Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Jahon mamlakatlari

5079 marta o'qildi
Laos

Bu Hindixitoy yarim orolida joylashgan kichikroq davlat. Sharqda uni Vyetnamdan qalin o‘rmon bilan qoplangan tog‘lar ajratib turadi. Laosning g‘arbiy chegarasidan keng va loyqa suvli, tezoqar, sersuv va yirikMekongdaryosi oqadi. U Laosni Tailand davlatidan ajratib turadi. Laosliklarning ko‘pchiligi daryo vodiysida yashaydi va sholi yetishtiradi. Ular o‘zlarini laolum – laoslik dehqonlar deb atashadi.

Davomi »

5079 marta o'qildi
Kuba

 Bizning mamlakatimizdan uzoqda, Atlantika okeanida, Shimoliy Amerikaning shundoq yonginasida kichkina orol bor. U Katta Antil orollari guruhidagi eng yirik orol hisob­lanadi. Kuba Respublikasi mana shu orol va Xuventud oroli hamda Atlantika okeanining Meksika qo‘ltig‘i va Karib dengizidagi 1600 dan ortiq mayda orolda joylashgan.

Davomi »

5080 marta o'qildi
Koreya

 Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, Koreya qarag‘ayining nafis yam-yashilligi tufayli uni qadimdan Tonggi musaffolik mamlakati deb atashadi. Bu mamlakat Janubi-Sharqiy Osiyodagi Koreya yarim orolida joylashgan.

Davomi »

5079 marta o'qildi
Kongo

 Markaziy Afrikaning g‘arbiy sohili bo‘yida Kongo mamlakati joylashgan. U bir yo‘la ikkala yarim shardadir, chunki uning hududidan ekvator o‘tgan.

Davomi »

5079 marta o'qildi
Kaspiy dengizi

Kaspiy dengizi – dunyoda eng ko‘p nomga ega bo‘lgan dengiz. Hozirgacha uning 70 tacha nomi aniqlangan. Dengiz bir vaqt­ning o‘zida yoki turli davrlarda har xil nom bilan atalgan.Tarixiy asarlarda dengizni ko‘pincha uning atrofidagi viloyatlar, masalan Tabariston, Mozandaron, Alban, Shirvon, Xuroson viloyatlari nomi bilan yoki Boku, Saroy, Darband kabi shaharlar nomi bilan atalganligi yozilgan.

Davomi »

5080 marta o'qildi
Kanada

 Bu mamlakat Shimoliy Amerikada joylashgan. Uni Tinch, Shimoliy Muz va Atlantika okeanlari o‘rab olgan. Atlantika okeani orqali 500 yil avval Kanadaga dastlabki yevropaliklar – fransuzlar va inglizlar kelishgan. Ular San-Lavrentiy daryosi vodiysida hamda Buyuk ko‘llar sohillarida, hozirgi Kanadaning eng yirik shaharlari – Monreal,Torontova mamlakat poytaxti Ottava shahri joylashgan yerlarda o‘z turar joylarini bunyod eta boshlashgan.

Davomi »

5079 marta o'qildi
Kamboja

Chor atrofi past tog‘lar bilan o‘ralgan tekislikdagi bu mamlakat Osiyoda, Hindixitoy yarim orolida joylashgan. Bu yerning iqlimi juda nam va issiq. Mamlakat markazida katta, lekin juda sayoz Sap ko‘li bor. Yomg‘irli yozda ko‘l keng maydonga toshadi. Uning suvi hatto dehqonlarning qoziq oyoqlar ustiga bambukdan qurilgan baland kulbalarining poligacha yetib boradi.

Davomi »

5081 marta o'qildi
Jazoir

Bu davlat Afrikaning shimolida. Uning ko‘p qismini jazirama Sahroi Kabir cho‘li egallagan. Bu yerda bepoyon yassi tekisliklar, qumliklar, oftobda qovjiragan qoyalarni ko‘rasiz. Ba’zi buloqlar yonida xurmozorlar uchrab turadi. Vohalarda odamlar yashaydi. Onda-sonda o‘t-o‘lan va suv izlab qo‘y va tuya podalarini haydab yurgan ko‘chmanchi cho‘ponlarni uchratib qolasiz.

Davomi »

5079 marta o'qildi
Janubiy Afrika Respublikasi

Bu mamlakat tabiati g‘oyat go‘zal. Sharqiy va janubiy qismida tog‘lar qad ko‘targan, qolgan qismi tekis yassitog‘liqdan iborat bo‘lib, bu yerlarda sharqdan g‘arbga tomon savanna, chalacho‘l va cho‘l almashinib boradi. Tog‘larda doim yashil subtropik daraxtlar o‘sadi.

Davomi »

5081 marta o'qildi
Italiya

Italiya Yevropa janubida, iliq O‘rta dengiz sohillarida, Apennin yarim oroli hamda unga yondosh Sitsiliya, Sardiniya va boshqa orollarda joylashgan. Alp tog‘lari Italiyani shimoliy shamollardan to‘sib turadi. Mamlakatning ko‘p qismida qish yumshoq keladi, yozda esa jazirama issiq bo‘lmaydi. Janubda qishda ham unchalik sovuq emas.

Davomi »