Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Rivoyatlar

5528 marta o'qildi
Rivoyatlar - Ergash Ochilov

Bir shogird ustoziga shikoyat qildi:

— Falon kishi meni ko'rolmaydi — hasadning zo'ridan tars yorilib ketay deydi.

Ustozi bunga javoban dedi:  

— Xo'sh, hasad-ku yomon ekan, lekin kim senga g'iybat yaxshi deb aytdi?! Boshqalarni yomonlagan kishi seni ham birovga yaxshi demaydi

Davomi »

5528 marta o'qildi
Ergach Ochilov - Sharq rivoyatlari

Abu Ali ibn Sino podsholardan birining kasalini davolab tuzatgandan keyin, podsho tila tilagingni, deganda, Sino: Kutubxonangizdagi kitoblardan foydalanmoqqa ruxsat ctsangiz kifoya, — degan ekan.

Davomi »

5529 marta o'qildi
Shayx Najmiddin Kubro karomati

Mo'g'ullar hujumi vaqtida Shayx Najmiddin Kubro Urganch darvozasi ustiga chiqadi-da, oyog'ini uzatib, shaharni dushman ko'ziga ko'rinmaydigan qilib qo'yadi. Bu buyuk Shayxning karomati ekanligini Hulaguxonhuzuridagi tuslik bir alloma sezadi va unga:

— Bu mujtahid Shayx Kubroning mo'jizasidir. Endi Xorazmni faqat xorazmlik kishigina ko'rishi mumkin, — deb maslahat beradi.

Davomi »

5529 marta o'qildi
Sharqiy rivoyatlar - ibrat ko`zgusi

Sharq xalqlari qadim ul-ayyomdan maqol-matallar, teran ma'noli hikmatli so'zlar, ibratli hikoyat va rivoyatlarga moyilliklari bilan ajralib turadilar. Xalq ertaklari donishmand ota-bobolarimiz har bir hikmatli so'zni bir tillaga teng ko'rishganidan shohidlik beradi. Rivoyat qilishlaricha, Olloh taolo Luqmoni hakimdan: «Payg'ambarlik beraymi yoki hikmatmi?» — deb so'raganida hikmatga esh kishining o'zi to'g'ri, so'zi ma'noli, ishi puxta bo'ladi deb hikmatni tanlagan ekan.

Davomi »

5526 marta o'qildi
IBN SINO VA KITOBLAR

Rivoyat qilishlaricha, Buxoro muzofotida dunyoga dong'i ketgan, mashhur hakimlarning hakimi dono Ibn Sino o'tgan ekan. Ibn Sino yoshligidanoq ilm-fanga berilib, ko'p o'qibdi. O'qigan kitoblari borki, uqibdi, yod olibdi. Bundan tashqari, hayvonlarning "gap-so'z"larini ham, parranda-darrandalarning tilini ham, giyohlarning holatini ham biladigan, tushunadigan bo'libdi. Bolaiar  o'yin-kulgu bilan band bo'lishsa, Ibn Sino chumoli, qumursqalarni tutish, ilon. qurbaqalarni ushlash bilan ovora ekan.

Davomi »

5529 marta o'qildi
IBN SINO SHOGIRDLARI

Tabiblarning tabibi, ulug' hakim Ibn Sino kunlardan bir kuni qattiq og'rib, ko'rpa-to'shak qilib yotib olibdi. Ibn Sinoning shogirdlari, eng yaqin do'st-birodarlari yig'ilishibdi. Do'st-birodarlari yaxshi so'z aytib, ulug' tabibning ko'nglini ko'tarishga, kayfiyatini yaxshilashga harakat qilishsa, shogirtlari ustozlarini dori-darmonlar bilan davolashga kirishibdilar.

Davomi »

5526 marta o'qildi
NON HIDI

Sulton Husayn Boyqaro: "Dunyodagi eng yaxshi hidni keltiring!–deb qolibdi. Unga quchoq-quchoq gul keltirishibdi. Sulton: "Yo'q", — debdi, qalampirmunchoqni ro'baro' qilishibdi, rad etibdi. Yer yuzidagi jamiki xushbo’y narsalarni muhayyo qilishibdi. Sulton bo'lsa: "Men aytgan bu emas", deb— turib olibdi. Keyin:

Davomi »

5528 marta o'qildi
YAXSHILIK O`LMAYDI

Qadim qadim zamonda,
Bir katta boy bor edi.
Kuni serfayz, o`zi ham
Doim baxtiyor edi.

Davomi »

5527 marta o'qildi
NOVVOTGA AYLANGAN "JAVOHIR"

Kunlardan bir kun ilmi tolib ustozi piri komildan so`radi:
— Hazrat, so`zlab bersangiz, insondagi tuban qusurlardan biri — lafzsizlik nimalarda namoyon bo`ladi?
Donishmand javob qildi:
— Quloq sol, bo`tam! Lafz — so`zida qat'iylik, bergan va'dasining ustidan chiqish kabi xislatlar yigitning bebaho fazilatlaridir.

Davomi »

5526 marta o'qildi
DONO DO`ST

Agar men borman deb aytsam, shubhasiz, biz ham bilardik, deb aytasiz. Yaxshi bilasizki, men dunyo xalqlari bilan qayerda bo`lmasin, u xoh kichik bo`lsin, xoh katta, xoh yosh bo`lsin, xoh qari, xoh shaharlik bo`lsin xoh viloyatlik, qo`yingki, afrikalik, osiyolik, yevropalik bo`lsin suhbat quraveraman.

Davomi »