Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Ertak kitoblar

5530 marta o'qildi
Qor malikasi (Jahon xalq ertagi)

Xullas, bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir yovuz jodugar o'tgan ekan, yovuzlikda iblisdan ham o'tib ketgan ekan. Bir kuni u kayfi judayam chog'ligida shunaqangi bir ko'zgu yasaptiki, bu ko'zguda barcha yaxshi, go'zal narsalar juda kichrayib qolar, hamma yomon, xunuk narsalar esa kattarib, yanada jirkanchroq bo`lib ko'rinar ekan. Ajoyib gul-u gulzorlar xuddi suvda pishgan ismaloqqa o'xshab qolar, eng yaxshi odamlar esa mayib-majruh bo'lib ko'rinar, oyoqlari osmondan kelib qolar, qorinlari esa umuman yo'q bo'lib ketar ekan!

Davomi »

5528 marta o'qildi
Aka uka Grimm, - Mitti odamchalar

Aka-uka Grimm ertaklari o'zining ajoyibligi bilan dunyoda mashhur, bu kitobdagi ertaklar rus va o'zbek tillarida yozilgan. Kitob rasmlar bilan boyitilgan. Undagi hikoyalar bolalarni o'ziga rom etadi deb o'ylaymiz. Marhamat bu kitobdan siz ham foydalaning. 

Davomi »

5531 marta o'qildi
Gulgina - kichkintoylar uchun

Bola tarbiyasidek masuliyatli vazifani amalga oshirishda badiiy adabiyotning alohida o'rni bor.
Ushbu kitob sizning farzandingiz tarbiyasida ijobiy samara beradi deb umid qilamiz. Chunki bunda ko'plab 
allomlarning qalamiga mansub bolalarbop asarlari saralab kiritilgan.

Davomi »

5528 marta o'qildi
Osiyo (Jahon xalqlari ertaklari)

Ushbu kitobda asosan Osiyo xalqlarining eng sara ertaklari kiritilgan. O'zbek, Qozoq, Tojik va Qirg'iz xalqlarining ajoyib va g'aroyib hikoyalarga boy xalq ijodi bilan ajralib turadi. Kitob yosh bolalar uchun juda qiziqarli deb o'ylaymiz.
Kitobni bizning kutubxonamizdan ham olishingiz mumkin...

Davomi »

5527 marta o'qildi
Dovyurak dono malika (ertak-doston)

Kitobda tadbirkor va dono qiz Xumorning bosqinchi Ollom hujumidan Urganchni qanday asrab olgani hikoya qilinadi. Hikoya bolalar uchun qiziqarli...

Davomi »

5531 marta o'qildi
Sehrli uzuk (Rus xalq ertaklari)

Ushbu kitobda rus xalq ertaklari jamlangan. Kitobdagi ertaklar bolajonlarning fikri va nutqini rivojlantishiga sabab bo'ladi. Kitobda eng qiziqarli va ibratli hikoyalar o'rin olgan. Bolalar bularni o'qib yaxshilik va yomonlik, yomon ishlarning oqibati, yaxshilik mukofoti haqida ibratli voqealarga duch keladilar.

Davomi »

5528 marta o'qildi
Ayiqcha taptapvoy va uning do'stlari

Ushbu kitobdagi voqea o'zbek va rus tillarida yozilgan. Kitobdagi qahramonimiz Taptapvoy ismli ayiqcha bo'lib, U juda shumtaka va to'polonchi edi. Uning ota onasi, do'stlari va boshqa o'rmon jonivorlari ko'p nasihatlar qilishadi.

Davomi »

5533 marta o'qildi
Zumrad va Qimmat

Ushbu ertakni ko'p eshitganmiz. Bolalar uchun juda ibratli hikoyadir, Hikoya yosh bolalarimizni halollik va to'g'rilikka undaydi. Ertak qahramonlari ham Zumrad va Qimmat va ularning qilmishlari misol bo'la oladi.

Davomi »

5530 marta o'qildi
Egri va to'g'ri

Ushbu kitobcha yosh bolalar uchun juda qiziqarli bo'lib, unda egrilik va to'g'rilik haqida hayotiy voqea ajoyib tarzda yozilgan. Bolalar uchun ibratli bo'ladi deb umid qilamiz.

Davomi »

5527 marta o'qildi
Olov gul (ertak). Sergey Aksakov

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim o’tgan zamonda bir boy savdogar yashagan ekan.
Uning uch qizi bo’lib, hammasi chiroyli, ayniqsa, kenjasi go’zallikda tengi yo’q ekan. Ota
o’z qizlarini juda yaxshi ko’rar ekan. Eng kichigini esa kattalaridan ham ko’proq yaxshi
ko’rar, qiz ham otasiga nihoyatda mehribon ekan.

Davomi »