Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Yangi o`zbek adabiyoti

5534 marta o'qildi
Jiyda guli

Ushbu "Jiyda guli" asari Karimberdi To‘xtamurod tomonidan yaratilgan.  Mazkur asar asosida kinoserial ham yaratilgan. Bunda ikki yosh qalbning bir-biriga bo‘lgan samimiy muhabbati aks etadi. O‘ylaymizki ushbu asar qalbingizdan munosib o‘rin oladi.

Davomi »

5533 marta o'qildi
Somon yoli elchilari

Sevimli adib Tohir Malikning qo‘lingizdagi kitobidan o‘rin olgan ilmiy-fantastik qissa va hikoyalarida necha asr oldin bo‘lib o‘tgan va keyin ro‘y beradigan voqealar to‘g‘risida hikoya butun olam xalqlari ma’naviyati haqida qayg‘uradi. shu bahonada ko‘nglimizga qo‘l soladi, bizni hayot hususida kengroq mushohada yuritishga chorlaydi. Kitob qaxramonlari o‘zining xaqqoniyligi va to‘laqonligi bilan esda qoladi.

Davomi »

5533 marta o'qildi
Samo yulduzlari, zamin yulduzlari

Xalq og‘zaki ijodi bitmas-tuganmasdir. Ming yilliklar davomida sayqal va jilo topib, xalqimiz ma’naviy merosiga aylangan, davrlar sinovidan o‘tgan hikmatlar, maqollar,  ertaklar, afsonalar va rivoyatlarning tarbiyaviy ahamiyati oshsa oshyaptiki, kamaygani yo‘q. Shu jihatdan taniqli adib va shoir Raim Farxodiy rus tiliga tarjima qilib nashrga tayyorlagan ushbu xalq og‘zaki ijodi namunalaridan iborat to‘plam maktab, litsey o‘quvchilari va kollej talabalari uchun yaqin ko‘makchi bo‘ladi, deyish mumkin.

Davomi »

5539 marta o'qildi
Deyl Karnegi

Deyl Karnegining mazkur kitobi o‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlashning turli yo‘llarini ochib beradi. Chunonchi siz tinlovchini qiziqtirish, yaxshi ma’ruza o‘qish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham boy ma’lumotlar olasiz.

Davomi »

5543 marta o'qildi
Afgon shamoli

“Afg‘on shamoli”  muallifning eng yirik asaridir. Ushbu asar rus va nemis tillariga tarjima qilingan. Ayni vaqtda Londondagi “Lord bayron” nashriyotida chop etishga tayyorlanmoqdi.

Davomi »

5533 marta o'qildi
Urush va qismat

Oliygohni endi tamomlab, maktabda ish boshlagan Zuhriddinning  urush, asirlikdagi hayoti, “urush” degan ofat sabab butun oilasidan ajralib, yolg‘iz qolgan Emma, sevgilisiga erishish uchun o‘zga yurtlarni vatan qilgan Nodira opa, ular o‘rtasida o‘xshashlik yo‘q, umumiylik esa barcha insonlarga xos. Qismat bitigi insonning xohishi va imkoniyatlarinidan ustunligi, xayot va ko‘rguliklar belgilanganidan ortiq ham, kam ham bo‘lmasligiga ushbu roman mutolaasidan keyin yana bir amin bo‘lamiz.

Davomi »

5536 marta o'qildi
Ko'ngil nimadan qorayadi

Mazkur kitobda yozuvchi Tohir Malik odamiylik mulki-axloq-odobga doir suhbatlarini siz-aziz umidimiz yulduzlari bilan davom ettiradi. Adib bu suhbatga ota-onalar, maktab, litsey kollej ustozlarini ham taklif etadi. Ardoqli ota va onalar, qadrli ustozlar bu kitobni ham suyukli farzandlari va shogirdlari bilan birga mutolaa qilsalar, fikrlashsalar nur alannur.

Davomi »

5536 marta o'qildi
Yigit iztiroblari

Sizga havola etilayotgan ushbu asar muallif tomonidan yoshlarimizning hohish-istaklarini, orzu-umidlarini o‘quvchiga asar qahramonlari tomonidan ko‘rsatib bergan. Asar ikki yigitning o‘tmishi va buguni, hayot yo‘llari pastu balandliklardan qay tarzda o‘tganliklari bilan tanishtiradi. Yozuvchi ushbu asarida inson qalbidagi qarama-qarshiliklarni, sevib, sevilmaslik iztiroblarini va bu qiyinchiliklarga odilona javob bergan yoshlar haqida bayon qilgan.

 

Davomi »

5534 marta o'qildi
Sherlok Xoms va Doktor Uotsonning sarguzashtlari

Artur Konan Doylning “Yo‘qotilgan dunyo”, “Zaharlangan mintaqa”, “Daxshat vodiysi” kabi asarlari nafaqat Evropada, balki dunyoga mashhur. Va ayni paytda yurtimiz kitobsevarlariga ham yaxshi tanish. Bu to‘plamda yozuvchining detektiv, ilmiy fantastika, sarguzasht asarlaridan saralab olingan hayotiy dalillarga boy hikoya va qissalari joy olgan.

Davomi »

5532 marta o'qildi
Yovuzlik qarorgohi

Hayot murakkab jarayonlardan iborat. Uni har bir kishi o‘z iqtidori-saviyasi darajasida yashab o‘tadi. Yaxshilik va yomonlik olgan mavzu esa bu qarama-qarshilikning tub-negizini o‘z qarashlari orqali tarixiy, ilmiy, diniy-mistik va fantastik yondoshgan holda qiziqarli, ayni vaqtda, hayajonli bir tarzda ifodalaydi.

Davomi »

Sahifa:  1 2 3 4 5 Keyingi > Oxirgi