Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Murojaatlar

4935 marta o'qildi
The Tale of Tsar Saltan

Three fair maidens, late one night, Sat and spun by candlelight. "Were our tsar to marry me," Said the eldest of the three, "I would cook and I would bake -Oh, what royal feasts I'd make." Said the second of the three:

Davomi »

4940 marta o'qildi
The Three Little Kittens

Three little kittens
They lost their mittens,
And they began to cry,
Oh, mother dear,
We greatly fear
Our mittens we have lost.

Davomi »

4951 marta o'qildi
Alpomish

Ming yil tarixga ega bo‘lgan “Alpomish” dostonini baxshilar sevib kuylaydilar, xalqimiz esa maroq bilan  tinglaydi. Alpomishning mardligi, oliyjanobligi, o‘z Vatani uchun fidokorona kurashi dostonda yorqin lavhalarda aks ettirilgan. Ushbu kitobda dostonning bolalarga mo‘ljallangan nasriy bayon berilgan.

Davomi »

4949 marta o'qildi
H.Shayxov. Rene jumbog'i

Hojiakbar Shayxovning mazkur kitobidan joy olgan fantastik hikoyalarning qahramonlaridan biri ajoyib mashina ixtiro qilsa, boshqalari o‘zga dunyo vakillari bilan uchrashadilar… Ilmiy-fantastik qissalarda esa olis sayyoralarga parvoz qilgan yerlik fazogirlarning ko‘pdan-ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirib, favqulodda og‘ir sharoitlarga duch kelishlari, biroq har qanday vaziyatda ham o‘zlarini mardona tutib, Inson nomiga sodiq qolganlari hikoya qilinadi.

Davomi »

5005 marta o'qildi
Odil Yoqubov Ko`hna dunyo

Adib ushbu asarda ikki buyuk olimlarning bolaligi, ijtimoiy muhit, yoshlik yillari, ilk sevgisidan tortib, daho ijodkorga aylanguncha bo‘lgan davrni jonli va rangli bo‘yoqlarda tasvirlaydi. Ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk ishlarini umumlashtirishga harakat qiladi. Har ikki ulug‘ ajdodimizning hayoti va fojiali taqdiri bugungi kun o‘quvchisini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

Davomi »

4985 marta o'qildi
Avaz Mansurov Ohanglarda ertaklar

Mazkur to‘plam bolalar va yoshlar xor jamoalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, taniqli bastakor Avaz Mansurovning keyingi yillarda yaratgan eng sara qo‘shiqlaridan tuzilgan. Bu qo‘shiqlarda hur Vatanimiz, baxtiyor va quvnoq yoshlik madh etilgan, yoqimli ohanglari tinglovchilarga zavq bag‘ishlaydi. 

Davomi »

5055 marta o'qildi
Tohirov A., Mo`minov G`. Matematikadan olimpiada masalalari

Bu kitobdagi masalalar o'quvchilarning bilimini chuqurlashtiradi va mustaxkamlashga yordam beradi. Qo'llanma o'tra maktab matematikalari, xalq  ta’limi hodimlari uchun mo'ljallangan.

Davomi »

5032 marta o'qildi
Informatika

Shunday fanlar borki, ular bir necha fanlar bog‘liqligida o‘rganiladi, masalan biofizika, tabiatni muhofaza qilish va hakazo. Informatika ana shunday fanlardan biri bo‘lib, u ayni vaqtda inson faoliyatini turli jabhalariga keng qo‘llanilmoqda. Bu fan XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga keldi.

Davomi »

4951 marta o'qildi
Go`rog`lining tug`ilishi

“Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari yuzga yaqin xilma-xil mazmundagi asarlarni o‘zida birlashtirgan ulkan silsiladir. Ushbu jildga kiritilgan dostonlarda afsonaviy xalq bahodirining tug‘ilishi va qahramonona yoshligi, ozodlik o‘lkasi-Chambil shahrining bunyod etilishi, Hasanxonning Chambilga keltirilishi va Qirq yigitlarning  uylanishi voqealari tasvirlanadi.

Davomi »

4938 marta o'qildi
Alimova D. va boshqalar. Naxshab-Nasaf-Qarshi.

Ushbu kitob Markaziy Osiyoning eng qadimiy shahrlaridan biri  bo‘lgan Qarshi shahrining tarixi bilan tanishtiradi.  Kitob tarixiy manbalar, so‘nggi yillardagi arxeologik kashfiyotlar, shuningdek, Respublikamiz mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarini har taraflama o‘rganish asosida yozilgan. Ushbu kitob O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchi keng o‘quvchilar ommasi uchun mo‘ljallangan.

Davomi »