Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Hikoyalar

5660 marta o'qildi
Kitob -eng buyuk kashfiyot

Birinchi qissa. Buyuk hakim, olim va faylasuf Ibn Sino yozadi: Arastuning "Metafizika" (tabiatdan tashqaridagi hodisalar haqidagi fan) asarini  to yod bo'lguncha qayta-qayta o'qidim. Lekin baribir hech narsaga tushunmadim. Tushunarsiz asar ekan, degan xulosaga kelib, uni tashlab qo'ydim. Bir kuni muqovasozlar bozoridan o'tayotib, bir savdogarning o'z kitoblarini maqtayotganini eshitib qoldim. Do'konga yaqin bordim. Savdogar menga kitoblardan birini ko'rsatdi. Bu Abu Nasr Farobiyning "Metafizikaning asosiy qoidalari" deb nomlangan asari  edi. 

Davomi »

5659 marta o'qildi
SENING GALING

Frotima bilan Zuhrani taniysizmi? Ikkovi ham juda yax­shi kiyinib, toza yuradi. Chunki oyisi Bashira xola ularni har kuni yuvib-taraydi, dadasi keltirgan guldor, chiroyli matolardan bejirim kiyimlar tikib beradi. Qo'ng'iroq sochlariga qip-qizil lenta bog'laydi.

Bu lentalar xuddi gulga qo'ngan kapalaklarni eslatadi. Lekin...

Nima bo'ldi-yu, tayg'anoqda Bashira xola zinadan yiqilib tushdi. Voy-voylab oyog'ini ushlaganicha o'tirib qoldi. Uni avaylab uyga olib kirishdi. «Tez yordam» mashinasini

Davomi »

5663 marta o'qildi
KAPALAK

 

 

Bahromjonning tili biyron chiqqan bo'lsa ham, hali ko'p narsalarning otini bilmasdi. Bir kuni u yugurib uyga kirdida, Bahodir akasining qo'lidan tortqilay boshladi. Menga ham yopishdi. “Yuringlar, kattakon kapalak”.

Hovliga chiqdik. Yo'lakda bir chumchuq bola yotardi. Inidan tushib ketibdi. Og'zini kappa-kappa ochadi. Olib qarasam, bir oyog'i singan. Bahodir ikkimiz vrachlik qildik. Qushchaning singan oyog'iga qog'oz o'rab, ip bilan yax-shilab bog'lab qo'ydik. Go'yo taxtakachladik. Iniga qo'yaylik desak, bo'g'otning ichiga qo'l sig'maydi. O'z aqli bilan kirib ketmaydi. Tag'in mushukka yem bo'lmasin, deb botinka qutichasiga solib, uy tokchasiga qo'ydik.

Davomi »

5681 marta o'qildi
BOG'CHA BOLA

Oyisi bog'chaga yetaklab borib, ishiga ketayotganda Shukurjon yig'lab qoldi. Kichik gruppa tarbiyachisi Mo'tabaropa uni zo'rg'a ovutdi. Shkaflarga terib qo'yilgan o'yinchoqlarni, oppoq choyshablar toshalgan karavotlarni, arg'imchoq, innana va boshqa narsalarni ko'rsatdi.

Shukurjon avvaliga tortinib turdi, keyin qum o'ynayotgan bolani ko'rib, yugurganicha uning oldiga bordi-da, kurakcha bilan qum olib, o'yinchoq yuk mashinani to'ldira boshladi.

Shu payt Mo'tabar opa hamma bolalarni yuvinadigan xonaga olib kirdi. Qo'llarini yuvdirib, arttirdi. Shukurjon durustroq yuvina olmagan edi, Mo'tabaropa yordamlashdi.

 

Davomi »

5659 marta o'qildi
Teddi va Malika

Nihoyat barcha do’konni tark etti va yashiringan joyidan chiqib keldi. Kun juda uzoq davom etganligi uchun Teddining oyoqlari juda ham toliqib ketgan edi.  Hech bir bolakay so’zlar bilan liq to’lgan bu kitoblar turgan tarafga hech ham qaramasligi  sababli, bu yer berkinishga juda ham qulay joy edi.

Davomi »

5655 marta o'qildi
YAXSHI AMAKI

Sobit opasi Karomat bilan xolasinikiga bordi. Xolasiniki kolxoz bozorining yonginasida. U yerda yashil, ko'k rangga bo'yalgan chiroyli do'konlar ko'p. Sobitning dadasi oltinrang olma, qip-qizil pomidor, sersharbat shaftoli, asal qovunlarni shu yerdan sotib olib keladi. Bir gal dadasi Sobitni ham bozorga olib borgan.

Mana bugun ham Sobit bozorga chiqdi.

Davomi »

5660 marta o'qildi
KUTILMAGAN VOQEA

Hovlida plastilindan qo'y, echki, kuchuk yasab o'tirgan Hasan bilan Husan mashina ovozini eshitib, o'rinlaridan turishdi-da, chopqillagancha ko'chaga chiqib ketishdi. Tandirdan non uzayotgan buvisi: «Hoy, bolalar! Otang kelmagan bo'lsa uzoqqa bormanglar!» deb qichqirib qoldi. Uning ko'ngli tinchimadi shekilli, apil-tapil nonni uzib, olov taptida qizarib ketgan yuzidagi terini artdi-da, nevaralari orqasidan ko'chaga chiqdi. Kampir mashi­na oldida bolalar bilan o'pishayotgan o'g'lini ko'rdi. Bolalar otasini quchoqlab chuldirashar, bir-biriga gal bermay allanarsalarni hadeb so'rashar edi. Kampir quvonib ketdi.

Davomi »

5655 marta o'qildi
BUVISINING YORDAMCHISI

Buvisi bilan bog'ga chiqishganda, Ruslan so'radi:

—   Buvijon, hozir hamma daraxtlar uyg'onganmi?

—  Hammasi uyg'ongan. Ana, o'rik ham gullagan, — dedi buvisi.

—  Nega unda olma hali gullamagan? U hali uxlayaptimi?

—   Olma ham yaqin orada uyg'onadi. Kel, yerini  chopib,  suv quyib  qo'yamiz.

—   Bo'pti, — dedi Ruslan, — men o'zim hamma  ishni  asta-sekin  qilaman.

—  Nega endi asta-sekin bo'larkan? — hayron  bo'ldi  buvisi.

Davomi »

5653 marta o'qildi
RUSTAM VA MAHKAM

Rustam hovlida o'yinchoq askarchalarni o'ynab o'tirganda,   Mahkam  kelib  qoldi.

—  Askarlaring zo'r-ku! Xuddi Hasan-Husanlarga o'xshaydi! — dedi  Mahkam.

—  Ularning komandiri ham bor, — dedi Rus­tam  kekkayib.

—   Ko'rsat,  qaysi  biri  komandir?

—   Mana bunisi. Ko'ryapsanmi, u juda baquvvat.

—  Bilasanmi, qaddi-qomatini tik tutish uchun nima  qilish  kerak?

Davomi »

5667 marta o'qildi
Birga olmaymizmi, dostim?!

 Xayotda  nimalar  bo’lmaydi  deysiz!

Bilasizmi,  men  kutilmagan  bir  tasodif  bilan  ikki  yillik  do’stimni,  aniqrog’i,  men  do’st  deb yurgan  kishini  sinovdan  o’tkazganman.Ataylab  emas,  hammasi  tasodifan  yuz  bergandi  o’shanda…  Biroq  sinovi  odilona  bo’lgani  uchun  ham  ushbu  tasodifga  haligacha  rahmat  aytaman. Chunki,  shu kabi  tasodiflar  yuz  bermasa,  hech  qachon  chin  do’stni  aniqlay  olmaydiganga  o’hshaymiz.  Balki,  mening  nazarimda  shundaydir,  tag’inam  bilmadim…

 

Davomi »