Rivoyatlar

5664 marta o'qildi
NON HIDI

Sulton Husayn Boyqaro: "Dunyodagi eng yaxshi hidni keltiring!–deb qolibdi. Unga quchoq-quchoq gul keltirishibdi. Sulton: "Yo'q", — debdi, qalampirmunchoqni ro'baro' qilishibdi, rad etibdi. Yer yuzidagi jamiki xushbo’y narsalarni muhayyo qilishibdi. Sulton bo'lsa: "Men aytgan bu emas", deb— turib olibdi. Keyin:

— Uch kun muhlat ichida — topsalaring topganlaring, bo'lmasa hammangni jazoga torttiraman, — debdi.

Vazirlar nima qilishni bilolmay, o'ylayverib boshlari qotibdi. Husayn Boyqaro istagan hidni topisha olmay, oxiri Navoiyning oldiga borishibdi.

— Sultonimiz aytgan hidni topib, bizni halokatdan saqlab qoling, — deyishibdi.

Do'stining ko'ngli qanday hidni istaganini  bilolmay, Navoiyning ham boshi qotibdi. Dehqon bobodan so'ragan ekan, u:

—Yangi yopilgan nondan olib boringlar-chi, otam rahmatli: "Dunyoda eng lazzatli va yoqimli  hid       qayroqi  bug'doy unidan yopilgan tandir non, hech qaysi hid unga etolmaydi", — deguvchi edilar, — deb maslahat beribdi.

Navoiy xursand bo'lib, dehqonning aytganini qilib, bir savat non yopti ribdi-da, saroyga yetib boribdi. Bir zumda saroyga ajib yoqimli hid tarqab,  barchaning dilini yashnatib yuboribdi.

—  Rahmat, do'stim, — debdi Husayn Boyqaro, nonlarni ko'rib. — Ko' hglim yangi yopilgan non isini qo'msayotgan edi, topib kelibsiz. Dunyoda yahgi yopilgan nonning isidan ko'ra yoqimliroq hid yo'q...

—  Sultonim, rahmatni menga emas, dehqon boboga ayting, ko'nglingiz ning xohishini shu kishi topdi, — deb javob beribdi Navoiy.

Husayn Boyqaro dehqonga bosh-oyoq sarpo berishni buyuribdi.

Orqaga qaytish