Musiqa va san`at

5533 marta o'qildi
DURADGORLIK, YOG'OCHSOZLIK SAN'ATI

Duradgorlik  xunarmandchilikning eng qadimgi turlaridan. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson uchun zarur xar xil buyumlar duradgor ustalri yetishib chiqishini taqozo etgan. Ibtidliy jamiyatda tosh asboblar qatori duradgorlikning ibtidoiy buyumlari qo'llanilgan.

DURADGORLIK, YOG'OCHSOZLIK SAN'ATI 

Duradgorlik  xunarmandchilikning eng qadimgi turlaridan. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson uchun zarur xar xil buyumlar duradgor ustalri yetishib chiqishini taqozo etgan. Ibtidliy jamiyatda tosh asboblar qatori duradgorlikning ibtidoiy buyumlari qo'llanilgan.

O'lkamizda metaldan yasalgan uy – ro'zg'or buyumlari ishlab chiqarilgunga qadar ya'ni XX asr boshlarida o'zbek xonadonlarida ayniqsa shahar chetlaridagi xonadonlarda yog'ochdan yasalgan buyumlardan foydalanib kelishgan. Bu yog'och buyumlarni yog'och ishi bilan shug'ullanuvchi xunarmandlar tayyorlaganlar. yog'och buyumlar qattiq yog'ochlardan ya'ni tut, yong'oq, jiyda, chinor, qayrag'och, tol, terak, eman, qarag'ay, arg'uvon, olcha, olma, o'rik, nok va boshqa daraxt taxtalari.

Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida duradgorlik tarmoqlarining xar biri mustaqil rivojlandi va murakkablasha bordi.

Duradgorlikning bir necha ming yillik taraqqiyoti, uning ba'zi tarmoqlarining san'at darajasiga o'sib chiqishini ta'minladi. Duradgorlik tarixda o'zbek o'ymakorlik ishlari bilan mashxurdir. Duradgorlik uslublarida yog'ochlarni yo'nish, ularga ishlov berishda muayyan kompozisiya asosida ularni birlashtirishda, detallarni aniq, ixcham va silliqlgida davr ruxi aks etadi. 19 asrning o'rtalarigacha o'zbek ustalari an'anaviy duradgorlikni davom ettirdilar, uning ba'zi tarmoqlarini shakllantirdilar. 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida o'zbek duradgorligi Yevropa va Rus duradgorlik elementlari bilan  boyidi. Duradgorlik bilan shug'ullanuvchilar xalq orasida usta, duradgor, durezgar, najjor, eshiksoz, aravasoz, elaksoz kabi nomlar bilan ataladi.


Orqaga qaytish