She`rlar va ruboiylar

5338 marta o'qildi
BOBOM YARATGAN BOGLAR

Olma, o‘rik, olchazor –
Bobom yaratgan bog‘lar.
Yashnab turar chamanzor,
Doim dimog‘im chog‘lar.

BOBOM YARATGAN BOG‘LAR
Olma, o‘rik, olchazor –
Bobom yaratgan bog‘lar.
Yashnab turar chamanzor,
Doim dimog‘im chog‘lar.


G‘arq pishgan gilos, uzum,
Shaftolilar rango-rang.
Nashvatlar olar ko‘zim,
Yegingiz kelar, qarang!

Gulzorlarni oralab,
Bobom tirik yurganday.
Bizga meva saralab,
Yonda kulib turganday...

“Bog‘ yaratdim siz uchun,
An’ana etsin davom.
Sizlar ham farzand uchun
Bog‘ yarating!” - der bobom.

Biz ham bog‘ni, chamanni –
Ko‘p sevamiz, orasta.
Gul-bog‘larga Vatanni
To‘ldiramiz, albatta!

Murod Rahmon


Orqaga qaytish