'lishini juda-juda istayman, u jimitday kichkinagina bo'lsayam mayliga!

Bundan osoni yo'q! — deb javob beribdi sehrgar kampir. — Manavi arpa donini ol. Bu sizlarning dalangizda o'sadigan, parrandalarga beriladigan oddiy donlardan emas. Buni eltib gultuvakka ekib qo'y.

Davomi »