Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Hikmatlar

5530 marta o'qildi
Daraxt ekishning mukofoti (ibratli hikoya).

Bir podsho o’z vaziri bilan sayrga chiqib, bir qishloqdan o’tib borar ekan, bog’ida ishlayotgan qari cholni ko’rdi.  Chol qarib qolganiga qaramay mehnat qilib daraxt ko’chatlarini ekar ekan. Cholning bunday mehnat qilishi podshoga juda yoqdi....

Davomi »

5534 marta o'qildi
Bolaning haqiqiy onasi qanday topildi.

Qadim zamonda Sulaymon alayhissalom ismli odil inson yashagan edi. U kishi bir vaqtning o’zida podsho va payg’ambar edi. Hazrat Sulaymon alayhissalom oldiga ikki xotin bir bolani olib keldilar. Biri, "Bu bola meniki," desa, ikkinchisi ham "Yo'q bu menikidir", der edi.

Davomi »

5536 marta o'qildi
Ogit va nasihatlar haqida

Eng qiyini — o‘z ishini anglab yetish, eng osoni — o‘zgalarga nasihat aytish.

FALES

Biz chelaklab nasihat aytamizu, ammo o‘zimiz tomchilab qabul qilamiz.

U. OLJER

O’zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi.

QOBUS

Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi.

ARISTOFAN

Davomi »

5536 marta o'qildi
Yolgonchilik

Kishi yanglishgan paytda buni har qanday odam sezadi, ammo aldayotganda esa hamma ham sezavermaydi.

I. GYOTE

Albatta, bilmay turib ham yolg‘on gapirib qo‘yish mumkin, ammo «yolg‘onchi», degan tushuncha qasddan yolg‘on so‘zlash ma’nosini bildiradi.

B. LASKAL

Davomi »

5531 marta o'qildi
Hikmatlar hazinasidan ...

Bolalar uchun kitob yozadigan kishi g'oyat usta san'atkor, katta tajribali pedagog, tilning zarshunosi bo'lmog'i kerak.

Davomi »

5530 marta o'qildi
QO`SHNI HURMATI

Bir kishi o`z do`stining oldiga kelib, uyida sichqon ko`pligidan shikoyat qildi. Do`sti unga mushuk boqishni maslahat berdi.

Davomi »

5532 marta o'qildi
Maqtovlarga munosabat

Maqtashga arzirli odamlarning maqtovigina yoqimlidir.

GNEY NEVIY

 Sendan hech qanday muruvvat ko‘rmagan kishininggina maqtovi eng durust maqtovdir.

ABUL FAROJ

Davomi »

5531 marta o'qildi
Abdulla Qahhor adabiyot va hayot haqida

Chuqur bilim, haqiqiy talant egasi o‘z kuchiga, oldinda ketayotganlarga yetib olishiga, bir safda ketayotib, hech qachon orqada qolmasligiga ishonadi. Ma'rifatsiz, talantsiz yozuvchi (yozuvchi emas) esa, birovga yetib olishga ojizlik qiladi-yu, uni chalib yiqitishga, loaqal bo‘yniga kir latta ilib ta'bini xira qilishga, yurgani xalal berishga urinadi. Haqiqiy talant egasi bir-biriga hasad emas, havas qiladi, bir-birining g‘ayratini keltiradi. Bular orasida raqobat emas, jamiyatimizni olg‘a siljitadigan kuch-musobaqa bo‘ladi.

Davomi »

5536 marta o'qildi
Jomiy hikmatlaridan

Kitobdan yaxshi do`st yo`q jahonda,

G`amxo`ring bo`lgan u hamli zamonda.

U bilan qol tanho, hech bermas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror.

Davomi »

5531 marta o'qildi
Hikmatli latifalar

 Bir boy davlatmandligidan kerilib, shayxga debdi:

   -Sizga qancha pulu oltin kerak bo‘lsa, mana mendan so‘rang!

   -Yo‘q, – debdi shayx. – Men qulimning qulidan narsa so‘ramayman.

   -Ie, qanaqasiga sizga qul bo‘lay? – darqaxr bo‘libdi boy. Shayx javob beribdi:

   -Nafs mening o‘ulim, sen esa nafsning qulisan!..

Davomi »