Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Mashxur shaxslar

4485 marta o'qildi
Popov Aleksandr Stepanovich

Popov o‘z do‘sti va yordamchisi Pyotr Nikolayevich Ribkin bilan birga laboratoriyada uzoq ishlardi. Ular yuzlab har xil rezonatorlar tayyorlashdi. Nihoyat, elektr qo‘ng‘iroqli asbob yasaldi. Yaqin joyda elektr uchquni chaqnagudek bo‘lsa, har gal qattiq va aniq qo‘ng‘iroq chalinardi. Chaqmoqni esa 30 kilometr masofadan sezardi. Shu boisdan Popov o‘zi yasagan bu asbobni momaqaldiroqni qayd etuvchi deb atadi. 

Davomi »

4525 marta o'qildi
Pifagor

Pifagor kashfiyotlari ichida eng muhimla­ridan biri uning teoremasi – maktabda o‘qitiladigan  Pifagor teoremasidir. Bu teorema to‘g‘ri burchakli uchburchak tomonlari haqidagi teorema bo‘lib, unga ko‘ra, ...

Davomi »

4484 marta o'qildi
Pyotr Birinchi

Zaandam aholisi ana shu yosh duradgor Pyotr Mixaylov aslida chet el sayohatiga chiqqan rus podshosi Pyotr 1 ekanligi haqida taajjub bilan xabar topdi. Yosh podsho chet el safariga shunchaki ko‘ngil ochish uchun bormadi...

Davomi »

4483 marta o'qildi
PASTER LUI

U juda iste’dodli edi, kimyoga qiziqib, 27 yoshida professor bo‘ldi. Uning tadqiqot va kashfiyotlari olimlarni hayratda qoldirardi. Uning yaqin orada kimyo qolib, butunlay boshqa soha bilan shug‘ullanib ketishini hech kim xa­yoliga ham keltirmagan edi.

Davomi »

4531 marta o'qildi
Shekspir Vilyam

Shekspirning bolaligi va o‘smirligi haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Uning hayoti tarixi haqida odatda shunday hikoya qilinadi: bola uzoq o‘qiy olmaydi. Uning otasi qashshoq­lashib qoladi. Vilyam voyaga yetganida o‘z shahridan qochib ketishga majbur bo‘ladi. Shekspirning hayoti yoshligidan boshlab oson kechmagan. Nihoyat, u Londonga bo­rib (ehtimol tasodifan), teatrga ishga kirgan.

Davomi »

4480 marta o'qildi
Sharafiddinov Oqilxon

Oqilxon ota Sharafiddinov «Alifbe» kitobini tuzgan mualliflardan biridir.

U Toshkentda dehqon oilasida tug‘ildi. Dastlabki bilimni eski maktabda oldi. Ke­yinchalik...

Davomi »

4520 marta o'qildi
Nyuton Isaak

Buyuk ing­liz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton Grantem (Angliya) shahri yaqinidagi Vulstorn qishlog‘ida fermer oilasida tug‘ildi. 12 yoshida Grantem maktabida o‘qiy boshladi, 1661-yilda Kembrij universiteti kollej­laridan biriga kirib, uni tugalla­ganidan so‘ng bakalavr ilmiy darajasini oldi.

Davomi »

4489 marta o'qildi
Nasriddin Afandi

O‘zbek xalq og‘zaki ijodining el orasida keng tarqalgan latifa janri qahramoni Nasriddin Afandidir. Bu quvnoq, hozirjavob, topqir qahramonning nomini eshitishi bilanoq kishi bir jilmayib qo‘yadi. Bu bejiz emas. Nasriddin Afandi hal eta olmaydigan birorta muammo yo‘q. U har qanday mushkullikka bir zumda iloj topadi.

Davomi »

4516 marta o'qildi
Napoleon Bonapart

Napoleon Bonapart o‘ziga xos qobiliyati bilan ajralib turardi. U aqlli, ilmli, iste’dodli lashkarboshi, jasur, qat’iyatli odam bo‘lgan. 1789–1794-yillardagi fransuz inqilobi davrida bunday kishilar respublika uchun ayniqsa zarur edi.

Davomi »

4481 marta o'qildi
Mikluxo-maklay nikolay Nikolayevich

Yigirma besh yashar olim Nikolay Nikolayevich Mikluxo-Maklay hali birorta ham oq tanli odam yashamagan Yangi Gvineya oroli sohilida edi. Orol aholisi – papuaslar haqida noxush gaplar tarqalgan bo‘lib, hatto ko‘pni ko‘rgan dengizchilar ham ana shu «iblislar mas­ka­ni» ga qadam qo‘yishni istashmasdi. Mikluxo-Maklayni esa aynan shu papuaslar hammadan ko‘proq qiziqtirardi.

Davomi »