Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Jahon adabiyoti

17 marta o'qildi
Sevmisham seni

Turkman shoiri va mutafakkirir Maxtumquli ijodi o’zbek kitobxonlariga juda yaxshi tanish. Uning she’riyati allaqachon xalqimiz  yodiga singib, qo’shiq bo’lib, ma’naviy mulkimizga aylangan. Biz adabiyot muxlislari qiziqishini hisobga olgan holda,  shoir she’riyatidan saralangan mo’jaz guldasta tayyorladik.

Davomi »

5621 marta o'qildi
Klod Gyo

Viktor Gyugoning asarlari XX asrning elliginchi yillaridan boshlab o’zbek tiliga tarjima qilina boshlandi. “Klod Gyo” qissasini Q. Mirmuhammedov, “Shohona ishrat” dramasini E. Vohidov tarjima qilgan. Shuningdek Viktor Gyugoning o’lim jazosi to’g’risida so’zlagan nutqlari tarjimasi E. Ernazarov tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu kitob Viktor Gyugoning o’zbek tilida chop etilayotgan ilk to’plamidir.

Davomi »

5630 marta o'qildi
O'gay ona

Husn va odobda benuqson bo’lgan o’n to’qqiz yoshli Fotima nega  ikki yetim farzandning otasiga turmushga chiqdi?  Onasiyu holalarining tushuntirishlaridan qo’shni  o’gay onaning “sabog’i” kuchliroq ta’sir etdimi?  Farzand oldidagi burch va ma’suliyat, tarbiya va ahloq, to’g’rilik va halollik, chin insoniylik hususidagi tiyran  fikrlarga boy mazkur asar o’quvchi qalbidan joy oladi, degan umiddamiz.

Davomi »

5621 marta o'qildi
Muhabbat simfoniyasi

Atoqli turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi”, “Yashil kecha”, “Tamg’a”, va “Xazonrezgi” romanlari o’zbek tilida nashr etilgan. Yetti qismli “Choliqushi” seriali televideniye orqali  ko’p bora namoyish etilgan. Adibning 2011 yilda mazkur “Muhabbat simfoniyasi” asari ham  namoyish etildi. O’ylaymizki ushbu asar ham o’z muhlislariga ega bo’ladi.

 

Davomi »

5550 marta o'qildi
Yuzma-yuz

Vatan hoini hech bir zamonda ham kechirilmaydi. Mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Yuzma-yuz” qissasida ikkinchi jahon urushi jangohlaridan qochgan yigit va uning oilasi taqdiri haqida hikoya qilinadi. Qissada urush va uning ayanchli oqibatlari nimalarga olib kelishi borasida so’z yuritiladi.

Davomi »

5572 marta o'qildi
Dunyoning eng buyuk muaffaqiyati

Mazkur kitobda Zakxey tomonidan bayon etilgan muaffaqiyatga erishining to‘qqizta qoidasi yillar, asrlar o‘tishiga qaramay hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Aziz o‘quvchi, bu qoidalarga siz ham amal qilsangiz umr yo‘llaringizda foydasi tegadi.

Davomi »

5542 marta o'qildi
Akabar "Umidnoma"si

Ko‘pchilik odamlar tug‘iladi, ulg‘ayadi, vafot etadi. Ularning na yashashdan maqsadi, na hayotdan umidi bo‘ladi. Bundaylarning go‘zallikka yo‘g‘rilgan bizning koinotimizga kelib qolishining o‘zi tasodifdir... keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan mazkur kitob esa maqsadsiz, umidsiz yurgan odamlarni hayotga ruhlantiradi, umrini sermazmun qiladi, ruhini yuksaltiradi.

Davomi »

5550 marta o'qildi
Qadimgi Yunoniston. Afsona va rivoyatlar

Dunyoga mashhur tarixiy asarlar orasida N.A.Kun qalamiga mansub “Qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari” ham munosib o‘rin egallagan. Antik davrning afsonaviy qahramonlari, xususan, Herakl, yunon argonavtlari, troyalik jasur jangchilar, Odisseyning sarguzashtlari haqidagi qissalar barcha davr, elat kitoblarini doimo birday qiziqtirib kelgan. Ushbu kitob nafaqat tarix yoxud qadim adabiyot namunalari ixlosmandlari, balki barcha kitobxonlarga qimmatli tuhfa bo‘ladi.

Davomi »

5539 marta o'qildi
Champo otli ilon

Bu kitob, nafaqat ajoyib va g‘aroyib ilonlar, vafodor itlar, jin va parilar haqida, balki urushda bedarak ktib, “sotqin” degan nom olgan bobosining qutlug‘ nomini tiklagan “nevaralar”, hamisha mehribon va mushfiq, ammo bag‘ri dog‘li “onaizor”lar, tirik etim bo‘lib qolgan bir qizning “Etim qolgan xotiralar”i, Vatanning har bir qarich erini meniki deb g‘ururlanganadigan “Yurt egalari” va “7-“A”da...” nimalar bo‘lgani haqida qissalardan iboratdir. O‘qing, fikrlang, o‘zligingizni anglang.

Davomi »

5557 marta o'qildi
Nur va soyalar

Sharq xalqlaridan birinchilardan bo‘lib Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan Robindranatx Tagorning mazkur kitobidan o‘rin olgan hikoyalari qiziqarli taqdirlarga boy, sodda bayon etilishi bilan ajralib turadi. Qalblardagi tug‘yoni bir olam qaxramonlar bilan bir kulasiz, bir yig‘laysiz, mushohadaga cho‘masiz. Mutolaaga shoshiling aziz kitobxon/

Davomi »

Sahifa:  1 2 3 4 5 6 Keyingi > Oxirgi