She`rlar va ruboiylar

5713 marta o'qildi
Anvar OBIDJON sherlari

ORIYATLI MUSHUK

Oriyatli Mushukman,
Nafsimga bosh egmayman.
“Ochko‘z” nomin olmay, deb,
Sut-qatiqqa tegmayman.

Anvar OBIDJON
ORIYATLI MUSHUK

Oriyatli Mushukman,
Nafsimga bosh egmayman.
“Ochko‘z” nomin olmay, deb,
Sut-qatiqqa tegmayman.

Burdim ketar deb, hatto,
Quvlamayman Sichqonni.
Kerak bo‘lsa ishlating
“Taxtamushuk” qopqonni.

Hidlamayman, mabodo,
Go‘shtni ochiq qo‘ysangiz.
Juda xursand bo‘lardim
O‘zingiz yeb to‘ysangiz.

Mendek halol Mushukni
Topish mumkin bemalol.
Ana, plastilindan
Sen ham yasab olaqol.
CHET TILI
– Ruschasiga “olcha” nima? –
Deb so‘radi Zag‘izg‘on.
“Vish-sh-nya”, deya javob qildi,
O‘ylab turib Suvilon.

– Xo‘sh, “makka”ning ruschasi-chi? –
Savol berdi satang g‘oz.
– Quqquruza, quqquruza! –
Deb qichqirdi yosh Xo‘roz.

OV
Elbek kamon irg‘itdi,
Yo‘lbarsni yiqitdi.
Borib tappa bosgan choq
Sinib qoldi o‘yinchoq.

KECHIR, OLAPAR

Men kichkina
O‘rdakman.
Aqli kalta
Go‘dakman.

Yo‘qsa, tartib
Buzmasdim.
Loyqa suvda
Suzmasdim.


Orqaga qaytish