Hikoyalar

5657 marta o'qildi
T A N B E H

 Behzod bilan Sherzod aka-ukalar. Behzod 8, Sherzod 7 yoshda. Ular birga maktabga borib, birga dars tayyorlaydi. Ota-onasi buyurgan uy yumushlarini birgalikda bajaradilar. Kunlarning birida Sherzod nogoh akasining qalamini sindirib qo‘ydi.

Bundan jahli chiqqan Behzod ukasiga:
– Ahmoq, kallavaram, nima qilib qo‘yding? – deb qichqirdi.
Bu shovqinni eshitgan onasi Behzodga qarab:
– Og‘zing iflos bo‘ldi, bor toza suvga chayib kel, – dedi qat’iy.
– Nega endi iflos bo‘lar ekan,– so‘radi u.
– Chunki sen bemaza so‘zlarni ishlatding. Bunday so‘zlar odamning og‘zini kir qilib qo‘yadi.
– Qarang, eng yaxshi qalamimni sindirib qo‘ydi, – Qizishib ketdi Behzod.
– Sen aytmoqchi bo‘lgan gaplarni xunuk so‘zlar ishlatmasdan ham aytsa bo‘ladi. Bilib qo‘y, ona tilimiz juda chiroyli, nafis so‘zlarga boy. Uni qancha yaxshi so‘zlar bilan bezatib borsang, shuncha go‘zallashadi. Qancha yomon so‘zlar ishlatsang, shuncha so‘lib qoladi. Chunki tilimiz gulga o‘xshaydi, – tushuntirdi onasi.

Orqaga qaytish