Jahon mamlakatlari

5648 marta o'qildi
Nigeriya

 Qudratli Niger daryosi Afrikaning ichkarisidan boshlanadi. U o‘nlarcha tarmoqqa bo‘linib, ekvatordan 500 kilometr shimolroqda Gvineya qo‘ltig‘iga quyiladi. Mamlakatning nomi ham shu daryo nomidan kelib chiqqan. Aholisining soni bo‘yicha Nigeriya–Afrikadagi eng katta davlat. 

NIGERIYA

(Nigeriya Federativ Respublikasi)

Maydoni – 924000 kvadrat kilometr.

Aholisi – 11500000 kishi.

 Qudratli Niger daryosi Afrikaning ichkarisidan boshlanadi. U o‘nlarcha tarmoqqa bo‘linib, ekvatordan 500 kilometr shimolroqda Gvineya qo‘ltig‘iga quyiladi. Mamlakatning nomi ham shu daryo nomidan kelib chiqqan. Aholisining soni bo‘yicha Nigeriya–Afrikadagi eng katta davlat. Bu yerda turli xalqlar yashaydi. Ular bundan bir necha asr muqaddam mustaqil va boy madaniyatga ega bo‘lganlar.

Sohildagi pasttekisliklar yil bo‘yi issiq va nam. Botqoqli doim yashil o‘rmonlar qishloq, shahar va yo‘l chetlarigacha taqalib borgan.

Shimolga tomon yer yuzasi balandlashib boradi. Bu yerda ham yil bo‘yi issiq bo‘ladi, lekin yilning yomg‘irli oylari quruq mavsum bilan almashinadi. Asta-sekin o‘rmonlar savanna – o‘t bilan qoplangan yassi yoki bir oz tekislik bilan almashinadi. U yerda ahyon-ah­yonda kichikroq daraxtzor yoki tikanli butalar uchraydi. Qurg‘oqchilik davrida o‘t-o‘lanlar qovjirab qurib qoladi, daraxtlar esa barglarini to‘kadi. Shimoliy Nigeriya quruq iqlimli rosmana chala cho‘ldan iborat.

Nigeriyada nihoyatda xilma-xil hayvonlar ko‘p. Savanna va o‘rmon chetlarida fil va karkidonlar (bu hayvonlar kam qolgan,
shuning uchun ularni ovlash taqiqlangan), jirafa, kiyik, arslon va sirtlonlar; daryolarida begemot (oddiy suv oti) va timsohlar; doim yashil o‘rmonlarda shimpanze va boshqa xil maymunlar yashaydi.

Mamlakat aholisining ko‘pchiligi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi. Janubda deh­qonlar changalzorlardan tozalangan dalalarda yerni ketmonga o‘xshash asbobda yumshatib maniok, yams va batta (shirin kartoshka) yetishtiradilar. Bu ekinlar faqat issiq mamlakatlarda o‘sib yetiladi va og‘irligi bir necha kilogramm keluvchi yeyi­ladigan tugunak hamda ildizmeva beradi. Bular dehqonlarning asosiy ovqati hisoblanadi. Kakao va moylipalmadaraxtlarini ham o‘stiradilar. Moylipalmadaraxtining balandligi 10–15 metrga, barglarining uzunligi esa 3 metrdan 7 metrgacha yetadi. Har tup daraxt 200 kilogrammdan ko‘proq hosil beradi. Yirik olxo‘ridek keladigan mevalardan iborat katta-katta shodalar ko‘zni qamashtiradi. Undan qimmatbaho moy olinadi.

Shimolda, savannalarda chorva mollari boqiladi, jo‘xori, tariq, makkajo‘xori, shuning­dek yeryong‘oq (araxis) yetishtiradilar. Hosilni yig‘ib-terib olish paytida yo‘l bo‘yida ming­larcha to‘ldirilgan qoplardan iborat piramidalar vujudga keladi, ularni keyin yuklab olib ketadilar. Kakao,palmamoyi va yeryong‘oq chet mamlakatlarga chiqariladi.

Mamlakatda yer osti boyliklari ko‘p. Bu yerda neft, qalay va boshqa rangli hamda ­noyob metallar qazib olinadi.

Keyingi yillarda Nigeriya xo‘jalikni rivojlantirishda olg‘a qarab ulkan qadam qo‘ydi. Uning sanoat korxonalari ko‘plab xilma-xil mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. Boshqa mamlakatlarga asosan neft sotiladi. Nigeriya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.


Orqaga qaytish