Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Jahon mamlakatlari

5080 marta o'qildi
Ispaniya

Ispaniya – Yevropaning yirik mamlakatlaridan biri. U Pireney yarim orolida joylashgan. Mamlakat hududining aksariyati jazirama quyoshda qovjiragan yalang yassi tog‘ va tog‘lardan iborat. Ispaniyaning yirik dar­yo­lari Taxo, Duero, Gvadiana va bosh­qa­lar­dir. Bu daryolardan elektr energiyasi olishda va ekinzorlarni sug‘orishda foydalaniladi. 

Davomi »

5085 marta o'qildi
Indoneziya

Bu davlat shundoqqina ekvatorda, bir necha ming orolda joylashgan. Ularning yirik­lari Yava,Sumatra, Sulavesi orollaridir. Indo­neziya Kalimantan orolining ham bir qismini egallagan. Juda mitti orollar ham borki, ularda koks palmazori va bir necha baliqchilar kulbasigina joylashgan, ayrim orollarda esa odam yashamaydi.

Davomi »

5125 marta o'qildi
Hindiston

Qadimgi zamonlarda yevropaliklar Hindistonni ajoyibotlar va behad boyliklar o‘lkasi, deb tasavvur etishardi. Shuning uchun ham yevropalik sayyoh va savdogarlar, mislsiz qiyin­chiliklar hamda to‘siqlarga qaramay, bu o‘lkaga yetib borishga intilishardi.

Davomi »

5122 marta o'qildi
Gruziya

Gruziya tabiati rang-barang. Iliq Qora dengiz — tarovatli va yoqimli. Abxaziya va Ajariya — nam subtropik yerlar. Bu yerlarda yomg‘ir ko‘p yog‘adi va deyarli qish bo‘lmaydi. Apelsin, mandarin va limonzorlar, choy va gulzorlar keng maydonlarni egallaydi. Kolxida pasttekisligining botqoq yerlarida bambuk va evkalipt o‘sadi.Kuradaryosi va uning irmog‘i Alazanining o‘rta oqimlari bo‘yidagi serquyosh vodiylar uzumzorlari hamda olma, nok, olcha, olxo‘ri yetishtiriladigan mevazor bog‘lari bilan mashhur.

Davomi »

5128 marta o'qildi
Gretsiya

Ko‘p asrlar muqaddam dastlabki grek dengizchilari — argonavtlar («Argo» kemasida suzganliklari uchun shunday deb ataladi). Egey dengizidan Qora dengizga suzib kelganlar. Bugun biz ham shu qadimiy yo‘l bilan Gretsiya qirg‘oqlariga ravona bo‘lamiz. Uning o‘tmishi hanuz kishilarni hayratga solmoqda.

Davomi »

5094 marta o'qildi
Germaniya

Germaniya — Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Poytaxti —Berlindunyoning eng go‘zal shaharlaridan biri.

Davomi »

5132 marta o'qildi
Fransiya

 Fransiya — G‘arbiy Yevropadagi katta davlat. U Normandiyaning sovuq, qoyali qirg‘oqlaridan to O‘rta dengizning iliq iqlimli moviy qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan. Qadimda Fransiya qalin o‘rmonzor bo‘lgan. Hozirgi vaqtda o‘rmonlar, asosan, tog‘lardagina saqlanib qolgan. Fransiyadagi eng baland tog‘ — yuksak cho‘qqisi Monblan deb atalgan qorli Alp tog‘laridir.

Davomi »

5125 marta o'qildi
Finlandiya

Bu mamlakatda bir necha asr hukmronlik qilgan shvedlar uni Finlandiya deb ataganlar. Lekin finlar o‘z vatanini "Suomi", ya’ni "botqoqliklar mamlakati" deb ataydilar. Haqiqatan ham, Finlandiya hududining uchdan bir qismini botqoqlik egallagan. Finlan­diya ko‘llar mamlakati hamdir. 

Davomi »

5124 marta o'qildi
Filippin (Filippin respublikasi)

Filippinni yetti ming orol mamlakati deb ataydilar. Bu mamlakat Tinch okeanning Janu­bi-Sharqiy Osiyo qirg‘oqlariga yaqin qismidagi Filippin orollari arxipelagida joylashgan. Orollar orasida Luson vaMindanaokabi yirik­lari ham bor.

Davomi »

5089 marta o'qildi
Estoniya

Boltiqbo‘yidagi uch mamlakat orasida Estoniya dengiz bilan eng ko‘p o‘ralgan davlatdir. Uning shimoliy va g‘arbiy sohillarini yuvib turuvchi Boltiq dengizi uning hayotida muhim rol o‘ynaydi. Sohillar yaqinida bir necha yirik va yuzlab mayda orollar bor.

Davomi »