Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Jahon adabiyoti

5664 marta o'qildi
Ch.Aytmatov Chingizxonning oq buluti

Bu tomonlarda poezdlar g‘arbdan sharqqa va sharqdan g‘arbga qatnagani
qatnagan...
Sario‘zakning biyday dalalari bo‘ylab ayozli shamol g‘azabnok quturib, oppoq
qor unini osmoni falakkacha to‘zg‘itib yurgan qahraton qish chillasida oq libos
kiygan dashtdagi tungi Bo‘ronli bekatini qor uyumlari orasidan topish poezd
haydovchilari uchun oson emas edi. O’ynoqlagan qor bo‘ronlariga burkangan
tungi poezdlar nim qorong‘ida yomon tushdagiday bezovta kelib ketaveradi.

Davomi »

5668 marta o'qildi
Chingiz Aytmatov-Hikoyalar

Yuksak tog‘ qoyalaridan esayotgan muzdek shamol qorong‘i daralar ichidan kuch bilan otilib
chiqib, tog‘ etaklariga ravona bo‘lardi. Pastda ovul uyquga cho‘mgan. Atrof jimjit, derazalardan ko‘rinib turgan chiroqlar sekin o‘cha boshladi. Qirov qoplab, endigina ochilay deb turgan bahor kurtaklari, oy shu’lasida g‘ira-shira kumushdek tovlanib turardi.

Davomi »

5655 marta o'qildi
Nauman Smaylz

Shuni aytishim kerakki... ma'zur tutgaysiz, buni inglizchada aytmasam bo‘lmaydi.
Bilaman, mening inglizcham buzuq, jaydari, hashaki inglizcha, lekin dunyoninng
yarmidan ko‘pi mana shunday inglizchada gaplashadi-ku, deya o‘zimni ovutaman.
Nafsilamrini aytganda, men buni inglizchadan boshqa ko‘pgina tillarda yetarlicha go‘zal
hikoya qilib berishim mumkin edi. Afsuski, ...

Davomi »

5660 marta o'qildi
Chingiz Aytmatov "Birinchi muallim"qissa

Bu suratni hali tamom qilganim yo‘q. Qanday chiqishini hozircha aytish qiyin. Har kuni ilk saharda turib, xomaki etyudlarimni yana ikki-uch marta ko‘zdan kechirarkanman, tong sukunatida u yoq-bu yoqqa asta-asta yurib o‘yga cho‘maman.

Davomi »

5657 marta o'qildi
Paulo Koelo

     Insonning Yerdagi umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat? O‘z
Taqdiri yo‘lidan borib, ko‘ngliga tukkan orzu-umidlarini amalga oshirishi uchun insonga
eng zarur narsa nima?..
“Alkimyogar” romani mana shunday ko‘lamli, mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida.

Davomi »

Sahifa:   Birinchi < Oldingi 5 6 7 8 9 10