Rivoyatlar

5529 marta o'qildi
IBN SINO SHOGIRDLARI

Tabiblarning tabibi, ulug' hakim Ibn Sino kunlardan bir kuni qattiq og'rib, ko'rpa-to'shak qilib yotib olibdi. Ibn Sinoning shogirdlari, eng yaqin do'st-birodarlari yig'ilishibdi. Do'st-birodarlari yaxshi so'z aytib, ulug' tabibning ko'nglini ko'tarishga, kayfiyatini yaxshilashga harakat qilishsa, shogirtlari ustozlarini dori-darmonlar bilan davolashga kirishibdilar.

Ibn Sino do'st-birodarlariga rahmatlar aytib, shogirdlariga esa shunday debdi:

— Ey, shogirdlarim, mening kunim bitgan ko'rinadi. Shu bois davolayman deb, bexudaga harakat qilmanglar. Bordi-yu kunim bitib, vafot etsam, yig'i-sig'i, oh-voh qilmanglar. Faqat haqimga duo qilib, onda-sonda qabrimni ziyorat qilsanglar, bas. Va yana ustoz olamdan o'tdi, endi tabobat oqsaydi, deb ham qayg'urmanglar. O'rnimga besh zo'r tabibni qoldirib ketmoqdaman. Shu tabiblarning masalahatlariga o'zlaringiz ham doim amal qilinglar, boshqalarni ham ularga da'vat etinglar, — debdi.

Ibn Sinoning shogirdlaridan biri:

—  Ustoz, siz aytgan tabiblar kimlar? — deb so'rabdi. Shunda Ibn Sino:

—  Men qoldirib ketayotgan zo'r tabiblarimning biri — tozalik, ikkinchisi parhez, uchinchisi - badan tarbiyadir. Va qolgan ikkisi mijoz bilan kayfiyatdir. Doimo pokiza, ozoda bo'lishlik, ko'ringan narsani, ya'ni ovqatni ko'r-ko’rona yeyavermaslik, apil-tapil ovqatlanmaslik, ovqatlanishda parhez, me'yorini bilishlik. ichkilikka ruju qo'ymaslik, badan a'zolarini harakatsiz qoldirmaslik, mijozni unutmaslik va, nihoyat, kayfiyatni yaxshi tutishga harakat qilish. Mana shu aytganlarimga amal qilinsa, kasallanish uyoqda tursin, bevaqt o'lim ham orqaga chekinadi.

Orqaga qaytish