Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Hikoyalar

4507 marta o'qildi
Abu Ali ibn Sino haqida hikoyalar

Abu Ali Ibn Sino yangi tug’ilgan kezlari onasi uni cho'miltirayotganida qimmatbahxo uzugini yuqotib qo’ygan ekan.U uzugini ko’p qidiribdi, lekin hech qayerdan topolmabdi. Kyin uni kanizak olgan db gumon qilib, bchora kanizakni rosa kaltaklashibdi. Kanizakni urishayotganda Abu Ali yig’lay boshlabdi

Davomi »

4479 marta o'qildi
Nodir hikoyalar kitobi

Muhammad avfiy qalamiga mansub ushbu kitob tarixiy manbalar asosida yozilgandir. Unda kattayu-kichiklarga ibrat bo'ladigan ajoyib hukoyalar jamlangan. Hikoyalarda asosan yuksak insoniy qadriyatlar, fazilatlar madh etilgan. kitobni yuklab oling va o'qing yoki farzandlaringizga o'qib bering...

Davomi »

4489 marta o'qildi
A. Qodiriy - Jinlar bazmi

Mashxur yozuvchi Abdulla Qodiriyning ushbu kitobi yosh kitobxonlarga bag'ishlangandir. Kitobda ikkita hikoya yozilgan bo'lib, unda xalqimizning urf odatlar, ba'zi sirli hodisalar mahorat bilan tasvirlangan.

Davomi »

4480 marta o'qildi
Mening xo'roz quvganim (Hikoya va hajviyalar kitobi)

Mazkur to'plamda taniqli admibimiz Sa'dulla Siyoevning keyingi yillarda yozgan eng sara hikoya va hajviyalari jamlandi. Bu hikoyalar yosh bolalarga ham va katta yoshdagilar uchun ham juda ibratlidir. Hikoyalarni o'qib ko'plab hayotiy savollarga javob topasiz. 

Davomi »

4479 marta o'qildi
Sovga (hikoya) Olmas Umarbekov

— Men tayyorman. Tayyormisiz? — so’radi Valijon. — Tayyorman, bolam. Yoz! — dedi Shahodat xola. - Lekin nimadan boshlashni bilmay, o’ylanib qoldi. U sira o’g’liga xat yozmagan edi. Eriga yozar edi. Rahmatli Rahmonqul aka arabcha o’qishni bilardi. Innaykeyin, uning yozuvini yaxshi ko’rardi. «Shahodat, zerzabarini xo’p keltirasan-da. Pulemyotday o’qiyman xatingni!» — derdi har yozganida.

Davomi »

4480 marta o'qildi
"Yordamchi"lar - Latif Mahmudov

— Murod, huv Murod, uydamisan?

Boyadan beri bitta jo'n masalani yecholmay Murodning diqqati oshib o'tirgan edi. «Ke, birpas o'ynab kelay», degan xayol bilan o'rnidan turdi-da, ko'chaga qaradi. Derazaning tagida qo'llarini shimining cho'ntagiga tiqib, Turdi iljayib turardi. U tirmashib derazaga chiqib o'tirib oldi.

Davomi »

4482 marta o'qildi
Muxammad Ismoil - "Shoir" hikoyasi

U paytda universitetni bitirganimga endigina  ikki yil bo'lgandi. Zax va tor ijara uyda tunlar bosinqirab, kunduzlari mukka tushib, hech kim tushunmas savdoyi she'rlar alangasida yashardim. Nashrga bersam, chop etishmas, ijarachi kampir achinganidan bir burda non va yana u-bu yegulik tashlab ketar, talabalik davri, o'qishni bitirgach, adabiy jamoa taxtiga o`tiramiz, degan iddaomiz puch va hardamxayol orzularga aylanayotgani sira tinchlik bermasdi.

Davomi »

4483 marta o'qildi
Husayn Rahmi Gurpinar "Xudo sabr bersin" (Tohir Malik tarjimasi)

Jamolning kichkinagina jasadini bag‘riga olgan sovuq tobut yerdan uzilib, baquvvat yelkalarda go‘yo kema kabi suzib ketdi. Bu onda Sabriyya xonimning yuragidagi yana bir tomir uzilganday bo‘ldi. O’g‘ilginasi, garchi kafanlangan, so‘nggi safarga hozirlab ko‘yilgan bo‘lsa-da, hozirgina o‘z uyida edi.

Davomi »

4484 marta o'qildi
Erkin Malik - Gul ishqibozi (hikoya)

Hoji ota sheriklari bilan nahor oshidan chiqib, kelgan joylarining bundoq rejasini olsa, kampiri davolanayotgan kasalxona juda yaqin ekan. Kampiri tushmagur ko‘rgani boraman desa, nuqul unamaydi. «Uyalarmish. Tavba, u uzatilmagan qiz-u, men uylanmagan yigitmidim, odamlardan uyalib. Gapini qaranglar».

Davomi »

4480 marta o'qildi
Vohobjon Murodov-Karkidonlar izidan

Bahaybat fillar, sherlar, sirtlonlar, ulkan ilonlarning yashash tarzi, qit'a xalqlarining takrorlanmas fe'l-atvori yorqin lavhalari... Siz yaxshi tanish bo'lmagan, lekin ko'rishni juda-juda orzu qilgan ajoyib va g'aroyib Afrika... Ajoyib tabiatshunos inson Vahobjon Murodovning kitobi bilan tanishar ekansiz, o'zingizni Afrika changalzorlarida yurgandek his qilasiz.

Davomi »