Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

O`zbek mumtoz adabiyoti

4495 marta o'qildi
Alisher Navoiy "Fardlar"

Buyuk mutafakkir, she`riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 571 yilligiga bag`ishlab uning asarlari bizning saytda joylashtirib borilmoqda. Siz ham ulardan bahramand bo`ling.

Davomi »

4504 marta o'qildi
Qiziq hikoyalar kitobi - Alisher Navoiy

O'zbek adabiyoti namoyandasi bo'lmish Alisher Navoiyning ushbu kitobida ibratli va hikmatga boy hikoyalari jamlangan. Unda hayotiy voqealar ravon va tushunarli tilda yozilgan. Kitob yosh bolalar uchun ham ibratlidir. Uni kattalar o'qisa ham foydalidir.

Davomi »

4485 marta o'qildi
GULBADAN (asardan parchalar)


aniqli ingliz adibasi Margaret Rumer Godenning nomi (1907-1998) shoira, jurnalist va tarixiy asarlar muallifi sifatida Buyuk Britaniya va Hindiston adabiy jamoatchiligi orasida yaxshi ma'lum. Uning turli mavzudagi oltmishdan ortiq kitoblari nashr etilgan.
«Gulbadan» asari 1980-yili yaratilgan bo`lib, buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning oqila qizi, temuriy malika, muarrix Gulbadan begimning hayoti va faoliyati haqidagi ma'lumotlarni muallif qiziqarli ilmiy-publitsistik yo`sinda hikoya qiladi.

Davomi »

4531 marta o'qildi
YUSUF XOS HOJIB

Yusuf Xos Hojib o'z asarini yozish uchun juda katta tayyorgarlik ko'radi: Chin (Xitoy), Mochin (Sharqiy Turkiston), Eron va Turon (Turkiston va umuman turkiy xalqlar yashaydigan o'lkalar) bo'ylab safar qiladi. U yerlardagi turli madaniy-adabiy, tarixiy yodgorliklarni o'rganadi. Shuning uchun ham u asarga o'z davri uchun nihoyatda ahamiyatli bo'lgan rang-barang mavzularni qamrab oladi.

Davomi »

4512 marta o'qildi
MAHMUD KOSHG'ARlY

XI asrda Markaziy Osiyo tuprog'ida qoraxoniylar davlati hukmronlik qilgan. Bu davlat Sharqiy Turkistondan tortib Hazar (Kaspiy) dengizigacha bo'lgan ulkan maydonni o'z ichiga olgan. Markazlashgan qoraxoniylar davlati o'z tasarrufidagi xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida mislsiz yuksalishlarni vujudga keltirdi. Xuddi mana shu davrda turkiy xalqlar shuhratini butun olamga yoygan Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim») va  koshg'arlik qomusiy  bilim egasi  Mahmud  Koshg'ariyning «Devonu   lug'otit   turk»   («Turkiy   so'zlar   devoni»)   asarlari yaratildi.

Davomi »

4499 marta o'qildi
FURQAT

FURQAT (taxallusi; asl ism-sharifi Zokirjon Mullo holmuhammad o’qli) (1859. Qo’qon -1909. Yorkend) - taraqqiyparvar shoir, mutafakkir, publitsist. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab tilini o’rgangan. Madrasada o’qigan (1873-76). Alishsr Navoiy ijodini, fors adabiyoti namoyandalari merosini chuqur o’rgangan, fors tilini mukammal o’zlashtirgan. 1876 yilda Yangi Marg’ilon (hozirgi Farg’ona) shahridagi savdogar tog’asining iltimosiga ko’ra u yerga borib, savdo ishlarida unga yordamlashgan, keyinchalik o’zi ham kichik do’kon ochgan. Ayni paytda bilimdon ziyoli sifatida kishilarning arz va iltimoslarini rasmiy mahkamalarga arizalar shaklida bitib, mirzalik ham qilgan.

Davomi »

4486 marta o'qildi
ATOIY

ATOIY (15- asr, Balx) - shoir. Yassaviy avlodidan. Samarand, Buxoro va Balxda yashagan. Turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o’rgangan.

Davomi »

4490 marta o'qildi
BEDIL

BEDIL (taxallusi; asl ismi Mirzo Abdulqodir) (1644, Bengaliya, Azimobod shahar - 1721, Dehli) - shoir, mutafakkir. Harbiy xizmatchi oilasida tug’ilgan. Ota-bobosi kesh (shaxrisabz)lik, turkiy barlos urugidan. Yoshligidan turli fanlarga qiziqqan. Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirzo Abdulqosim kabi olimlardan ta'lim olgan. Hindiston bo’lab ko’p sayohat qilgan, 1685 y dan umrining oxirigacha Dehlida yashagan.

Davomi »

4486 marta o'qildi
RUMIY

RUMIY Jaloliddin (1207, Balx -1273, Ko’nya) - shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarida ijod qilgan.

Davomi »

4496 marta o'qildi
NODIRA

NODIRA (taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792. Andijon -1842. Qo'qon) - shoira, ma'rifatparvar va davlat arbobi. "Komila" va "Maknuna" taxalluslari bilan ham she'rlar yozgan.

Davomi »