Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

O`zbek mumtoz adabiyoti

5560 marta o'qildi
Barhayot siymolar

Xalqimizning mashhur olimu adiblarga mehri bo‘lakcha. Ushbu to‘plamda Abu Nasr Farobiy,  Abu Rayhon Beruniy,  Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Mahmud Qoshg‘ariy,  Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirog‘oniy, Abdulholiq G‘ijduvoniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Nizomiddin Ganjaviy kabi sharq ilm-fani va mumtoz so‘z san’atining zabardast nomoyandari hayoti va ijodi ilmiy-ommabop uslubda keng va chuqur yoritilgan. 

Davomi »

5564 marta o'qildi
Shoxruh va Gavharshod

Ushbu asarsHoxrux Mirzo va uning suyukli malikasi Gavharshod begimga atab yozilgan. Mazkur asarda Temuriy shaxzoda va malikalar ularning hayot  faoliyati, buyuk muxabbat tarixi haqida so‘z boradi.

Davomi »

5561 marta o'qildi
Umar Hayyom

Ushbu kitobda siz benazir shoir Umar Hayyom she'riyatining nafisligi serma'no, ruboiylaridan bahramand bo'lasiz. Mazkur kitobda shoirning ham fors-tojik, o'zbek va rus tillaridagi g'azal va ruboiylari kiritilgan. O'ylaymizki ushbu kitob siz aziz kitobxonlarimizga albatta manzur bo'ladi.

Davomi »

5547 marta o'qildi
O'tgan kunlar

Ushbu asar o’zbek romanligining asoschisi bo’mish Abdulla Qodiriy qalamiga mansubdir. Unda tariximizning  og’riqli nuqtalari,  sevgi, mehr-muhabbat, sadoqat kabi tuyg’ularni ulug’lashga undasa, qaboxat, razolat va zulm kabi tuyg’ular qoralanadi. Adib asar qahramonlarini shuqadar jonli tasvirlaganki hatto ularning dardi sizga o’tishini sezasiz. O’ylaymizki mazkur asar qalbingizdan chuqur o’rin oladi.

Davomi »

5549 marta o'qildi
Ko'hna dunyo

Odil Yoquboning ushbu asari 1982-yilda yozilgan. Oradan o’ttiz yil o’tib, uni qayta nashr etilishidan maqsad ulug’ allomamiz Al-Beruniy hamda Ibn Sino hayoti va faoliyati bugungi kun o’quvchisiga tanishtirish, ulardan hayotiy va ma’naviy saboq olishga qaratilgan. Har ikki ulug’  ajdodimizning hayoti va fojeali taqdiri bugungi kun o’quvchisini befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.

Davomi »

5543 marta o'qildi
Farhod va Shirin

Mazkur kitobda Alisher Navoiy “Xamsa” sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari, me’yoridan cho‘zilib ketgan manzaralar, monologlar bir oz qisqartirilgan. Ushbu Navoiy dostonlarining nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy she’riyatning gultoji hisoblanmish “Xamsa” she’riy dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb o‘ylaymiz.

Davomi »

5543 marta o'qildi
Xamsa

Mazkur kitobda Alisher Navoiy “Xamsa” sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari, me’yoridan cho‘zilib ketgan manzaralar, monologlar bir oz qisqartirilgan. Ushbu Navoiy dostonlarining nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy she’riyatning gultoji hisoblanmish “Xamsa” she’riy dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb o‘ylaymiz.

Davomi »

5541 marta o'qildi
Sanga konglumni oldurdum

Mirzo Bobur adabiy merosining eng sara namunalari asosida tuzilgan ushbu to‘plam shoh-shoirning dilo‘rtar g‘azallari, purma’no ruboiylari, go‘zal tuyuqlari, daqiq kuzatishlar mahsuli bo‘lmish fardlari va turli asarlari orasidan saralab olingan teran ma’noli hikmatlarini o‘z ichiga oladi. Zabardast so‘z san’atkori nazmiy merosi va badiiy mahorati haqida yaxlit tasavvur hosil qiluvchi mazkur majmua she’riyat muxlislariga munosib tuhfa deb o‘ylaymiz.

Davomi »

5530 marta o'qildi
Xayriddin Saloh Namatak

Xayriddin Salohning “Na’matak” nomli lirik she’rlari siz aziz kitobxonlarga manzur bo‘ladi degan umidamiz. Bu kitobda jamlangan she’rlar yosh-u qarining ko‘nglidan birdek joy oladi deb o‘ylaymiz.

Davomi »

5531 marta o'qildi
Muhammad Avfiy. Nodir hikoyatlar

Muhammad Avfiy XII asrning oxiri XIII asr boshlarida yashagan buxorolik mashhur adib va tazkiranavisdir.

Uning «Lubobul-albob» («Idrok xulosalari») asari ilk tazkiralardan. Avfiy qalamiga mansub«Javomiul-hikoyot» tarixiy va folklor materiallariga asoslanib yozilgan bo‘lib, uning o‘sha davr ijtimoiy illatlarini fosh qiluvchi va yuksak insoniy fazilatlarni madh etuvchi hislatlarini ko‘pgina Yevropa va Sharq tadqiqotchilari ta'kidlaganlar.

Davomi »

Sahifa:  1 2 3 4 Keyingi > Oxirgi