Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Rivoyatlar

4486 marta o'qildi
IBN SINO VA KITOBLAR

Rivoyat qilishlaricha, Buxoro muzofotida dunyoga dong'i ketgan, mashhur hakimlarning hakimi dono Ibn Sino o'tgan ekan. Ibn Sino yoshligidanoq ilm-fanga berilib, ko'p o'qibdi. O'qigan kitoblari borki, uqibdi, yod olibdi. Bundan tashqari, hayvonlarning "gap-so'z"larini ham, parranda-darrandalarning tilini ham, giyohlarning holatini ham biladigan, tushunadigan bo'libdi. Bolaiar  o'yin-kulgu bilan band bo'lishsa, Ibn Sino chumoli, qumursqalarni tutish, ilon. qurbaqalarni ushlash bilan ovora ekan.

Davomi »

4482 marta o'qildi
IBN SINO SHOGIRDLARI

Tabiblarning tabibi, ulug' hakim Ibn Sino kunlardan bir kuni qattiq og'rib, ko'rpa-to'shak qilib yotib olibdi. Ibn Sinoning shogirdlari, eng yaqin do'st-birodarlari yig'ilishibdi. Do'st-birodarlari yaxshi so'z aytib, ulug' tabibning ko'nglini ko'tarishga, kayfiyatini yaxshilashga harakat qilishsa, shogirtlari ustozlarini dori-darmonlar bilan davolashga kirishibdilar.

Davomi »

4480 marta o'qildi
NON HIDI

Sulton Husayn Boyqaro: "Dunyodagi eng yaxshi hidni keltiring!–deb qolibdi. Unga quchoq-quchoq gul keltirishibdi. Sulton: "Yo'q", — debdi, qalampirmunchoqni ro'baro' qilishibdi, rad etibdi. Yer yuzidagi jamiki xushbo’y narsalarni muhayyo qilishibdi. Sulton bo'lsa: "Men aytgan bu emas", deb— turib olibdi. Keyin:

Davomi »

4482 marta o'qildi
OY BILAN SHIRIN

Shirin degan qiz shunday go'zal ediki, tug'ilib, balog'atga yetgandan so’ng, husnining ta'rifi butun olamga yoyilgan edi. O'sha zamonda  dunyo bo’yicha Oy o'zini chiroyli sanab, yer yuzida yurar ekan. Hamma go'zallikda tengi  yo'q Oyni maqtar ekan.

Davomi »

4481 marta o'qildi
BESH ASR

Olimpda yashovchi ilohlar dastlabki odamlarni baxtli qilib yaratganlar. U za-monlar oltin asr, deb ataladi. O'sha vaqtlarda osmonda Kron hukmronlik qilgan. Odamlar Olimpda yashovchi qudratli ma'budlar kabi tashvish, zo'riqish, g'am ni­ma ekanligini bilmay yashaganlar. Qarilik, notavonlik ham ularga begona bo'lgan.

Davomi »

4482 marta o'qildi
YAXSHILIK O`LMAYDI

Qadim qadim zamonda,
Bir katta boy bor edi.
Kuni serfayz, o`zi ham
Doim baxtiyor edi.

Davomi »

4481 marta o'qildi
NOVVOTGA AYLANGAN "JAVOHIR"

Kunlardan bir kun ilmi tolib ustozi piri komildan so`radi:
— Hazrat, so`zlab bersangiz, insondagi tuban qusurlardan biri — lafzsizlik nimalarda namoyon bo`ladi?
Donishmand javob qildi:
— Quloq sol, bo`tam! Lafz — so`zida qat'iylik, bergan va'dasining ustidan chiqish kabi xislatlar yigitning bebaho fazilatlaridir.

Davomi »

4480 marta o'qildi
DONO DO`ST

Agar men borman deb aytsam, shubhasiz, biz ham bilardik, deb aytasiz. Yaxshi bilasizki, men dunyo xalqlari bilan qayerda bo`lmasin, u xoh kichik bo`lsin, xoh katta, xoh yosh bo`lsin, xoh qari, xoh shaharlik bo`lsin xoh viloyatlik, qo`yingki, afrikalik, osiyolik, yevropalik bo`lsin suhbat quraveraman.

Davomi »

4480 marta o'qildi
ALEKSANDR VA JANINAR

Bir er-xotin yashagan ekan. Uzoq vaqt ular farzand tirnog'iga zor bo'libdilar. Nihoyat xudo ularga rahm-shafqat qilib, qo'chqordek ikki o'g'il ato qilibdi. Kattasini Aleksandr, kichkinasini Janinar deb atashibdi. O'g'illar kichkina bo'lgan paytda otalari o'lib ketibdi. Ularni boqish uchun onalari tilanchilik qilishga majbur bo'libdi. Qiynalsa ham onalari ularni oq yuvib, oq tarab tarbiyalabdi.

Davomi »

4479 marta o'qildi
ALEKSANDR VA ERON MALIKASI

Ota-onasi yo'q, ammo katta boylikka ega bir yigit ashagan ekan. Uzzu-kun o'lja ketidan quvib, ov qilib yurgani uchun ham odamlar uni Husayn ovchi deyishar-kan. Hamma uni uylanishga da'vat qilar, ammo yigit:

-  Xotin-qizlar bilan necha pullik ishim bor? - deb javob qilarkan.

Shu yigitning tog'asi oydan bir qiz ko'ribdi. Husayn ovchi qizni uyiga olib ketibdi. Chaqaloqni enagaga topshirib, tarbiyalay boshlabdi. Qiz bo'yiga yetgach, Husayn ovchi mulla chaqirib, nikoh o'qitibdi va unga uylanibdi. Keyin bir qora tanlini chaqirib:

-  Menga xizmatkor bo'lasanmi? - deb so'rabdi.

Davomi »