Jahon mamlakatlari

5349 marta o'qildi
Ozarbayjon

Bokuga kelayotgan teploxodlar palubasidan tunda dengiz bo‘ylab taralgan chiroqlar yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. So‘ngra to‘lqinlar uzra qoziq oyoqlarga o‘rnatilgan vishkalar, ulkan kumushrang baklar, ikki qavatli uylar ko‘rinadi. Bu Neft Toshlari shaharchasidir. 

OZARBAYJON

(Ozarbayjon Respublikasi)

Maydoni – 86600 kvadrat kilometr.

Aholisi – 7953000 kishi.

 Bokuga kelayotgan teploxodlar palubasidan tunda dengiz bo‘ylab taralgan chiroqlar yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. So‘ngra to‘lqinlar uzra qoziq oyoqlarga o‘rnatilgan vishkalar, ulkan kumushrang baklar, ikki qavatli uylar ko‘rinadi. Bu Neft Toshlari shaharchasidir. Bu yerda dovyurak kishilar Kaspiy dengizi tubidan neft qazib chiqarishadi.

Boku Ozarbayjonning eng yirik sanoat, ilmiy va madaniy markazidir. Shaharda ko‘plab yirik zavodlar, respublika Fanlar akademiyasi, universitet, konservatoriya, institutlar, teatr va muzeylar ishlab turibdi.

Ozarbayjon faqat nefti bilangina mashhur emas. Respublikada gaz va temir ruda qazib olinadi, po‘lat eritiladi, alyuminiy olinadi, quvur, mashina, stanok, podshipnik, sintetik kauchuk, avtomobil shinalari, plastmassa, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda. Ulkan zavodlar atrofida yangi shaharlar qad ko‘tardi.

Kuradaryosi oqib o‘tadigan keng pasttekislik Kavkaz tog‘lari bilan o‘ralgan. Shirador o‘tli yaylovlarda qo‘y va echki, sigir, buyvol va zebu podalari boqiladi.Kuradaryosiga uning Araks irmog‘i kelib quyiladi.

Kura-Araks pasttekisligining iqlimi issiq. Yomg‘ir kam yog‘adi, ekinlarga nam yetishmaydi. Quyosh taftida qaqragan dashtlarni suvga qondirish uchun ozarbayjon xalqi ko‘p ter to‘kib mehnat qildi.

Suv omborlari va sug‘orish kanallari suvi yuzasidan tushayotgan quyosh nurlarining aksi ko‘zni qamashtiradi. Yer ham mashhur ozarbayjon gilamlari singari xilma-xil rangda jilvalanadi. Sug‘oriladigan yerlarda paxta, bug‘doy, makkajo‘xori yaxshi yetiladi. Bu qu­yoshli o‘lkada ko‘plab uzum, choy, tamaki, mandarin yetishtirilyapti, ipakchilik rivojlangan. Eh-he... Ozarbayjon bog‘bonlari qanchadan-qancha anor, behi, shaftoli, anjir, olcha yetishtirayotganini aytmaysizmi!

Bokudan sal naridagi qup-quruq dashtda metallurglar va kimyogarlar shahriSumgaitbunyod etildi. Sumgaitning quvur prokat zavodi butun Zakavkazyening neft va gaz sanoati korxonalarini quvur bilan ta’minlamoqda. Baliqchilar qishlog‘i – Mingechaur shaharga aylandi. Uning yaqinidaKuradaryosida baland to‘g‘on qurilib, Mingechaur suv ombori bunyod etildi. Uning suvi dalalarni sug‘orib, elektr stansiyalarning turbinalarini harakatga keltirmoqda.

Ozarbayjonning tabiiy gazi 1928-yildan beri ishlatiladi. Respublikada yirik elektr energiya xo‘jaligi barpo etilgan.

Dashkesan qishlog‘i ham shaharga aylandi. Bu yerda Gruziya hamda Ozarbayjonning metallurgiya zavodlari uchun temir ruda qazib olinmoqda.

Ozarbayjonda fan va madaniyat rivojlangan. Ozarbayjon kompozitorlarining asarlari respublikadan tashqarida ham mashhur. Res­publika shoirlari va yozuvchilarining asarlari chet ellarda ham keng tarqalgan. Ozarbayjon O‘zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1995-yilda o‘rnatgan.


Orqaga qaytish