Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Bilasizmi?

5424 marta o'qildi
Tog'lar qanday paydo bo'lgan?

Tog’larning ulkan salobatiga boqib, ular abadiy tursa kerak, deb o’ylab qolasan, kishi. Ammo ularni tadqiq qiladigan olimlar, geologlar, tog’lar ham o’zgarib turishini, abadiy emasligini isbot qilib berishi mumkin. Yer yuzasida ro’y bergan ma'lum bir o’zgarishlar nurab, evrilib boruvchi tog’larni yaratdi. Suvning muzlashi tog’ yonbag’irlarini nuratadi, yomg’ir va suv oqimlari qoyalardagi tuproqni yuvib ketadi. 

Davomi »

5398 marta o'qildi
O'tkir xotira sirlari

Bolaligida Ibn Sino onasidan «Nega osmon oldin katakchalardan iborat edi-yu, hozir o‘sha katakchalar yo‘q?» deb so‘ragan ekan. Bunday deb so‘rashiga sabab go‘dakligida onasi har xil hasharotlardan saqlash maqsadida uning yuzini elak bilan yopib qo‘yar ekan. Keyinchalik o‘sha manzarani bo‘lg‘usi tabib kuchli xotirasi yordamida xotirlay bilgan ekan.

Davomi »

5406 marta o'qildi
Suv va muzliklar haqida ajoyib ma'lumotlar

Atrof-muhitning temperaturasi pasayib, suv muzlashi natijasida muz hosil bo’ladi. Muzlagan suvning hajmi ancha kengayadi. O’n litr suvdan, taxminan, o’n bir litr muz hosil bo’ladi. Har bir jismning suvda suzishi va cho’kishi miloddan avvalgi III asrda yashab o’tgan qadimgi yunon olimi Arximed kashf etgan prinsip bilan aniqlanadi.

Davomi »

5342 marta o'qildi
Nega suv muzga aylanadi?

Agar muzlayotgan hovuz, ko’l yoki daryoga e'tibor bergan bo’lsangiz, dastlab suvning yuzasi muzlay boshlaganini ko’rgansiz, albatta. Agar hovuzlar, ko’llar, dengizlar tubidan muzlay boshlasa, hayotimizda ko’p narsalar o’zgarib ketishi mumkinligini hech o’ylab ko’rganmisiz?

Davomi »

5358 marta o'qildi
Qor qanday paydo bo'ladi?

Qor muzlagan suvdan boshqa narsa emas. Unda nega u muzga o’xshamaydi? Hamma gap shundaki, qor donalari muzning kichik kristallchalaridan tarkib topgan va yorug’lik uning behisob qirralaridan qaytgani uchun ham qor donalari shaffof emas, oq bo’lib ko’rinadi.

Davomi »

5365 marta o'qildi
Shamollar qanday paydo bo'ladi ?

Shamolning «sabo», «epkin», «yel», «shabada», «samum», «to’fon», «izg’irin» singari o’nlab nomlari bor. Lekin bu uning hamma turlari nomi mavjud degani emas. Biz: «Shabada esyapti»,yoki «Shamol turyapti» deyishimiz mumkin. Lekin ko’pgina shamollarning o’ziga xos nomi bor.

Davomi »

5367 marta o'qildi
Yer nimadan tarkib topgan?

Yer, asosan, qattiq tog’ jinslaridan tarkib topgan ulkan shar yoki sferadir. Yerning yadrosi ham qattiqdir, chunki ichki jinslar juda katta bosim ostida turadi.

Davomi »

5335 marta o'qildi
Nega oyda hayot yo'q?

Inson Oy yuzasini sinchiklab tadqiq qilgach, u haqda ko’pgina qiziq narsalarni bilib oldi. Ammo Oyda hayot yo’qligini u yerga qadami yotmasdan oldin ham bilar edi.

Davomi »

5358 marta o'qildi
Nega biz yerning aylanishini sezmaymiz?

Odamlar bundan bir necha asr muqaddam, Yer tek turadi, Quyosh, Oy va yulduzlar uning atrofida aylanadi, deb o`ylashgan. Nega shunday deb o`ylashganini tushunish uncha qiyin emas. Bir qarashda hozir ham shunday tuyuladi. Hech kim Yer aylanishini sezmagan. Nega Yer aylansa, uning ustidagi narsalar, okeanlardagi suvlar to`kilib, sochilib ketmaydi?

Davomi »

5355 marta o'qildi
Boshqa sayyoralarda hayot bormi?

Biz to shu kungacha boshqa sayyoralarda u yoki bu shaklda hayot bor-yo’qligi to’g’risida aniq ma'lumotga ega emasmiz.Mutaxassislar kosmik tadqiqotlar o’tkazish orqali bu savolga javob izlashmoqda.Lekin shuni aniq bilamizki, hayot mavjud bo’lishi uchun ma'lum shart-sharoitlar talab etiladi.

Davomi »