Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

O'zbekiston tarixi

4738 marta o'qildi
O`ZBEK DAVLATChILIGI X-X1I ASRLARDA. SOMONIYLAR

Bir-ikki oqiz so`z mazkur sulola haqida. Oldinlari ham ta'kidlab o`tganimizdek, odatda sulolalar biron-bir o`zlariga mansub yirik namoyanda faoliyati orqali mashqurlikka erishadilar (masalan, eftaliylar, anushteginiylar, temuriylar va hokazo). Somoniylar ham shunday. Ular aslida Somon qishloqi oqsoqoli Somonxudotning avlodlaridir. Bu maskanning qaerdaligini aniq ko`rsatish qiyin.

Davomi »

4717 marta o'qildi
ASHINALIYLAR

VI asrning boshlariga kelib Oltoyning janubiy viloyatlarida siyosiy munosabatlar jarayonining faollashishi yaqqol ko`zga tashlana boshlaydi. Xitoy manbalariga ko`ra, bunda hal qiluvchi o`rinni Ashina sulolasi namoyandalari egallaganlar. Bu davrda mintaqadagi siyosiy manzarani to`liq tasavvur qilish uchun quyidagilarni eslash kifoya bo`ladi, deb o`ylaymiz.

Davomi »

4748 marta o'qildi
EFTALIYLAR

V asrga kelib siyosiy maydonga eftaliylar sulolasi chiqadi. Ular to VI asrning ikkinchi yarmiga qadar mintaqa siyosiy hayotida yetakchilik qiladilar.

Davomi »

4705 marta o'qildi
KUSHONIYLAR

Mamlakatimiz davlatchiligi tarixida yangi milodiy davrning boshlanishi kushoniylar sulolasi faoliyati bilan bog`liq. Kushoniylar milodiy I-IV asrlarda Turkistonning katgagina qismida siyosiy hukmronlikii o`z qo`lida tutib turgan kuch hisoblanadi. Eng muhimi, kushoniylar mintaqadagi deyarli barcha siyosiy birliklar, makonlarni va hatto qo`shni mamlakatlarni ham bir siyosiy markaz atrofida birlashtirib o`zbek davlatchiligi tarixida saltanatchilik bosqichini ochgan siyosiy kuch hisoblanadilar.

 

Davomi »

4717 marta o'qildi
Toxariston

Miloddan avvalgi 1-mingyillikning so`nggi II-I asrlariga kelib mintaqaning Baqtriya qismida yana bir siyosiy birlik - Toxariston yuzaga keladi. Aslida "Toxariston" atamasi yozma manbalarda dastlab milodiy 338 yildan boshlab uchrasada, lekin miloddan avvalgi II-1 asrlarda Baqtriya viloyatida kechgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va tashqi munosabatlar majmuini boshqargan kuchlar Toxariston atamasi bilan atalsa tarixshunoslik nuqtai nazaridan to`g`ri bo`ladi (ko`p hollarda shunday bo`lib kelgan ham).

Davomi »

4738 marta o'qildi
Farg`ona viloyati

O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan.

Davomi »

4738 marta o'qildi
PARFIYA

Mintaqamizning Atrek hamda Go`rgon daryolari yuqori havzasida joylashgan (Janubiy Turkmaniston, Shimoli-Sharqiy Eronning bir g`ismi) tarixiy makonlaridan biri qadimda Parfiya nomi bilan yuritilgan. "Avesto"da Ahura Mazdaning beshinchi bo`lib Nisaya o`lkasini yaratgani haqida so`zlar bor.

 

Davomi »

4714 marta o'qildi
Baqtriya

Milod boshiga qadar o`tgan asrlarda o`zbek davlatchiligi taraqqiyotida Yer yuzida ilk davlatchilik o`choqlaridan bo`lmish Yaqin va O`rta Sharqdagi makonlarda (Misr, Jazira, Finikiya, Falastin, Suriya, Eron va boshqalar), Hindiston, Xitoy, Yunonistonda ham kechganidek jarayon yuz bergan.

 

Davomi »

4718 marta o'qildi
Arslonxon Minorasi

Arslonxon a'yonu mulozimlar e'tiroziga ham quloq solmadi. Uni ikki navkar biri bosh, ikkinchisi oyoq tarafidan ko'tarib, zinalardan masjid tomiga olib chiqishdi. Bu yerdan minora yonboshiga tashlangan ko'prikcha qarshisida eshik ochilgan edi. Navkarlar xonni avaylab minora ichiga kiritishdi va qo'lida mash'al ko'targan yasovul ortidan nim qorong'ulikda ehtiyotkorlik bilan aylanma zinadan tepaga ko'tarila boshlashdi.

Davomi »

4737 marta o'qildi
ILK DAVLATCHILIKNING ASOS TOPISHI VA O`ZBEK DAVLATCHILIGINING MILODDAN AVVALGI TARIXI

      O`zbek davlatchiligining eng qadimiy tarixiy davrlarini yoritishda biz arxeologik qazishmalar natijalari, mahalliy yozma adabiyot namunalari (masalan, "Avesto", ko`hna eroniy bitiklar, yunonlik, xitoylik, hindistonlik va boshqa yerlik mualliflar yozib qoldirgan manbalar)dan foydalandik. Albatta, bu borada qiyosiy o`rganish, tarixiy-madaniy taraqqiyot qonunlari, an'analarini yodda tutish kabi ilmiy-mantiqiy usullarni istifoda etdik.

Davomi »