Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Ota-onalar uchun

5654 marta o'qildi
Ayb kimda?

 Hamroyev kechki ovqatdan keyin birpas cho'zilmoqchi bo'lgan edi, to'g'ri kelmadi; narigi uy to'palon — bolalar bir-birini yostiq bilan urib o'ynayotibdi; soat sakkiz yarimda majlisga borish ham kerak. Kecha Hamdam ota-onalar majlisi bo'lishi to'g'risida maktab-idan qog'oz olib kelgan.

Davomi »

5662 marta o'qildi
FARZANDimiz immunitetini tabiiy usullar bilan oshirish

Balanslashtirilgan ovqatlanish. Taomning asosiy qismini sabzavot va mevalarga bag’ishlang. Kashalar, go’shtli va baliqli mahsulotlar (imkon qadar qaynatilgan yoki dimlangan variantda). Esdan chiqarmangki, IMMUNITETIMIZ TAQDIRINING 80% I ICHAKLARIMIZ "QO’LI"DADIR. Uni yaxshilash uchun FARZANDingizga sutli mahsulotlardan ko’proq bering

Davomi »

5652 marta o'qildi
Qanday qilib shamollamaslik mumkin?

Yilning sovuq oylarida – kech kuzdan to aprelning oxirigacha - FARZANDlarimiz ko’p shamollashadi. Bu kasal bo’lishning sababi sovuqdan ham ko’ra, bolalarning yopiq, ayrim hollarda shamollatilmagan joyda bir-biri bilan o’ynashi hamdir. Agar bola bir yilda 8-10 marta shamollasa, buni normal deb qabul qilishingiz mumkin.

Davomi »

5656 marta o'qildi
Bolalar uchun qiziqarli jismoniy tarbiya mashqlari

Bolada ijobiy fazilatlarni tarbiyalash unga doimiy g’amxo’rlik qilishni, tarbiyaviy vaziyatlarni doimo takrorlab borish boorish va puxta nazorat qilishni talab etadi. Afsuski, yaxshi sifatlar tarbiyalab borilmagan vaqtlarda salbiy xarakter xususiyatlari namoyon bo’ladi. Ular go’yo vakuumni – bo’sh joyni, ya’ni tarbiyadagi yetishmovchilikni o’rnini to’ldirgandek bo’ladi. Odatda, qizg’anchiqlik, xudbinlik, beparvolik va boshqa salbiy xususiyatlar shu tarzda shakllanib boradi. Ota-onalarning FARZANDlariga xatti-harakatlari va xulq-atvori bilan to’g’ri tarbiya berishlari eng yaxshi usuldir.

Davomi »

5648 marta o'qildi
Kompyuterda o'tirgan bolalar

Bolalar  va kompyuter bir-biriga muvofiqmi? Bu albatta quyidagi vaziyatlarga bog'liq. Bir tarafdan, kompyuter yordamida biz surátlarni harakatlantirib, so'zlarni talaffuzini turli effektlar yordamida eshitishimiz, dars va mashgúlotlarni qiziqarli va interaktiv tarzda olib borishimiz mumkin. 

Davomi »

5658 marta o'qildi
Musiqiy tarbiya togrisida

Bolajonlarimiz uchun musiqaning ahamiyati xususida to'xtlib o'tmoqchi edik. Albatta, o'g'il bolalarning musiqaga qiziqishi va intilishi juda ham ijobiy holatdir. Ularning qanday musiqa cholg'usini tanlashlaridan qat'iy nazar, barcha asboblarning go'zal tovushi, umuman go'zallikka oshno bo'lishi har bir ota va onani xursand etadi deb o'ylaymiz. Matnning davomida ayrim musiqa cholg'ularini keltirib o'tamiz, ularni qay birini tanlash esa, siz va farzandingizning didiga havoladir.

Davomi »

5653 marta o'qildi
Men o`zim!

Mustaqillikka intilish - bu bola ruhiyatining eng bebaho xislatlaridan biri hisoblanadi - va u juda erta namoyon bo'lishni boshlaydi. Muhimi, ushbu intilishni e'tiborsiz qoldirmaslik, uni rivojlantirish, qo'llab-quvvatlash va u yoki bu ishni mustaqil bajarishi uchun imkon va sharoit yaratib berishga harakat qilish lozim.

Davomi »

5665 marta o'qildi
Qanday qilib FARZANDingizga o'qishni o'rgatish mumkin? Glenn Doman met

Ko'pgina qo'llanmalar agar ularga aniq va mukammal amal qilinmasa, natija bermasligi haqidagi so'zlar bilan boshlanadi.  Bu fikrga qarama-qarshi ravishda shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, FARZANDingizga o'qishni qanchalik yomon o'rgatsangiz ham u hech nima o'rgatmaganingizdan ko'ra ko'proq bilimga ega bo'ladi.

Davomi »

5760 marta o'qildi
O'zbek ismlari

FARZANDga ism qo’yish ota-onalar uchun eng ma’suliyatli ishlardan biri desak mubolag’a bo’lmas. Ota-onaning farzandi oldidagi birinchi burchi ham axir shundan iboratku. Shunday ekan yangi tug’ilgan mo’jazgina chaqaloqchamizga nima deb ism qo’yishda ba’zan kattalardan maslahat so’rasak, ba’zan yaqin tanishlarimizning, o’zimiz yoqtirgan insonlarning ismini eslaymiz. Ba’zi ota-onalar farzandlariga ismni turli xil marosimlar, hodisa-voqealar, sifatlar, va hattoki siyosiy holatlarga ham atab qo’yadilar. Qanday ism qo’yilganda ham bu ism FARZANDingizning kelajakdagi xulq-atvoriga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Shu sababli unga chiroyli va munosib nom bering. Biz esa Sizga bu borada ko’maklashamiz. Quyida alifbo tartibida keltirilgan ismlar ro’yxati va ularning ma’nosi bilan tanishib, balki o’zingizga yoqqan ismni toparsiz.

Davomi »

5646 marta o'qildi
O'qishga ota-onalarning munosabati va yondashuvi

O'qish, o'rganish - bu hayotdagi eng buyuk sarguzashtlardan biri. O'rganish hayotiy muhim hodisot, u insonni ruhlantirib, olgá intilishiga turtki beradi. FARZANDingiz ham bunga ishonadi, agar teskarisini uqtirsangiz unga ham ishonaveradi. Shuning uchun ota-onalar ham, bolalar ham o'qishga, o'rganishga qiziqarli va quvnoq oýinga yondoshgan kabi munosabatda bo'lishlari  lozim. Ayniqsa ota-onalar shuni aslo yoddan chiqarmasinlarki, o'qish - bu hayotning qiziq oýini, ish yoki majburiyat emas. O'qish - bu mukofot, jazo emas. O'qish - bu zavqlanish, zaruriyat emas. Ota-onalar doimo buni esda tutishlari va bu qoidaga raxna soluvchi xatti-harakat qilmasliklari darkor.

Davomi »