Yangi o`zbek adabiyoti

5029 marta o'qildi
Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon

Hayot va ijod yo'li. Shoir, dramaturg, nosir - Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon 1897- yili Andijonda tug'ildi

Hayot va ijod yo'li. Shoir, dramaturg, nosir - Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon 1897- yili Andijonda tug'ildi. Professor Naim Karimov, ayrim xotiralarga tayanib, Cho'lponni 1898- yilda dunyoga kelgan deb hisoblaydi. Otasi Sulaymonqul Muhammad Yunus o'g'li ma'rifatli, bilimli ziyolilardan bolib, asli savdo bilan shug'ullansa-da, she'rlar ham yozib turgan. Onasi Oyshabibi maxsus tahsil ko'rmagan, ammo ko'ngli ochiq, suhbati yoqimli, ertag-u qo'shiqlarni ko'p biladigan ayol bo'lgan.

Cho'lpon dastlabki ta'limni o'z mahallasidagi maktabda olib, saboqdoshlaridan o'tkir xotirasi bilan ajralib turgan. U qisqa fursatda savod chiqarib, Qur'oni Karimni yod oladi. Zamon talabiga ko'ra, o'g'lining rus tili va madaniyatidan ham xabardor bo'lishini istagan otasi Abdulhamidni Andijondagi rus tuzem maktabiga o'qishga bergan. Bo'lajak shoirga rus tuzem maktabida Botish adabiyoti bilan tanishish imkoni tug'ildi. Bu maktab saboqlari bitgach, mulla Sulaymonqul iste'dodli o'g'lini madrasaga topshirib, yetuk mudarris qilmoqchi bo'ldi. Abdulhamid madrasada fors va arab tillarini o'rgangan. Lekin bu davrda buyuk boshqird olimi Zaki Validiy va yosh o'zbek adibi Fitrat asarlari ta'sirida turkchilik g'oyalari, jadid qarashlari bilan tanishgan Cho’lpon muddaris emas, "o'zbek milliy yozuvchisi" bo'lishga ahd qiladi. Uydagilardan ruxsat olmay, Toshkentga ketib, ijod bilan shug'ullanadi. U turk, rus, fors tillari vositasida dunyo adabiyoti durdonalarini o'qidi.

Bolaligidan she'rlar yozib yurgan Cho’lpon o'z yozmalarini "Sadoyi Turkiston", "Sadoyi Farg'ona", "Turkiston viloyati gazeti" kabi nashrlarda "Qalandar", "Mirza qalandar", "Andijonlik", "Cho'lpon" taxalluslari bilan chop ettirgan. Keyinchalik "Cho'lpon" uning asosiy taxallusiga aylanib qoldi. 1914- yilning 18- aprelida "Sadoyi Turkiston" gazetasida Cho'lponning "Turkistonli qarindoshlarimizga" degan she'ri bosildi. Oradan o'n bir kun otib, shu yerda uning "Qurboni jaholat" hikoyasi chop etildi. Shu yili yosh qalamkash o`z ijodining mohiyatini ifodalab bergan "Adabiyot nadur?" maqolasini e'lon qildi. Sal o’tib, "Do'xtur Muhammadiyor" hikoyasi bosildi. Xullas, qisqa fursatda Cho’lpon yangi adabiyotning yorqin yulduzi sifatida tanildi.

O'quvchi! Cho’lpon deyarli sizning yoshingizda yozgan "Adabiyot nadur?" maqolasida millat hayoti, vatan ravnaqida adabiyotning o'rni haqida ota jiddiy o'ylaydigan bilimdon o'spirin ekanligini namoyon etadi. Uning: "Ha, to'xtamasdan harakat qilib turgan vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bolsa, maishat yo'lida har xil qora kirlar birlan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa, millat yashar",- degan sozlari yigitchaning qanchalik katta aql va ulkan bilim egasi ekanligini ko'rsatadi.

Cho’lpon adabiyotni tashviqot quroli, ma'rifat tarqatish vositasi, aqlni o'stirish yoligina deb bilmaydi. Badiiy adabiyot kishining ongigagina emas, balki tuyg'ulariga ham ta'sir qilishi, uni muvozanatdan chiqarishi, hislarini junbushga keltirishi lozimligini hisobga oladi: "Adabiyot chin ma'nosi  o'lgan, so'ngan, ...o'chgan, majruh, yarador ko'ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, o'tkir yurak kirlarini yuvadurgan toza ma'rifat suvi, ...chang va tuproqlar to'Igan ko'zlarimizni artub, tozalaydurgan buloq suvi bo'lganlikdan bizga g'oyat kerakdur". Bu sozlar hali o'spirin Cho’lponning naqadar uzoqni ko`ra oladigan, ko`p o'qigan, masala mohiyatiga chuqur kira biladigan kishi ekanligini anglatadi.

      Rossiyadagi siyosiy tonitarishlar davrida u bir muddat Orenburgda yashab, boshqird hukumati mahkamasida kotib lavozimida ishladi. So'ng Toshkentga qaytib, 1920- yilga qadar TurkROSTA' muxbiri bo’ldi.

Bu yillar ziyolilar uchun o'z yo’lini izlash davri edi. Cho’lpon ham Fitrat boshchiligidagi "Chig'atoy gurungi" to'garagi majlislarida qatnashib, millat va vatanga yaxshiroq xizmat qilish yollarini izladi.

1920- yili Bokuda o’tkazilgan Sharq xalqlarining qurultoyi Cho’lpon qarashlarining rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. U aynan shu yerda vatan ravnaqiga jon tikkan millatchi shoirlik yolini qat'iy tanlab oldi. O'rni kelganda aytish kerakki, "millatchi" so'zi, aslida, hech qanday salbiy ma'noga ega emas. Negaki, turkiy tillarda bu so'z o`z millatini sevgan, butun harakatini uni yuksaltirishga qaratgan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Sho`ro zamonida uning ma'nosi atay "boshqa millat vakillarini yomon ko'radigan kishi  tarzida buzib talqin etildi. Holbuki, misol uchun "ishchi", "yordamchi" so'zlari shu kasb egalarining ish va yordamdan boshqa narsalarni yomon ko'rishini anglatmaydi.

Cholpon o'zga millatlarga, zinhor, yomon nazar bilan qaramagan. Faqat u o'zbeklarni ham dunyoning baxtli xalqlari qatorida ko'rishni istagan. Istaganda ham astoydil, jon kuydirib, hayotini baxshida qilib...

Bokudan qaytgach, Cholpon Fitratning taklifiga ko'ra Buxoroga boradi va 1921 — 1922- yillarda o'zbek tilidagi "Buxoro axbori" gazetasini boshqardi. Bu davrda gazeta o'zbek tilini rasmiy til sifatida yoyish, buxorolik mehnatkashlarni siyosiy hayotga jalb etish, adabiyot va san'atni rivojlantirish bo'yicha yetakchi nashr mavqeiga erishdi.

1922-  yilda shoir Toshkentga qaytib keladi, U "Inqilob" jurnali bilan hamkorlik qiladi, endigina dunyoga kelayotgan o`zbek professional teatrini shakllantirish, uni badiiy barkamol asarlar bilan ta'minlashda ishtirok etadi.

1923- yilda Cho`lpon Andijonda yangi chiqa boshlagan "Darxon" gazetasiga ishga yuboriladi. Bir yildan so'ng gazeta yopilgach, u Toshkentga qaytib keladi. Shu vaqtda milliy professional teatrni shakllantirish uchun yigirma to'rt nafar iste'dodli o'zbek yoshlari Moskvaga o'qishga yuboriladi. O'qish Moskvadagi hali mustaqil davlat hisoblangan Buxoro maorif uyi qoshidagi teatr-studiyada tashkil etilgandi. Rus tili va adabiyotini chuqur biladigan Cholpon 1924- yilda Moskvaga ketadi va shu dramstudiyada tarjimon va dramaturg bo'lib ishlaydi. "Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyotr darsligida B.Qosimov tomonidan Z. Validiynining "Bugungi turk eli va uning yaqin tarixi" kitobiga tayanib bergan ma'lumotlarga qaraganda, Cho`lpon bu yillarda V. Bryusov nomidagi adabiyot institutda saboq olgan. Moskva adabiy muhiti Cho'lponga jiddiy ta'sir qiladi. U eng keyingi estetik yangiliklardan bevosita xabardor bo'ladi. Rus ijodkorlari bilan yaqinlashadi.

20-yillar Cholpon uchun samarali ijod davri bo'ldi. 20-yillarning birinchi yarmida Turkistonda chiqib turgan deyarli barcha gazeta-jurnallarda Cholpon she'rlari bosilar va ular turkistonliklarni o'zlarini anglashga undardi. Uning she'rlari "O'zbek yosh shoirlari" (1923), "Go'zal yozg'ichlar,, (1925), "Adabiyot parchalari" (1926) singari to'plam va majmualardan o'rin olgan, maktablarga kirib borgan edi. Shu yillarda uning "Uyg'onish" (1922), "Buloqlar" (1923), "Tong sirlari" (1926) singari she'riy to'plamlari bosildi. Uning adabiyotshunoslik, publisistika borasidagi ishlari ham juda ko'p edi, Bu yillarda Cho'lpon "Yorqinoy" (1921), "Halil farang" (1921), "Cho'rining isyoni" (1926), "Yana uylanaman" (1926), "O'rtoq Qarshiboyev" (1928), "Hurjun" (1928) singari asarlar yaratib, milliy dramaturgiyani rivojlantirdi.

1926- yilda Toshkentga qaytgan Cho'lpon sho'ro hukumati yuvindixo'rlari bo'lgan iste'dodsiz kimsalarning qattiq hujumiga duch keldi.  Uni "millatchi va badbin shoir",— deya aybsitdilar. Respublika matbuotida Cho'lpon ijodi bo'yicha ur-surdan iborat munozara boiib o'tdi. Badiiy so'z ma'nosini teran anglaydigan Qodiriy, Fitrat singari adiblar shoirni turli yo'sinda qoMlaganliklariga, Oybek singari yosh talantlar Cholpon ijodiga yonda shishning sog'lom yo'llarini taklif etganliklariga qaramay, shoir kommunistik mafkura yugurdaklari tomonidan ur kaltak qilindi. Nihoyat, madaniyat xodimlarining 1927- yilning oktabrida bo'lib o'tgan II qurultoyida Cho`lpon ijodi "...g'oyaviy tuturuqsiz" ekanligi respublikaning rahbarlaridan biri Akmal Ikromov tomonidan ta'kidlangach, shoir deyarli yakkalanib qoladi.

O'tgan asrning 30-yilIariga kelib, Choiponga nisbatan siyosiy-mafkuraviy zug'um yanada kuchaydi. Natijada, shoir 1932- yilda Moskvaga ko'chib ketadi. U yerda Gogolning "Tergovchi", I. Frankoning "Feruza", Andreevning "Osilgan yetti kishining hikoyasi" asarlarini o'zbekchalashtiradi. 1935- yilgacha u yerda yashab, yana Toshkentga qaytib keladi va teatrda adabiy emakdosh bolib ishlaydi. Bu yillarda unga qaratilgan hujumlar yanada zo'raydi, adib asarlari o'zbek matbuotida bosilmay qo'yiladi. Shundan so'ng u, koproq badiiy tarjima bilan shug'ullanadi. Shekspirning "Hamlet", Pushkinning "Boris Godunov", "Dubrovskiy", Gorkiyning "Ona" singari asarlarni rus tilidan o'zbekchaga ag'daradi. Shu tahlikali yillarda Cho'lpon "Kecha va kunduz" romani, "Soz" she'rlar to'plamini yaratadi.

Millat baxti uchun jonini tikkan jasur o'glon, buyuk iste'dod egasi bo'lgan adib 1937- yilning 14- iyulida qamoqqa olinadi. Davrining bir guruh asl farzandlari qatori 1938- yilning 4- oktabrida otib tashlanadi.


Orqaga qaytish