Respublika bolalar kutubxonasi saytiga xush kelibsiz !

Murojaatlar

4940 marta o'qildi
Rustamxon

Xalq dostonlari-ajdodlarimizning ming yillardan buyon asrab, avaylab kelayotgan muqaddas merosidir. Donishmandlarimiz uni xalqning “Oltin beshigi” deb ataganlar. Chunki unda tarixi, ma’naviyati, o‘zligi aks etgan bo‘ladi. O‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo‘lgan “Rustamxon” dostoning ko‘plab variantlari mavjud bo‘lib, ularning orasida badiiy jihatdan eng mukammali Bulung‘ur dostonchilik maktabining zabardast vakili, betakror san’atkor Fozil Yo‘ldosh o‘g‘linikidir.

Davomi »

4941 marta o'qildi
Y.Ilyosov. Sug`diyona

Iskandar Zulqarnayn Doro qo‘shinlarini tor-mor keltirishi bilan cheklanmay, Sharqqa yurishini davom ettiradi. Bu yurishni “xaloskorlik” degan so‘z bilan niqoblaydi. Mazlum xalqlar avvaliga bu so‘zga ishonadilar, biroq niqob yirtiladi. Sug‘diyona xalqi bahodir yo‘lboshchisi Spantama’no atrofiga uyishib, vatan ozodligi uchun chet el bosqinchilariga qarshi qahramonlarcha kurash boshlaydilar.

Davomi »

4983 marta o'qildi
Jek London Martin Iden

Boy xonadon qizini sevib qolgach, sof muhabbat tufayli ro‘yodek tuyilgan orzuga intilgan Martin o‘sha orzusiga erishganda, uning  shafqatsiz qonunlari sarobga aylantiradi. Martin tushungan narsani Ruf hech qachon anglab yetolmaganidek, qiz ardoqlagan qadryatlar ham Martin uchun hamisha begona bo‘lib qolaverasdi. Asar mutolaasidan so‘ng kitobxon har qanday jamiyat va tuzumda chin inson bo‘lish, buni anglay olish eng yuksak va oliy qadryat ekanini his qiladi.

Davomi »

5012 marta o'qildi
Inglizcha - O`zbekcha tasvirli lug`at

Hozirgi vaqtda xorijiy tillarni o‘rganish davr talabiga aylandi. Ayniqsa, ingiliz tilini o‘rganishga yurtimizda keksayu yosh birdek shavq bilan kirishib ketti Shu bois ingiliz tilini  o‘rganuvchilar talab va ehtiyojlarini qondirish uchun mazkur tasvirli ingilizcha-o‘zbekcha lug‘at ilk bor o‘quvchilar e’tiboriga havola etilmoqda.

Davomi »

5019 marta o'qildi
Kashfiyot va ixtirolar

Bolalar uchun ensiklopediya “Kashfiyot va ixtirolar” nomli kitobidan siz o‘zingiz uchun qiziq bo’lgan savollarga javob olishingiz mumkun.

Davomi »

5004 marta o'qildi
Hayvonot olami. Sutemizuvchilar va Qushlar

Sutemizuvchilar, qushlar haqidagi kitob bir necha bo‘limdan iborat bo‘lib, ularda ushbu hayvonlar va qushlar sinifining asosiy  turlari to‘g‘risida  ma’lumotlar bayon etilgan. Bo‘limlarning asosiy qismi katalogdan iborat bo‘lib, unda turli hayvon va qushlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Davomi »

5112 marta o'qildi
Nemischa-O'zbekcha LUG'AT

Ushbu “nemischa-o‘zbekcha” lug‘at o‘z oldiga nemis tilini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan maktab o‘quvchilari, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari, aspirant va tarjimonlar uchun mo‘ljallangan. Lug‘atning asosiy vazifasi nemis tilini o‘rganuvchilarga yordam berish va shu tilning zamonaviy leksik boyligi bilan tanishtirishdir. 

Davomi »

4951 marta o'qildi
N.Muhammad. Turon davlatlari va hukumdorlari

Ushbu kitobda muallif 2,5 ming yildan ortiqroq vaqt mobaynida mintaqamizda vujudga kelgan qadimgi davlatlar va hukmdor sulolalar, turkey qabila va urug‘lar haqida hikoya qiladi. Davlatchiligimiz tarixi, mashhur hukmdorlar haqidagi ma’lumotlar, turkey xalqlar kechmishining rang-barang sahifalari moziy ixlosmsndlarini, eng avvalo, yoshlarimizni qiziqtiradi, deb o‘ylaymiz.

Davomi »

4949 marta o'qildi
Buxorxudotlar davlati

VI-VIII asrlarda Buxoroda hukm surgan sulola. Poytaxti Buxoro shahri. Hududi hozirgi Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent, Kogon, Romitan, Jondor va Qorako‘l tumanlari yerlaridan iborat bo‘lgan.

Davomi »

4943 marta o'qildi
Saidov A. Xalqaro xuquq

Ushbu o‘quv qo‘llanma jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining, shuningdek, yuridik oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari, aspirantlari va talabalariga, xalqaro munosabatlar hamda xalqaro huquq sohasiga ixtisoslashgan organlar va tashkilotlarga, xalqaro huquq masalalari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Davomi »