Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Jahon adabiyoti

5673 marta o'qildi
Akabar umidnomasi

Ko‘pchilik odamlar tug‘iladi, ulg‘ayadi, vafot etadi. Ularning na yashashdan maqsadi, na hayotdan umidi bo‘ladi. Bundaylarning go‘zallikka yo‘g‘rilgan bizning koinotimizga kelib qolishining o‘zi tasodifdir... keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan mazkur kitob esa maqsadsiz, umidsiz yurgan odamlarni hayotga ruhlantiradi, umrini sermazmun qiladi, ruhini yuksaltiradi.

Davomi »

5705 marta o'qildi
Qadimgi Yunoniston. Afsona va rivoyatlar

Dunyoga mashhur tarixiy asarlar orasida N.A.Kun qalamiga mansub “Qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari” ham munosib o‘rin egallagan. Antik davrning afsonaviy qahramonlari, xususan, Herakl, yunon argonavtlari, troyalik jasur jangchilar, Odisseyning sarguzashtlari haqidagi qissalar barcha davr, elat kitoblarini doimo birday qiziqtirib kelgan. Ushbu kitob nafaqat tarix yoxud qadim adabiyot namunalari ixlosmandlari, balki barcha kitobxonlarga qimmatli tuhfa bo‘ladi.

Davomi »

5676 marta o'qildi
Champo otli ilon

Bu kitob, nafaqat ajoyib va g‘aroyib ilonlar, vafodor itlar, jin va parilar haqida, balki urushda bedarak ketib, “sotqin” degan nom olgan bobosining qutlug‘ nomini tiklagan “nevaralar”, hamisha mehribon va mushfiq, ammo bag‘ri dog‘li “onaizor”lar, tirik etim bo‘lib qolgan bir qizning “Etim qolgan hotiralar”i, Vatanning har bir qarich yerini meniki deb g‘ururlanganadigan “Yurt egalari” va “7-“A”da...” nimalar bo‘lgani haqida qissalardan iboratdir. O‘qing, fikrlang, o‘zligingizni anglang.

Davomi »

5687 marta o'qildi
Nur va soyalar

Sharq xalqlaridan birinchilardan bo‘lib Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan Robindranatx Tagorning mazkur kitobidan o‘rin olgan hikoyalari qiziqarli taqdirlarga boy, sodda bayon etilishi bilan ajralib turadi. Qalblardagi tug‘yoni bir olam qaxramonlar bilan bir kulasiz, bir yig‘laysiz, mushohadaga cho‘masiz. Mutolaaga shoshiling aziz kitobxon.

Davomi »

5685 marta o'qildi
100 Mumtoz faylasuf

Qo‘lingizdagi kitobda jahon falsafasining XX asrgacha yashab ijod qilgan mumtoz vakillari hayoti va quyma fikrlari imkon darajasida jamlangan. Majmua nafaqat falsafa ixlosmandlari, balki o‘quvchilarning keng ommasi uchun ham tushunarli, foydali va qiziqarli bo‘ladi deb umid qilamiz. Chunki majmuadagi ibratli hayot yo‘llari haqidagi ma’lumotlar va purma’no fikrlar o‘zini-o‘zi isloh qilish istagida bo‘lgan, haqiqatning rang-barang manzaralaridan zavq olishga qodir hech bir kimsani befarq qoldirmaydi. Dunyo tafakkur xazinasidan bir zarrasiga kitob javoningizdan va albatta, qalbingizdan joy ajratish qarorini qabul qilganligingiz muborak bo‘lsin!

Davomi »

5680 marta o'qildi
Jyul Vern. On besh yoshli kapitan

Asrlar osha qo‘ldan qo‘ymay o‘qib kelinayotgan mazkur asarda o‘n besh yoshli kapitan – Dik Sendning bir-biridan qiziqarli sarguzashtlari qalamga olinadi.

Jumladan, Janubiy Afrikada kechgan xunrezliklar, qullar savdosi bilan bog‘liq ayanchli voqealar, turli xavf-xatarlarga qolgan kapitan Dik va sayohatchi do‘stlari – xizmatchisi Gerkules, missis Ueldon va uning kichik o‘g‘li Jek, xayolparast olim Benedikt tog‘aning boshidan kechirganlari sizni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.

Davomi »

5674 marta o'qildi
Oskar Uayld. Yulduz-bola

Shahar uzra bo‘y cho‘zgan baland ustunda Baxtli Shahzodaning haykali turardi. U boshdan-oyoq oltin yaproqchalar bilan qoplangan

Davomi »

5668 marta o'qildi
F.Kuper. Chingachguk fojiasi

Ushbu asarda Vatanga muhabbat, do‘stlik, sevgi va sadoqat singari ezgu tuyg‘ular qardlanadi.

Davomi »

5662 marta o'qildi
Kug'ultinov D. G'aroyib qush

Vazirni chaqirdi, 
G'azab bilan baqirdi:
-Dardimga darmon qushni.

Davomi »

5714 marta o'qildi
A.Kristi O`g`irlangan million dollar

Ushbu kitobda detektiv janrining qirolichasi nomini olgan Agata Kristining eng qiziqarli hikoyalari tanlab olingan. Ushbu hikoyalar bir-biridan qiziqarli, sirliligi bilan kitobxon e’tiborini tortadi.

Davomi »