Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Yangi o`zbek adabiyoti

5315 marta o'qildi
Nabijon Hoshimov. Er libosli ayol

Husniya ismli oddiy bir qishloq ayolining taqdiri, uning matonati, jasorati, sadoqati va shijoatiga bag'ishlangan mazkur asarda O'zbekistonda fermerlik xarakatining tarixi, qishloq taraqqiyoti va farovonligi muammolari haqidagi qiziqarli hamda dolzarb voqealar O'z ifodasini topgan.

Davomi »

5345 marta o'qildi
Nabijon Hoshimov. Chayonlar so`qmog`i.

Ushbu asarni mutolaa qilar ekansiz, o'zingizni asar qahramonlari bilan birga yurtimizning maftunkor tabiatini, qolaversa, O'zbekiston sarhadlaridagi ko'rkam tog'lardan ufurayotgan zira hidlarini his etasiz. Afsuski, yaqin o'tmishda bu go'zallik zamirida mamlakatimiz va qo'shni hamdo'stlik davlatlarining barqarorligi uchun umumiy xavf bo'lgani yodingizga tushadi.

Davomi »

5312 marta o'qildi
O.Quvvatov. Vatan mehri.

Havaskor qalamkash ona vatanga bo'lgan qaynoq mehr-muhabbatini satrlarga jo etadi. U vatanning har guli yaprog'iga, tog'u toshlariga mehr bilan boqib, zavq-surur tuyadi. Uni qadrlash sevish, e'zozlash kerakligini yoshlarga uqtirgisi keladi.

Davomi »

5334 marta o'qildi
Nabijon Hoshimov. Adashgan avtobus.

Nilufar har safar katta yo'l yoqasidagi zilol suvi shiddat bilan otilib turadigan artezian qudug'i yoniga borganda, chelagini qo'yib, yo'lning qarshi tarafiga umid bilan boqadi. Otasini kutadi. Mana, qariyb to'rt yil bo'libdiki, shu ahvol. Otasi Yorahmad aka Rossiyaga ishga ketganicha bedarak. Na xat bor, na xabar.

Davomi »

5318 marta o'qildi
Tursunoy Sodiqova she'rlaridan na'munalar.

Shoira Tursunoy Sodiqova nozik ta’b, o‘tkir didli, nafosatli adibalarimizdan biri. U 1944 yili Toshkentda tavallud topgan. Urush davri farzandi. Binobarin, hayotning achchiq -chuchuklaridan boxabar. Shuning uchun ham uning she’rlarida umid, e’tiqod, yaxshi odamlar va yaxshi kunlarga ishonch bosh o‘rinda turadi. 

Davomi »

5325 marta o'qildi
Nabijon Hoshimov. Tog'lik qiz qismati.

Bu yil Chotqol tog'lariga kuz barvaqt keldi. Ariqbo'yi qishlog'idan to Qumloy tepaliklarigacha yastanib yotgan, bahorda lolaqizg'aldoqlardan alvoni gilam qoplanadigan tog' oldi dashtliklarida etilgan oqshuvoqlar izg'irin shabodasida mayin uvillaydi. Ularning nolasi sirli, sitamli bo'lib, go'yo ma'suma ayolning qayg'uli yig'isiga o'xshab ketadi. 

Davomi »

5310 marta o'qildi
Quvvatov Otabek. Qalb sadolari.

Havaskor qalamkash erkin va ozod hayotni, obod diyorni, uning dilbar tabiatini ilhom bilan, jo'shib kuypaydi. Insonni to'g'ri va halol, mehr-oqibatli bo'lishga chaqiruvni hikmatli bitiklarda ham uning yoniq va bezovta qalb tebranishlari seziladi.

Davomi »

5319 marta o'qildi
Quvvatov Otabek. Sog`lom bola polvon bola.

Ushbu kitobga bolajonlarga atalgan she’r va ertaklar jamlandi. Ularda kichiklar hayoti va orzulari aks etgan turli xil voqea va manzaralar qiziqarli tasvir qilinadi. Muallifning uslubi sodda va ravon. Inson uchun muhim bolgan ezgu g‘oyalar bolalarga xos va mos tarzda asarlar zamiriga singdirilgan.

Davomi »

5338 marta o'qildi
Erkin Malik. Shaytonvachchaning nayranglari. 1 kitob

Shaharning ko'p chekkasida ham emas, qoq o'rtasida ham emas, maqtarli boy ham emas, bechorahol kambag'al ham emas, aytarli serbola-yu, qaytarli kambola ham emas dorulomon bir xonadonda shaytonvachcha dunyoga keladigan bo'lib qoldi. O'zi shu shaytonvachchalarning dunyoga kelishi sal g'alatiroq ekan-da.

Davomi »

5330 marta o'qildi
Erkin Malik. Shaytonvachchaning nayranglari. 2 kitob

Oradan ko‘p o‘tmay kitobdorlar Shaytonvachchaning davomini so‘rashyapti deb qolishdi. Allohga shukrlar aytib, O‘zidan madad so‘rab, ishga kirishdik. Ikkinchi kitobda azaldan peshonasi sho‘r bo‘lgan Shaytonvachchaning hayoti nihoyatda chigallashib ketdi. Dumi, qulog‘i kesilib, zambarakka qo‘yib otilgach u gadoy topmas bir qishloqqa borib tushdi. Suvdagi aksini ko‘rib, kapalagi uchdi.

Davomi »