Musiqa va san`at

5531 marta o'qildi
NAMANGAN NAQQOSHLIK SAN'ATI

Naqqoshlik san`ati O’rta Osiyoda juda qadimiy bo’lishi bilan birga, ajib, o’ziga xos, betakror namunalari bilan ajralib turadi. Har bir naqshning tashqi ko’rinishini ifodalovchi ajib bir gullari, yaproq, novda, islimi, girixi kabilar bilan birga chuqur ichki ma`nosi bor.  

NAMANGAN NAQQOSHLIK SAN'ATI

 Naqqoshlik san`ati O’rta Osiyoda juda qadimiy bo’lishi bilan birga, ajib, o’ziga xos, betakror namunalari bilan ajralib turadi. Har bir naqshning tashqi ko’rinishini ifodalovchi ajib bir gullari, yaproq, novda, islimi, girixi kabilar bilan birga chuqur ichki ma`nosi bor. Bunda har bir shakl aniq o’lchamda, hamohang bo’lishi, ranglar did bilan o’zaro mutanosib tanlanishi kerak.

Ma`lumki, O’rta Osiyoga islom dinini kirib kelishi bilan joriy etilgan jonli mavjudot tasvirini ishlashning ma`n qilinishi tasviriy san`atni rangtasvir, haykaltaroshlik kabi turlarini rivojlanishiga to’sqinlik qilgan, biroq, xalq amaliy san`ati, xususan naqqoshlik san`ati keng taraqqiy etishiga ham katta turtki bo’lgan. Binolar, turli idish-tovoqlar, buyumlar, qurol-aslahalar naqsh bilan bezatildi. Shaharlar husniga ko’rk bo’lgan qadimiy obidalar, masjidu, madrasalar, xonoqo va maqbaralar naqsh bilan bezatildi, ganch va yog’och o’ymakorligi keng ko’lamda qo’llanildi.

Ana shunday milliy san`atimiz bo’lgan xalq amaliy san`atining bizgacha etib kelishi va rivojlanishida mashhur ustalar Usta Shirin Murodov, Yusufali Musaev, Umrzoq Ahmedov, Ota Polvonovlarning hissalari beqiyosdir.

Farg’ona naqqoshlik maktabi nomi bilan tilga olinadigan Xo’jand, Marg’ilon, Qo’qon, Farg’ona, Andijon, Namangan, Chust, Quva, Oltiariq va Rishton shaharlarida vujudga kelgan uslublarda ijod qilgan ustazoda Saidaxmad Norqo’zievni ham alohida ta`kidlash joizdir. Bugungi kun yoshlari ularning ishlarini sadoqat, ixlos, mehr-muhabbat bilan o’rganmoqdalar.

Bu yo’lda ularga bajonidil ustozlik qilib kelayotgan Namangan naqqoshlik maktabini asoschilaridan biri xalq ustasi Asqarali Akparovdir.

Asqarali Akparov 1951 yili Qirg’izistonning Yangiyo’l tumanida Qutchu avulida tavallud topgan. Shahidlar mozori tabarruk Safed Bulondan 20-25 chaqirim masofada, tog’lar orasida joylashgan bu xushmanzara maskanga Asqarbekning ota avlodi 1917 yildagi o’zgarishlardan keyingi alg’ov-dalg’ov yillari borib qolishgan. Aslida esa bo’lg’usi xalq ustasining ota jihat avlodlari Yangiqo’rg’on tumanidagi Iskovot qishlog’idanu, ona taraf qarindoshlari Namangan shahrining Langar Buvasida istiqomat qilganlar.


Orqaga qaytish