Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Ertaklar

4929 marta o'qildi
Dyuymchaxon

Qadim zamonda bir ayol yashar ekan. Uning farzandi yo'q, lekin farzandi bo'lishini judayam orzu qilar ekan. Bir kuni u sehrgar kampirning huzuriga borib shunday debdi:

—  Men bir qizalog'im bo'lishini juda-juda istayman, u jimitday kichkinagina bo'lsayam mayliga!

Bundan osoni yo'q! — deb javob beribdi sehrgar kampir. — Manavi arpa donini ol. Bu sizlarning dalangizda o'sadigan, parrandalarga beriladigan oddiy donlardan emas. Buni eltib gultuvakka ekib qo'y.

Davomi »

4936 marta o'qildi
Buzoq, echki va qozi

Bor ekanda yo‘q ekan, bir dangasa bor ekan, hech ishga tobi yo‘q ekan. U hatto shu daraja dangasa ekanki, kunga chiqib o‘tirishni ham xushlamas ekan.

Uning birgina xotinidan boshqa hech kimi yo‘q ekan. Bahor kelib, o‘tlar ko‘karib, yozning issiq kunlari kelmasdan boylar o‘z mollari bilan yaylovga ko‘chib ketar ekanlar. Hech qanday moli bo‘lmasa ham dangasa xotini bilan ularga ergashib ko‘chib keta berar ekan.

Davomi »

4936 marta o'qildi
Botir echki

O’tgan zamonda bir faqir er-xotin bo‘lar ekan. Ularning bisotida faqatgina bitta echkisi bor ekan. Echkisiga har kuni bir siqim quruq xashakni berib, yelinlariga mushtlab kuniga bir kosa sut sog‘ib olishar ekan. Ularning kunlik ovqati shu bir kosa sut bilan o‘tar ekan. Lekin bechora echkiga har haftada bir kun dam berishar ekan. Echki shu dam oladigan kuni bo‘shalib borib, erkin tirikchilik qilar ekan.

Davomi »

4934 marta o'qildi
Ilonning ishi zahar solmoq

Bir cho‘pon daladan qaytayotganda, katta ariqning narigi yog‘idagi to‘qayga o‘t ketganini ko‘ribdi. Bir vaqt suv bo‘yiga kelib qarasa, qamish ichida bir katta ilon vishillab kuyib ketayotgan emish. Cho‘ponning rahmi kelibdi, qo‘lidagi uzun tayoqning uchiga xaltani boylab ilon tomonga uzatibdi. Ilon jon holatda o‘zini xaltaga uribdi, cho‘pon xaltani tortib olib, og‘zini ochibdi, ilonni yerga tushiribdi. Shu payt cho‘ponning oyog‘iga chirmashib olibdi. Cho‘pon hayron bo‘lib:

Davomi »

4945 marta o'qildi
Bulbul

Aziz o'quvchim, senga kunday ravshanki, Chinmochin degan mamlakatning imperatori-shahanshohi ham, fuqarolari ham xitoylardan. Bu voqea qadim zamonlarda bo'lib o'tgan, shunga qaramay, u butunlay unutilib ketmasdan turib, bilib olsang, albatta yaxshi bo'ladi-da! Shahanshohning saroyi dunyodagi eng yaxshi saroy ekan; chiroylikka chiroyli-yu, ammo juda nozikligidan biror yeriga qo'l tegizib bo'lmas ekan. Shahanshohning bog'ida eng anvoyi gullar o'sarkan, gullarning eng yaxshilariga kumush qo'ng'iroqchalar osilgan bo'lib, ular shabboda esganda jaranglab, sayr etuvchilarning e'tiborini tortib, bahri dilini ocharkan. Ana shunday ajoyib bog' ekan bu!

Davomi »

4936 marta o'qildi
Hozirjavob vazir

Bir podsho bor ekan. Uning vazirini hamma dono vazir deb hurmat qilar ekan.

Bir kuni podsho vazirining donoligini sinamoqchi bo‘lib:

— Bir yemakka nima yaxshi? — deb savol beribdi.

Davomi »

4939 marta o'qildi
Otangga qilsang, bolangdan qaytadi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning yolg‘izgina o‘g‘li bor ekan. Ular o‘g‘lini orzu-havas bilan uylantirishibdi. O’g‘il ham farzand ko‘ribdi. Ular inoq yashay boshlabdilar. Nabira olti yoshga kiribdi. Chol bilan kampir esa, juda qarib, qo‘llari qaltiraydigan bo‘lib qolibdi. Ular ovqat yesalar kosalarini, choy ichsalar piyolalarini qo‘llaridai tushirib sindiradigan holga yetib, uydagi kosa-piyolalarni sindiraveribdilar.

Davomi »

4935 marta o'qildi
Bori.

Bo‘ri bilan tulki ikkovi do‘st tutingan ekan. Bir kuni tulki bo‘rining oldiga kelibdi, bo‘ri juda ochiqib turgan ekan, tulkiga qarab:

— E, do‘stim tulki, yaxshi kelding, qani yur, meni biror joyga olib bor va qornimni to‘yg‘azib, xursand qilib kelgin, — debdi.

Davomi »

4936 marta o'qildi
Laylak bilan tulki

Laylak bilan tulki do‘st bo‘lgan ekan. Qimmatchilik vaqti kelib, ikkisi bola-chaqasi bilan och qolibdi. Bir kun laylak tulkiga:

— Tulkiboy, sen uyga qarab o‘tir. Men uchib borib o‘zimizga va bolalarimizga ovqat topib kelay, — debdi.

Davomi »

4934 marta o'qildi
Echkining och olishi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, baland tog‘ bag‘ridagi sero‘t, ko‘m-ko‘k vodiyda bir echki o‘z bolalari bilan yashar ekan. Birinchi bolasi Bulbuli, ikkinchisi Gulsari, uchinchisi Sarguli, to‘rtinchisi Xamirturush, beshinchisi Mirvaxo‘rish, oltinchisi Lolaqizg‘aldoq deb atalar ekan.

Davomi »