Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Xalq og`zaki ijodiyoti

 

 

 

5476 marta o'qildi
Malikai ayyor

Go`ro`g`lining yurtini Chambil deydi. Chambil qanday? Chambil shunday Chambil: oltmish obxonali, etmish jevaxonali, sakson sardobali, to`qson to`pxonali Chambil. Cambil elida Go`ro`g`li zo`ravor, qirq olti sardor, to`rt yarim lak bedovsyvor chiltonlarning biri, Soqibulbul degan sayisi bor. Go`ro`g`lining zo`r deb ta`rifi ketgan, zarbasi toshdan o`tgan.

Davomi »

5470 marta o'qildi
Manas

Manasning nomi qirg`izlar uchun hamisha tabarruk. Manas-tabarruk so`zlar gavharidan iborat buyuk doston. Unda elning tarixi, quvonch va qayg`usi, omonlik hamda yomonlik, g`aroyib taqdirlar o`z ifodasini topgan. Amalga oshgan orzular, poyoniga etmay qolgan tilaklar, elu elatning dardu-hasrati mungli bir qoshiqday bo`lib aks-sado berib turadi, 

Davomi »

5470 marta o'qildi
Guliqahqah

Qadim-qadim zamonda bir boy oshini oshab, yoshini yashab o`tgan ekan. Bu boy shunday boy ekan-ki, boy bo`lsayam achib qolgan loy ekan, sira suv o`tmagan soy ekan, birov minmagan toy ekan, yomgir yo`qqanda bulut orasida qolgan oy ekan, qozonga solsa dog` bo`lmagan moy ekan. Boshi xumday, ozi to`yga boqilgan so`qimday ekan.

Davomi »

5470 marta o'qildi
Yusuf va Ahmad

"Yusuf va Ahmad" dostoni og`zaki yaratilgan bo`lib, u o`zida turkiy xalqlar qahramonlik eposining barcha an`analarini yaxshi saqlab qolgan. Dostonda toju-taxt uchun ota-bolaga, aka-ukaga shafqat qilmay qon to`kayotgan feodal hukmdorlarning ma`naviy  tuban qiyofasi o`ziga xos aks ettirilgan.O`ylaymizki doston sizga manzur bo`ladi.

Davomi »

5470 marta o'qildi
Erali va Sherali

Bulg`or shahrida Qoraxon degan podsho bor edi. U 64 yoshga kirgan bo`lsa ham befarzand edi. Kunlardan bir kun yarim oqshom uyqusi qochib, qo`lini manglayiga etdi, o`tirib fikrga ketdi, Dunyoning bor gapi ko`kayidan o`tdi. 

Davomi »

5468 marta o'qildi
Gulnor pari Avazxon

âғ , ҳ ғ   . Ққ, , ғ, ҳ ғ ( ғ ), âғ қ қ . âғ . қ қ: , Қ , , , , .

Davomi »

5471 marta o'qildi
Hasanxon

"Go`ro`g`li" turkumiga kirgan bu dostonda el-yurt mudofaasi, mamlakatlar o`rtasida tinchlik-osoyishtalik o`rnatish, mardlik, chin do`stlik g`oyalari ilgari surilib, Hasanxonning Go`ro`g`li bilan ota-bola tutinishi va uning Chambilga olib kelinishi kuylanadi. 

Davomi »

5466 marta o'qildi
Boltakay botir

Qadim ayyom zamonda, 

Osmon bilan barobar,

Zangar degan qal`a bor. 

Ul shaharning xonini,

Shul Boboxon der edi.

Vazirining otini. 

Ul Sarimbiy der edi.

 

Davomi »

5473 marta o'qildi
Zevarxon

Fozil Yo`ldosh o`g`lidan yozib olingan "Zevarxon" o`zbek xalq dostonlaridan biri bo`lib uning syjeti juda qiziqarlidir. Doston keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.

Davomi »

5472 marta o'qildi
99 topishmoq

Bolalar uchun ajoyb topishmoqlar kitobi. Kitobda topishmoqlar javobi ham keltirilgan. marhamat yulab oling

Davomi »

Sahifa:  1 2 3 Keyingi > Oxirgi