Yangi o`zbek adabiyoti

5528 marta o'qildi
Said Ahmad

O'zbekistonning mashhur hajvchi yozuvchisi Said Ahmad 1920-yilning 10- iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida ziyoli oilada tug'ilgan.

O'zbekistonning mashhur hajvchi yozuvchisi Said Ahmad 1920-yilning 10- iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida ziyoli oilada tug'ilgan. Said Ahmad bolalik, yillari haqida xotira kitoblarida shunday deb yozadi: «Men tug'ilgan... mahallaning guzariga yilda ikki marta dor keladi. O'sha paytlarda mashhur bo'lgan Solih dorbozning o'yinlariga, masxarabozlarning qiliqlariga qoyil qolardik. Bir kuni masxaraboz qopdan shisha siniqlarini to'kib, ustiga stoldan sakradi, o'yin tushdi.

Men ham qo'ni-qo'shnilarnikidan singan shishalarni ikki chelak qilib yig'ib, bog'imizga olib kirdim. Bir joyga to'kib, ustiga devordan sakradim. Oyoqlarimni shisha tilib tashladi. O'n kungacha oyoq bosolmay uyda yotganman.

Bir marta dor o'ynab yiqilganman. Oyog'im singan. Rais ko'chasidagi Maxsum tabib taxtakachlab qo'ygan. Bir oygacha qo'ltiqtayoqda yurganman.

Uch marta tomdan yiqilganman. (Bir martasida qaynab turgan samovarning yoniga tushganman.) Xullas, yetti marta qo'lim chiqqan.

To esimni tanib, maktabga borgunimcha o'tganning o'rog'ini, ketganning ketmonini oladigan «shum bola»ning o'zi bo'lganman.

Abdulla Qodiriyning bog'i bizdan sal yuqoriroqda edi. U ko'chamizdan o'tardi. Bu odamning kimligini, nima ish qiiishini hali bilmasdim. Ammo keksalar ham, yoshlar ham ajib bir hurmat bilan salom berishlarini ko'rib atayin ko'chada poylab o'tirardim.  O'tib qolsa,  salom beraman deb kutardim.

Bizning tashqari hovlimizdagi bo'sh uyda Mirmashriq degan kishi  turardi.   Keyin  bilsam,   u   Elbek   degan   shoir  ekan.   Uning oldiga Oybek, G'afur G'ulom, G'ulom Zafariy, Xurshid kabi shoiriar kelib turishardi, ularga choy tashirdim. Ularning suhbatlari,  asosan,  adabiyot,   san'at,  kitob  haqida bo'lardi.

Oilamizdagilarning hammasi ham ma'rifatli odamlar bo'Iganligi uchun ichkari hovlidagi suhbatlar ham, ko`pincha, kitob, ilm xususida bo'lardi.

Bo`lajak adibning otasi Husanxo'ja Dadaxo'ja o'g'li rus-tuzem maktabini tugatgan, rus tilini mukammal biladigan, Sharqu- g`arb adabiyotidan bahramand bo'lgan ma'rifatli odam edi. Turkiy dunyoning mashhur ma'rifatchisi Ismoilbek G'aspirali bilan yaqinligi bor edi. Toshkentliklar Said Ahmadning bobosini «Dadaxo'ja duma» deb ulug'lashar, chunki u kishi sho'rolar to'ntarishidan ham oldin shahar dumasining deputati bo'lgan. Onasining otasi G'ulomxon toshbosma matbaa egasi bo'lgan. Bo'lajak adibning katta akasi Imomxon o'zbek stenografiyasining asoschisi hisoblanardi, keyingi akasi Zuhurxon esa, irrigatsiya bo'yicha O'zbekistonning ilk professori edi.

Mana shunday oilada tug'ilib o'sgan Said Ahmad yoshlikdan kitob bilan oshno tutingandi. Qo'liga tushgan kitobni o'qimay qo'ymasdi. Shuni ham aytish kerakki, u mahallar o'qiydigan kitobning o'ziyam ko'p emasdi. Qiziquvchan, tabiatan tinib-tinchimas Said Alimad adabiyotga kirib kelguncha juda ko'p sohalarda o'zini sinab ko'rdi. Bu haqda o'zi shunday eslaydi: «Mushtum»da birinchi hajviy hikoyam chiqquncha, men kirmagan o'qish, men unnab ko'rmagan ish qoimadi hisob. Qishloqlarga chiqib shiorlar yozdim. Artistlikka ham qiziqib ko'rdim. Doktorlik maktabida ham besh-olti oy o'qib chiqdim. Bir-ikki yil rassomlik maktabiga ham qatnadim. Qurilish texnikumida ham uch-to'rt kun tahsil oldim. Penson degan mashhur fotochiga shogird tushdim. Gazetalarga rasm ishlab oborardim.

Fotochilik, rassomlik meni redaksiyalarga yaqinlashtirdi. Gazetalarda kichik- kichik xabarlarim bosila boshladi.

Nihoyat, o'n olti yoshimda «Mushtum»da mening «lshqiboz» nomli hajviyamni chop etdi. Ko'rib turibsizki, ijodni kulgili asarlar yozishdan boshlaganman. Kulgini yaxshi ko'raman. O'shandan beri ellik yildan  oshibdiki,  hajviy  asar yozishni  to'xtatganim  yo'q».

Said Ahmad Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat o'qigach, avji ikkinchi jahon urushi boshlangan yilda «Mushtum» jurnalida ishladi.  1942-1943-yillarda respublika radiosida,  1943 - 1947-yillarda «Qizil O'zbekiston» gazetasida, 1948 - 1950-yillarda «Sharq yulduzi» jumalida mehnat qildi. Sho'rolar siyosatining zug'umi bilan millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Ozodlikka chiqqach, qator yillar O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiymaslahatchilik qildi.

Said Ahmad hajviy hikoyalar yozish bilangina kifoyalanmay, nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratgan va muvaffaqiyatga erisha olgan yozuvchidir. Uning «Qadrdon dalalar" (1949), «Hukm» (1958) qissalari, insoniy taqdirlar chalkashligini ko'rsatishga bag'ishlangan uch kitobdan iborat «Ufq» romani, turg'unlik zamonida mamlakatimizda yuzaga kelgan vaziyatni aks ettiruvchi «Jimjitlik» (1988) romanlari, «Kelinlar qo'zg'oloni», «Kuyov» singari pyesalari xalqimizning ko'ngil mulkiga aylangan.


Orqaga qaytish