Jahon mamlakatlari

4944 marta o'qildi
Portugaliya Respublikasi

Bundan ikki ming yillar muqaddam Yevropaning janubi-g‘arbiy qismida, Iberiya yarim orolida (hozir u Pireney yarim oroli deb ataladi) luzitan qabilalari yashagan. Ular yarim orolning hamma qismida emas, balki uning Atlantika okeaniga tutash qismida yashaganlar.

PORTUGALIYA

(Portugaliya Respublikasi)

Maydoni – 92000 kvadrat kilometr.

Aholisi – 9800000 kishi.

 Bundan ikki ming yillar muqaddam Yevropaning janubi-g‘arbiy qismida, Iberiya yarim orolida (hozir u Pireney yarim oroli deb ataladi) luzitan qabilalari yashagan. Ular yarim orolning hamma qismida emas, balki uning Atlantika okeaniga tutash qismida yashaganlar. Tez orada luzitanlar diyorini rimliklar egallab oldilar va bu yerda rimliklar provinsiyasini tashkil etib, uni Luzitaniya deb atadilar. O‘shandan keyin yana o‘n bir asrdan ko‘proq vaqt o‘tgach, bu yerda davlat barpo bo‘ldi. Mamlakat hukmdorlari uncha katta bo‘lmagan Portus-Kale degan joyda yashar edilar, shuning uchun butun davlatni ham Portugaliya deb atay boshladilar.

Bundan besh yuz yil muqaddam mamlakatni boshqarib turganportugalqirollari Yevropada eng boy va qudratli hisoblanishgan. 15-asrda Portugaliyani Genrix Dengizchi deb nom olgan qirol boshqargan. Uning o‘zi dengizda hech yerga suzib bormagan, lekin uning buyrug‘i bilan kemalar safarga tayyorlanib, yangi yerlar ochish uchun uzoq sayohatlarga jo‘nardilar, kashf qilingan yerlar esa Portugaliyaning mustamlakasiga aylantirilar edi. Shu yo‘l bilanportugalmustamlakachilari Gvineya (Bisau),Angola, Mozambikni, 1500-yili esa Braziliyaning juda katta qismini bosib oldilar. Barcha mustamlakalarining maydoni Portugaliya­ning o‘z hududidan bir yuz o‘n olti marta katta edi.

Portugaliyaning yelkanli kema – karavellalardan iborat katta floti bor edi. Portugaliya karavellalari okeanni u yog‘idan bu yog‘iga kezar va tryumlarida (kemaning tubidagi xonalarida) mustamlakalardan talab olingan boyliklar: oltin, ziravorlar, ipak, fil suyaklari va qimmatbaho mollarni tashib keltirar edi.

Vaqt o‘tishi bilan Portugaliya dengizdagi yetakchilik mavqeyini yo‘qotdi, o‘z rivojida Yevropadagi boshqa davlatlardan orqada qoldi, «Yevropaning tashlandiq joyi»ga aylandi.

Portugaliyada ahvol 20-asr boshlarida, ayniqsa, yomonlashdi. 1926-yili mamlakatda fashistlar diktaturasi o‘rnatildi. Lekin fashizmga qarshi kurash to‘xtamadi. Fashi­stlar Portugaliyada qariyb ellik yil xo‘jayinlik qildilar, faqat 1974-yilga kelib demokratik kayfiyatdagi harbiylar xalqning qo‘llab-quvvatlashi natijasida fashistik diktatorlar va generallarni ag‘darib tashlashga muvaffaq bo‘ldilar.

Portugaliya – juda go‘zal mamlakat. Yashil maysazorlar va o‘rmonlar bilan qoplangan tog‘lar, yon bag‘irlarida tokzorlar barpo qilingan tepaliklar bilan o‘ralgan xushmanzara vodiylar ko‘p. Atlantika okeanining qirg‘oqqa yaqin suvlarida baliq ovlovchilarning ko‘plab shxuna (kichikroq yelkanli kema)lari suzib yurganini ko‘rish mumkin. Portugaliya yerlari serunum va sa­xovatli. Bug‘doy, makkajo‘xori ekiladi, tok, apelsin, zaytun, po‘kak daraxtlari o‘stiriladi. Portugallarning aksariyati - dehqonlar. Aholisining qariyb beshdan bir qismi mamlakat poytaxti – Lissabonda yashaydi. Lis­sabon katta va xushmanzara shahar bo‘lib, Teju daryosining o‘ng sohilida, daryoning Atlantika okeaniga quyilish yeri yaqinida joylashgan. Portugaliya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o‘rnatilgan.


Orqaga qaytish