Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Hikoyalar

4716 marta o'qildi
Dilkusho hikoyalar

Qazvinlik taniqli adib, tanqidiy nazarga ega hajvchi Ubayd Zokoniy satirik asarlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari orasida mashhur bo'lgan. Ushbu to'plamga hajvchining latifalari, «0'n fasl risolasi» hamda «Yuz o'git» risolasidan namunalar kiritilgan. Keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Davomi »

4755 marta o'qildi
Ibratli hikoyalar

To'qayda o'ta yirtqich bir sher maskan quribdi. Bo'ri bilan tulki erta-yu kech uning xizmatida ekanlar. Kunlar-dan bir kuni sher bir jonivorni o'ldirib, bo'riga: —  Qani buni o'rtada taqsimla! — deb buyuribdi. Bo'ri o'ljani uch qismga bo'lib, bir qismini sherning, ikkinchisini tulkining oldiga qo'yibdi; uchinchisini esa o'ziga olibdi.

Davomi »

4726 marta o'qildi
Sirli ibratli va hayotiy hikoyalar

Ushbu  kitobda  jamlangan  jajji  voqea  va  hikoyalar  ta'sirchanligi,  ibratomuzligi bilan xarakterlidir. Ularni o‘qib goh tabassum qilasiz, goho  o‘yga tolasiz. Muhimi, ko`ngil olamiga ajib sayohat qilasiz. Sayohatingiz  maroqli va foydali o‘tishiga umidvormiz.

Davomi »

4709 marta o'qildi
Niyatim yaxshi edi...

Maktubim orqali sizga yetkazmoqchi bo‘lgan voqeaga munosabat bildirishingiz va to`g`ri xulosa chiqarishingizni istar edim. Negaki, yana kimdir qachondir mening ahvolimga tushib qolishi mumkin. Shundan cho‘chiyapman. Bu voqea bir yaqin dugonamning hayoti va bizning darz ketgan do‘stligimiz bilan bog‘liq...

Davomi »

4708 marta o'qildi
Berkinib olgan sirgacha (hikoya)

Barchinoy tomorqada o‘ynab yurib, chap qulog‘idagi sirg‘achasini yo‘qotib qo‘ydi. Dadasi yaqindagina olib beruvdi. Juda chiroyli edi, yam-yashil bargga o‘xshab yasalgan edi. Balki, anavi ariqchaning bo‘yida yotgandir-u, Barchinoy uning tusini o‘t-o‘lanlardan ajratib ololmayotgandir. Balki, berkinmachoq o‘ynagisi kelib, shunchaki yashirinib turgandir.

Davomi »

4715 marta o'qildi
Maqtanchoq (hikoya)

Mardivoy haqida gap ketgudek bo‘lsa, “maqtanchoq” degan so‘zni ham albatta qo‘shib aytishadi. Odam, maqtanchoq bo‘lganga yarasha, sal botirroq bo‘lsa-ku, bir nav. Ammo, uchragan kimsaga osmondan kelib gapirsa-yu, o‘zi chumchuq “pir-r” etsa, yuragi “shir-r” etadiganlar sirasiga kirsa, ko‘pchilikka masxara bo‘lgani qolarkan.

Davomi »

4711 marta o'qildi
Uch oga-ini (hikoya) - Anvar Obidjon

Uch og‘a-ini bor ekan. Biri biridan sho‘x, biri biridan o‘yinqaroq bolalar ekan. Chetdan qaraganda, ularning yurish-turishi bir xildek ko‘rinsa-da, kenjasi sal pismiqligi bilan ajralibroq turarkan. Uning juda kichkintoylikdagi ajabtovur qilig‘ini oiladagilar haligacha hiringlab-hiringlab eslashar ekan.

Davomi »

4759 marta o'qildi
Abu Ali ibn Sino haqida hikoyalar

Ushbu kitobda mashxur olim, hakim va tabib Abu Ali ibn Sino hayoti, tibbiy faoliyati, insoniy fazilatlari va boshidan kechirgan hodisalari haqidagi afsona, rivoyat va hikoyalar jamlangan. Bu afsonalardan siz ham hayotiy tajriba va ibratlar olasiz degan umiddamiz.

Davomi »

4712 marta o'qildi
Uyquda nimalar bolmaydi! (hikoya)

Eshikni tashqaridan bir-ikki qirtillatib qo‘ygach, xonaga lapshaygan bir sichqon kirib keldi. “Iya!” deb yubordi mushuk. – Oqsoqol sizmisiz? – deya chiyilladi sichqon. – Sizga arzim bor. – Arzing bo‘lsa, sal beriroq kelib gapirgin-da, – uni tappa bosishga shaylanib ming‘illadi mushuk. Keyin sichqonning: “Qo‘shnim bilan janjallashib qoluvdik”, degan so‘zini eshitib shashtidan qaytdi.

Davomi »

4715 marta o'qildi
Sulaymon podshoning hukmi

Ushbu to'plamda  turli zamonda turli xalqlar tomonidan yaratilgan qozilar, hakamlar, bahs munozaralar, jinoyatlar va  da'volar, odilona yoki adolatsiz hukmlar, makkorona tergovlar, antiqa hukmlar haqidagi turli hikoyalar jamlangan.

Davomi »