Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Jahon mamlakatlari

5090 marta o'qildi
Somali

Afrikada, ekvatordan shimolroqda, shakli ulkan hayvonning qayrilgan katta shoxini eslatuvchi Somali yarim orolida Somali Demokratik Respublikasi joylashgan.

Davomi »

5085 marta o'qildi
Skandinaviya mamlakatlari

Shimoliy Yevropada joylashgan davlatlar: Daniya, Islandiya, Norvegiya va Shvetsiyani shu nom bilan ataydilar. Skandinaviya mamlakatlari tarixi va madaniyatida umumiy tomonlari ko‘p. Bu mamlakatlar xalqlari bir-biriga yaqin tillarda so‘zlashadilar. Skandinaviyaliklar qadim zamonlardan dengizda suzishga mohir bo‘lganlar. Hozir ham bu xalqlar hayotida dengiz muhim rol o‘ynaydi.

Davomi »

5082 marta o'qildi
Slovakiya

 1992-yilgacha nashr etilgan kitoblarda, geografiya xaritalarida bu mamlakatning nomini mustaqil davlat sifatida uchratmaysiz, u Chexoslovakiya Sovet Federativ Respublikasi – CHSFR tarkibida bo‘lgan. O‘sha yil­ning noyabr oyida mamlakat parlamenti 1993- yilning 1-yanvaridan Chexoslovakiya ikki davlatga–Chexiya va Slovakiyaga bo‘linishi haqida qonun qabul qildi. Mustaqil Slovakiya davlati paydo bo‘ldi.

Davomi »

5091 marta o'qildi
Sirdaryo

Sirdaryo – O‘rta Osiyodagi uchta mashhur daryodan biri. U Amudaryodan bir muncha uzun bo‘lsa ham sersuvligi jihatidan undan keyin turadi. Sirdaryoning uzunligi uning aso­siy irmoqlari bo‘lmish Norin bilan Qoradaryo qo‘shilgan joy – Baliqchi qishlog‘idan hisob­laganda qariyb 2200 kilometr, Norin daryosi bilan birgalikda esa 3000 kilometr chamasida. Shu ikki yirik irmoq qo‘shilgan joydan Sirdaryo deb ataladi.

Davomi »

5115 marta o'qildi
Savanna

Afrikaning jazirama issig‘idan qo‘ng‘ir tusga kirgan dasht uzoq-uzoqlardagi moviy tog‘lar etagiga borib taqaladi. Dag‘al o‘tlarning pichoqdek o‘tkir barglari qizg‘ish chang bilan qoplangan. U yer-bu yerda yorilib ketgan qizg‘ish yoki qo‘ng‘ir tusdagi taqir yerlar ko‘zga tashlanadi, bunday yerlarda tikanli butalar o‘sadi.

Davomi »

5115 marta o'qildi
Singapur

Bu - Janubiy-Sharqiy Osiyodagi eng kichik davlat bo‘lib, bitta shahardan iborat. Singapur oroli Malakka bo‘g‘ozining janubiy qismida joylashgan. Hind va Tinch okeanlari shu bo‘g‘oz orqali tutashadi. Yevropadan Uzoq Sharqqa va Yaponiya, Xitoy, Filippindan Avstraliyaga hamda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoga boriladigan dengiz yo‘llari Singapurda kesishadi.

Davomi »

5084 marta o'qildi
Ruminiya

Ruminiya Yevropaning janubiy qismida, asosan Dunay daryosi quyi oqimi havzasida joylashgan. Sharqda uning qirg‘oqlarini Qora dengiz suvlari yuvib turadi. Mamlakat hududi¬ning uchdan bir qismi dehqonchilik uchun qulay unumdor tekislik, qolgan qismini yassi tog‘liklar va baland Karpat tog‘lari egallagan. Bu yerlar deyarli butkul dub, shumtol, yong‘oq, qarag‘ay o‘rmonlari bilan qoplangan.

Davomi »

5117 marta o'qildi
Rossiya

Rossiya Federatsiyasi Shimoliy Muz okeanidan Qozog‘iston dashtlarigacha, Boltiq dengizidan Tinch okeangacha cho‘zilgan.
Rossiya, Rus... Chaykovskiy kuyini ting¬lang, Shishkin, Polenov, Levitan kartinalarini ko‘zdan kechiring, Pushkin, Lermontov, Nekrasov she’rlarini mutolaa qiling – ularda rus tabiatining butun go‘zalligi va ulug‘vorligi mujassamlangan.

Davomi »

5117 marta o'qildi
Qirg`iziston

O‘rta Osiyoning janubi-sharqidagi eng baland tog‘larda Qirg‘iziston Respublikasi joylashgan.
Bu yerda Tyanshan tog‘ tizmalari yuzlab kilometrga cho‘zilgan, G‘alaba cho‘qqisidagi oppoq qorlar ko‘zni qamashtiradi. Tog‘lar oralig‘idagi dara va tovoqsoylar tubidan ulkan toshlarni dumalatib jo‘shqin daryolar sharqirab olg‘a intiladi.

Davomi »

5116 marta o'qildi
Portugaliya Respublikasi

Bundan ikki ming yillar muqaddam Yevropaning janubi-g‘arbiy qismida, Iberiya yarim orolida (hozir u Pireney yarim oroli deb ataladi) luzitan qabilalari yashagan. Ular yarim orolning hamma qismida emas, balki uning Atlantika okeaniga tutash qismida yashaganlar.

Davomi »