Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

She`rlar va ruboiylar

5027 marta o'qildi
Muhammad Yusuf

 Xalqona ohang Muhammad Yusuf she'riyatining bosh yo‘rig‘ini belgilaydi. Uning she'rlaridagi balandparvozlikdan xoli soddalik va samimiyat, ikkinchi tomondan, musiqaga yakinlik ana shu xalqona ohangning o‘zaklaridir.

Davomi »

4943 marta o'qildi
Nazira Boymurodova Endi faqat kulib yashayman (she`rlar)

Nazira Boymurodova 1981 yilda Jizzax viloyatining, Paxtakor tumanida tug`ilgan. Uning maqola, hikoya, she`rlari va fotosuratlari markaziy nashrlarda chop etilgan. "Kelajak ovozi" Respublika tanlovi g`olibi. Hozirda u O`zbekiston Davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetida o`qish bilan birga "Ishonch"gazetasi tahririyatida faoliyat olib bormoqda

Davomi »

4955 marta o'qildi
Anvar Obidjon. Mushuk bibi miyovladi. (Sherlar to`plami)

Qishloqdagi biror bir xonadonni uy hayvonlari yoki uy parrandalarisiz tasavvur qilish qiyin.  Bobo va momolarimiz xonaki jonzotlar bilan o‘ziga xos bir tilda muloqot qilib kelishgan. Kichkintoy farzandlarimiz bu kitobcha orqali turmushimizda doimo yondosh bo‘lgan uy jonivorlari haqida kengroq tushunchaga ega bo‘ladilar hamda ular bilan tillashish sirlarini pishiqroq o‘rganib oladilar, degan umiddamiz.

Davomi »

4957 marta o'qildi
Anvar Obidjon - Masxaraboz bola (she'rlar)

Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1979). Qissa va hikoyalari — «Usta Gulmat g‘azallari» (1974), «Eng yorug‘ kun» (1983) kabi doston, qissalar, she’rlar, pesalar va hajviy asarlardan iborat to‘plamlar muallifi.

Davomi »

4963 marta o'qildi
Anvar Obidjon. Bahromning hikoyalari

 Anvar Obidjonning “Ona Yer” degan kitobini o‘qigansiz. Bu to‘plam so‘nggi yillarda yozilgan yangi she’rlardan dastalangan. Unga shoirning “Siz eshitmagan qo‘shiqlar” turkumi ham kiritildi. Xo‘sh, qanaqa qo‘shiqlar ekan ular o‘zi? Usbuni varaqlab chiqsangiz, siz buni bilib olasiz.

Davomi »

4936 marta o'qildi
Ikrom Iskandar

1972 yilda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. "Oyning ichidagi olam", "Bahorni izlayman", "Yashil xirgoyi" she'riy to‘plamlari, "Bugungi naqllar" risolasi e'lon qilingan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

Davomi »

4932 marta o'qildi
Humoyun Akbar

Go‘zallik mangudir, boqiy erur So‘z,
Hayrat og‘ushida yashamoq go‘zal -
Mangudir qalbim mahv etgan qaro ko‘z,
Mangudir ul uchun bitilgan g‘azal.

Davomi »

4960 marta o'qildi
Ajoyib she'rlar

Sinfimizda, futbolda,
Maktabda, basketbolda,
Hovlimizda, ko‘chada,
Vaqtin quvnoq kechada,
Mening do'stim juda ko‘p.
Murod bilan tepsam to‘p,

Davomi »

4954 marta o'qildi
"2" qo'ymang o'qituvchim. (she'r)

Qiyin ekan savolingiz,
Yo’qmi boshqa misolingiz?
O'qituvchim, ko’p qiynamang,
Baland bo’lsin iqbolingiz...

Davomi »

5063 marta o'qildi
Ustozlarga she'r

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustazdir, biroq
Kimgadir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zodga xarf o’rgatgan kim?...
Oddiy muallim-da, oddiy muallim...

Davomi »