She`rlar va ruboiylar

5340 marta o'qildi
CHUMOLIJON

Mehnatingga qoyil qolaman,
G‘ayratingdan o‘rnak olaman.
Sendek ixcham, epchil bo‘laman,
Nimjon emas, bo‘laman chaqqon,
Chumolijon, ey chumolijon!

Qachon ko‘rsam, ahil-u inoq,
Xashar qilib yasharlar har choq.
Odamlarga o‘xshaydi ko‘proq,
Goh kuzatib, goh kutar mehmon –
Chumolijon, ey chumolijon!

Murod Rahmon


Orqaga qaytish