Mashxur shaxslar

5531 marta o'qildi
KURCHATOV IGOR VASILYEVICH (1903 1960)

Igor Kurchatov Uralda, Sim shahri (hozirgiChelyabinskviloyati) da yer o‘lchovchi oilasida tug‘ildi. Tez orada uning oilasi Qrimga ko‘chib keldi. Kurchatovning bolaligi Qrimda,Simferopolshahrida o‘tgan. U juda ko‘p o‘qir, muzika bilan shug‘ullanar, futbol o‘ynardi.

KURCHATOV IGOR VASILYEVICH

 (1903 – 1960)

 Igor Kurchatov Uralda, Sim shahri (hozirgiChelyabinskviloyati) da yer o‘lchovchi oilasida tug‘ildi. Tez orada uning oilasi Qrimga ko‘chib keldi. Kurchatovning bolaligi Qrimda,Simferopolshahrida o‘tgan. U juda ko‘p o‘qir, muzika bilan shug‘ullanar, futbol o‘ynardi. Igor Simferopol gimnaziyasini oltin medal bilan tugatib, Qrim universitetining fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kirdi. Universitetda Kurchatov fizika bilan shug‘ullana boshladi. Iste’dodli yigit haqidaLeningradfizika-texnika institutining direktori, akademik A. I. Ioffe eshitib qoldi va uni o‘z institutiga taklif qildi. Bu yerda Kurchatov yadro fizikasi sohasidagi o‘zining dastlabki ilmiy kashfiyotlarini qildi va uning nomi fan olamida mashhur bo‘lib ketdi.

1939-yilda olimlar atom yadrolarida naqadar ulkan energiya zaxiralari borligini kashf etdilar. Ular bu energiyani odamlarga xizmat qildirish yo‘llari va usullarini aytishdi. Lekin yadro energiyasidan mislsiz yemiruvchi kuchga ega bo‘lgan qurol yasash uchun ham foydalanish mumkin edi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan bu xavf ro‘yobga chiqadigandek bo‘lib qoldi. Fashistlar Germaniyasida atom bombasi yaratish ustida qizg‘in ish olib borilardi. Jahonni fashistlar qulligi xavfidan saqlab qolish uchun xuddi shunday qurolni iloji boricha tezroq yaratish lozim bo‘lib qoldi. Shuning uchun 1942-yilda ish boshlagan Kurchatov guruhi 1949-yilda birinchi atom bombasini, bir necha yildan so‘ng esa vodorod­ bombasini yaratdi.

Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish, uni insonga xizmat qildirishdek (masalan, undan elektr toki olish) murakkab vazifani hal etish ishiga Kurchatov juda ko‘p kuch va iste’dodini sarfladi. Olim dunyoda bi­rinchi atom elektr stansiyasini yaratishga rahbarlik qildi. Bu stansiya 1954-yilda ishlay boshladi. U inson aql-zakovati­ning ajoyib g‘alabasi edi. Lekin Kurchatov yanada quvvatliroq elektr stansiyalar yaratish ustidagi ishi­ni davom ettirdi.

Kurchatov umrining oxirigacha butun kuch-g‘ayratini fanga bag‘ishladi. Og‘ir kasal bo‘lib yotgan olim ilmiy kengashlarni o‘z uyida o‘tkazardi.

D. I. Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasida 104 raqami bilan kurchatoviy elementi yozilgan. Bu elementni Kurchatovning shogirdlari kashf qilishib, uning sharafiga shunday atashgan. Bu ulkan olimga qo‘yilgan ajoyib yodgorlikdir.


Orqaga qaytish