Jahon mamlakatlari

5656 marta o'qildi
Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi

Shri-Lanka – Osiyodagi davlat, shu nomdagi orolda joylashgan, Hindistondan kambar bo‘g‘oz orqali ajralgan. Orolning atrofida marjon riflari (suv osti qoyalari) bor, bu yerda baliq va marvaridli mollyuskalar ko‘p. Shri-Lanka nomi 1972-yili qayta tiklandi. Avvalgi nomi Seylon bo‘lib, bu nomni orolda to‘rt asr davomida xo‘jayinlik qilgan yevropalik mustamlakachilar qo‘ygan. Mamlakat 1948-yildagina mustaqillikka erishdi.

SHRI-LANKA

Maydoni – 64453 kvadrat kilometr.

Aholisi – 18400000 kishi.

(Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi)

 Shri-Lanka – Osiyodagi davlat, shu nomdagi orolda joylashgan, Hindistondan kambar bo‘g‘oz orqali ajralgan. Orolning atrofida marjon riflari (suv osti qoyalari) bor, bu yerda baliq va marvaridli mollyuskalar ko‘p. Shri-Lanka nomi 1972-yili qayta tiklandi. Avvalgi nomi Seylon bo‘lib, bu nomni orolda to‘rt asr davomida xo‘jayinlik qilgan yevropalik mustamlakachilar qo‘ygan. Mamlakat 1948-yildagina mustaqillikka erishdi.

Orolning katta qismi pasttekislikdan iborat. Faqat janubida uncha baland bo‘lmagan tog‘ massivi ko‘tarilib turadi. Ekvator yaqin, shu sababdan bu yer yil bo‘yi issiq. Iyun, iyul va avgustda janubi-g‘arbiy shamollar (musson shamollari) okeandan ko‘p yomg‘ir keltiradi. Boshqa oylarda yog‘in ancha kam bo‘ladi. Agar yerni sug‘orib ekin ekilsa, yiliga ikki marta va hatto uch marta hosil olish mumkin.

Orolda aholi zich joylashgan, ayniqsa, ­uning janubi-g‘arbida aholi ko‘p. Bu yerda shahar va qishloqlar palmazorlar orasida o‘nlab kilometrlarga cho‘zilgan. Orolning shimoli va sharqida manzara turlicha. Keng tekisliklar savanna, qalin tropik o‘rmonlar, butazorlar bilan qoplangan. O‘rmonlarda ko‘plab maymunlar, qoplonlar, lemurlar, rang-barang qushlar, ulkan kapalaklar, turli-tuman sudralib yuruvchilar yashaydi. Yovvoyi fillar ham uchraydi. Daryolarda timsohlar ko‘p.

Mamlakat aholisining ko‘pchiligi qishloq­larda yashaydi. Qamish yoki bambukdan yasalgan kulbalarning tomipalmabarglari yoki sholi poxoli bilan yopilgan. Pasttekislik joylarda asosan sholi ekiladi, kokos palmalari o‘stiriladi. Biroq aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan guruchning deyarli yarmini boshqa mamlakatlardan sotib olishga to‘g‘ri keladi, chunki yerlarning ko‘p qismi choy, kauchukli o‘simliklar va kokos palmalari plantatsiyalari bilan band. Yerni qo‘l kuchi bilan yoki buyvollar yordamida ishlaydilar.

Shri-Lanka choy yetishtirish bo‘yicha jahonda oldingi o‘rinlardan birini egallaydi. Okean kemalari mashhur seylon choyi, kauchuk va kopra (kokos yong‘og‘ining quritilgan mag‘zi)ni boshqa mamlakatlarga olib ketadi.

Shri-Lanka zamini foydali qazilmalarga boy emas. Faqat grafit, slyuda va yarqiraydigan toshlargina ko‘proq miqdorda qazib olinadi. Orolda metallurgiya va shina zavodlari, un tortish kombinati va elevator qurilgan. Shri-Lanka bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1999-yilda o‘rnatilgan.


Orqaga qaytish