Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Yangi o`zbek adabiyoti

5532 marta o'qildi
Nabijon Hoshimov. Adashgan avtobus.

Nilufar har safar katta yo'l yoqasidagi zilol suvi shiddat bilan otilib turadigan artezian qudug'i yoniga borganda, chelagini qo'yib, yo'lning qarshi tarafiga umid bilan boqadi. Otasini kutadi. Mana, qariyb to'rt yil bo'libdiki, shu ahvol. Otasi Yorahmad aka Rossiyaga ishga ketganicha bedarak. Na xat bor, na xabar.

Davomi »

5529 marta o'qildi
Tursunoy Sodiqova she'rlaridan na'munalar.

Shoira Tursunoy Sodiqova nozik ta’b, o‘tkir didli, nafosatli adibalarimizdan biri. U 1944 yili Toshkentda tavallud topgan. Urush davri farzandi. Binobarin, hayotning achchiq -chuchuklaridan boxabar. Shuning uchun ham uning she’rlarida umid, e’tiqod, yaxshi odamlar va yaxshi kunlarga ishonch bosh o‘rinda turadi. 

Davomi »

5527 marta o'qildi
Nabijon Hoshimov. Tog'lik qiz qismati.

Bu yil Chotqol tog'lariga kuz barvaqt keldi. Ariqbo'yi qishlog'idan to Qumloy tepaliklarigacha yastanib yotgan, bahorda lolaqizg'aldoqlardan alvoni gilam qoplanadigan tog' oldi dashtliklarida etilgan oqshuvoqlar izg'irin shabodasida mayin uvillaydi. Ularning nolasi sirli, sitamli bo'lib, go'yo ma'suma ayolning qayg'uli yig'isiga o'xshab ketadi. 

Davomi »

5527 marta o'qildi
Quvvatov Otabek. Qalb sadolari.

Havaskor qalamkash erkin va ozod hayotni, obod diyorni, uning dilbar tabiatini ilhom bilan, jo'shib kuypaydi. Insonni to'g'ri va halol, mehr-oqibatli bo'lishga chaqiruvni hikmatli bitiklarda ham uning yoniq va bezovta qalb tebranishlari seziladi.

Davomi »

5528 marta o'qildi
Quvvatov Otabek. Sog`lom bola polvon bola.

Ushbu kitobga bolajonlarga atalgan she’r va ertaklar jamlandi. Ularda kichiklar hayoti va orzulari aks etgan turli xil voqea va manzaralar qiziqarli tasvir qilinadi. Muallifning uslubi sodda va ravon. Inson uchun muhim bolgan ezgu g‘oyalar bolalarga xos va mos tarzda asarlar zamiriga singdirilgan.

Davomi »

5531 marta o'qildi
Erkin Malik. Shaytonvachchaning nayranglari. 1 kitob

Shaharning ko'p chekkasida ham emas, qoq o'rtasida ham emas, maqtarli boy ham emas, bechorahol kambag'al ham emas, aytarli serbola-yu, qaytarli kambola ham emas dorulomon bir xonadonda shaytonvachcha dunyoga keladigan bo'lib qoldi. O'zi shu shaytonvachchalarning dunyoga kelishi sal g'alatiroq ekan-da.

Davomi »

5532 marta o'qildi
Erkin Malik. Shaytonvachchaning nayranglari. 2 kitob

Oradan ko‘p o‘tmay kitobdorlar Shaytonvachchaning davomini so‘rashyapti deb qolishdi. Allohga shukrlar aytib, O‘zidan madad so‘rab, ishga kirishdik. Ikkinchi kitobda azaldan peshonasi sho‘r bo‘lgan Shaytonvachchaning hayoti nihoyatda chigallashib ketdi. Dumi, qulog‘i kesilib, zambarakka qo‘yib otilgach u gadoy topmas bir qishloqqa borib tushdi. Suvdagi aksini ko‘rib, kapalagi uchdi.

Davomi »

5533 marta o'qildi
Erkin Malik. Shaytonvachchaning nayranglari. 3 kitob

Shunday qilib, Shaytonvachcha turtinib-surtinib o‘smir yoshiga ham kirib qoldi. U Xo‘jaqishloqdan quvilib, Ajinashamolning qanotida katta shaharga kelib tushdi. Bilasiz, katta shaharning tashvishlari ham katta bo‘ladi.

Davomi »

5530 marta o'qildi
Sirojiddin Sayyid, O`zbekiston Xalq shoiri. Vatan-buyuk muallim yoxud yosh kitobxonlar bilan "On-line" muloqot-dars

Inson umri savol va javoblardan iborat. Aslida odam bolasi bo`lib tug`ilishning o`zi - katta bir savolga javobdir. Odamzod o`z hayoti davomida ko`p savollarga javob topadi, ko`p savollari javobsiz ham qolib ketadi. Bejavob bu savollarga uning chirog`ini yoqadigan farzandlari keyin javob beradi.


Davomi »

5527 marta o'qildi
Muyassar Tilovova. Burgutlar

   Muyassar Tilovova 1990 yil Qashqadaryo viloyati G`uzor tumaniga qarashli Zangtepa qishlog`da tug`ilgan. Hozirda Mirzo Ulugbek nomidagi O`zbekiston Milliy Universitetida tahsil olmoqda. Yosh adibaning hikoyalari markaziy nashlarda muntazam chop etilib kelinmoqda.

Davomi »