Bilasizmi?

5375 marta o'qildi
Boshqa sayyoralarda hayot bormi ?

Biz to shu kungacha boshqa sayyoralarda u yoki bu shaklda hayot bor-yo’g’ligi to’g’risida aniq ma'lumotga ega emasmiz. Mutaxassislar kosmik tadqiqotlar o’tkazish orqali bu savolga javob izlashmoqda. Lekin shuni aniq bilamizki, hayot mavjud bo’lishi uchun ma'lum shart-sharoitlar talab etiladi.          

Biz to shu kungacha boshqa sayyoralarda u yoki bu shaklda hayot bor-yo’g’ligi to’g’risida aniq ma'lumotga ega emasmiz. Mutaxassislar kosmik tadqiqotlar o’tkazish orqali bu savolga javob izlashmoqda. Lekin shuni aniq bilamizki, hayot mavjud bo’lishi uchun ma'lum shart-sharoitlar talab etiladi.                       Buning uchun, avvalo, zarur temperatura kerak. Barcha tirik organizmlar faqat ma'lum, qulay temperatura mavjud bo’lgandagina yashay oladi. Jazirama issiq yoki qattiq sovuqda hayot  paydo bo’lmaydi. Tiriklikning  yana bir zarur sharti suvdir. Barcha tirik mavjudotlar uchun suv kerak. O’simliklarga yorug’lik bilan bir qatorda mineral moddalar ham zarur. Hayvon-larga ozuga manbai talab etiladi. Ular o’zlari ozuga topolmaydigan joylarda yashay olmaydi.  Yerdan boshqa hech bir sayyorada bunday zarur sharoitlarning barchasi mavjudmi? Boshqa say-yoralar to’g’risidagi bilimlarimizga tayanib, yo’q, deb javob berishimiz mumkin. Endi misollarga murojat qilaylik. Cho’lpon Yerga eng yaqin sayyoradir, uning o’l-chamlari ham yernikiga o’xshash. Uzoq vaqtlar bu ikki sayera egizaklar deb atalgan. Shunga qaramasdan, Cho’lpon qalin oltingugurt     kislotasi bulutlari bilan to’plangan. Uning atmos-ferasi bo’guvchi karbonat angidrid gazidan tarkib topgan. Atmosfera bosimi juda yuqori. Tem-peratura sayyora yuzasida Sel'siy shkalasi bo’yicha 460 darajagacha yetadi. Bu hayot paydo bo’lishi uchun juda issiqlik qiladi. Mirrix atmosferasi, asosan, karbonat angidriddan iborat.  Shunga qaramasdan, uning    yuzasidagi temperatura Sel'siy shkalasi bo’yicha 29 darajadan yuqori ko’tarilmaydi. Ammo - 85 darajagacha tushib ketishi mumkin. Sayyoradagi ozgina miqdordagi suv ham doimo muz qolida. Demak,  zikr etilgan sayyoralarning birortasida  ham hayot uchun maqbul shart-sharoit yo’q .  Yerga yaqin sayyoralarda hech bir shaklda hayot yo’qligi shu tarzda isbot qilingan.

 


Orqaga qaytish