Rivoyatlar

5385 marta o'qildi
IBN SINO VA KITOBLAR

Rivoyat qilishlaricha, Buxoro muzofotida dunyoga dong'i ketgan, mashhur hakimlarning hakimi dono Ibn Sino o'tgan ekan. Ibn Sino yoshligidanoq ilm-fanga berilib, ko'p o'qibdi. O'qigan kitoblari borki, uqibdi, yod olibdi. Bundan tashqari, hayvonlarning "gap-so'z"larini ham, parranda-darrandalarning tilini ham, giyohlarning holatini ham biladigan, tushunadigan bo'libdi. Bolaiar  o'yin-kulgu bilan band bo'lishsa, Ibn Sino chumoli, qumursqalarni tutish, ilon. qurbaqalarni ushlash bilan ovora ekan.

IBN SINO VA KITOBLAR

Rivoyat qilishlaricha, Buxoro muzofotida dunyoga dong'i ketgan, mashhur hakimlarning hakimi dono Ibn Sino o'tgan ekan. Ibn Sino yoshligidanoq ilm-fanga berilib, ko'p o'qibdi. O'qigan kitoblari borki, uqibdi, yod olibdi. Bundan tashqari, hayvonlarning "gap-so'z"larini ham, parranda-darrandalarning tilini ham, giyohlarning holatini ham biladigan, tushunadigan bo'libdi. Bolaiar  o'yin-kulgu bilan band bo'lishsa, Ibn Sino chumoli, qumursqalarni tutish, ilon. qurbaqalarni ushlash bilan ovora ekan. O'z-o'zidan giyohlardan dori-darmonlar tayyorlab, oshnalaridan birini "kasal qilib", uni davolash bilan shug'ullanarkan. Bolasidagi bu qiliq-odatlarni ko'rgan ota-ona uni maktabga beribdi. Ibn Sino maktabda o'qiladigan kitoblarni allaqachon o'qib, uqib olgan ekan. Shuning uchun maktabga bormay qo'yibdi. Ota-onasi shaharda o'qisin, deb Buxoroga  ko'chib  kelishibdi.  Ammo  madrasadagilar eshigiga yaqinlashtirishmabdi. Ibn Sino noiloj yana o'zicha o'qib, uqib yuraveribdi.Yanagiyoh, o't-alaflar to'plab, ilon, chayon, qurbaqa, toshbaqalarni tutib, ular ustida soatlab, kunlab, haftalab mashq qilib yuraveribdi.

Ba'zi bir kasallar oldiga kelsa, davolab, dardiga shifo bera boshlabdi. Bora-bora juda ham zo'r tabib bo'lib ketibdi. Ammo ko'pchilikka bildirmabdi, tabibligini sir saqlabdi. Baribir, Ibn Sino qanchalik sir saqlamasin, sirlari oshkora bo'laveribdi. Chunki "Gapni gap quvadi, sirni sir ochadi", degan naql bor. Ibn Sinodan shifo topgan odamlar bugun bir bo'lsa, ertasiga ikki ,bo'libdi. "Men falonchidan shifo topdim", — deb bir kishi ikkinchi kishig,  ikkinchisi unga yana qo'shib: "Falonchi-falonchi Ibn Sinodan shifo topibdi. kasal edi, tuzalibdi",— deb gap tarqataveribdi. Hammayoqqa ovozasi ketibdi. Shunday bo'lsa ham, g'alamis tabiblar uni tan olishmas, shaharga kritishmas ekan. Kunlardan bir kuni dong taratishda Samarqandga teng keladigan. balkim undan o'tadigan Buxoro shahrining amiri kasalga chalinib, yotibqolibdi. Avvaliga saroy tabiblari: "Hech gapmas, amirimiz tuzalib ketadilar, asallari unchalik og'ir emas", — deyishibdi. Qaratishibdi, davolatishibdi –aimir tuzalmabdi. Keyinchalik boshqa mamlakatlardan mana man degan tabiblarni oldirib kelib, qaratishibdi, amir tuzalmabdi.  Hech kim amirning dardiga malham topa olmayotganini ko'rib, tabiblar xavotirga tushib qolishibdi. "Endi amirimiz o'lib qolarkan-da", — deyishib, o'zlarini uyoqqa urishibdi, buyoqqi urishibdi, hech nima chiqmabdi. Oralaridan birovining esiga Ibn Sino tushibdi "Shuni chaqirtirsak-chi"?, deb qolibdi. Bu gap hammaga ma'qul tushibdi Tezlikda Ibn Sinoni saroyga keltirishibdi. Bosh tabib unga yalinib-yolvoribdi,

—  Ulug' amirimizning amr-u farmonlari shunday: biz u kishini davolashimiz kerak. Aks holda, hammamizning kallamiz qilichdan o'tkazilur yoxud dorg tortilurmiz, — debdi. Ibn Sino:

—  Men nima qilmog'im darkor? — deb so'rabdi.

—  Xonimizni tuzatmog'ing darkor, — deb javob beribdi bosh tabib. Ibn Sino:

—  Kasalni  ko'rmay, tomirini  ushlamay, qandi davolayman? Axir, meni uning oldiga olib kiringlar-da, — debdi.

Bosh tabib Ibn Sinoni amirning oldiga olib kiribdi.  Ibn Sino kasalni ko'rib, tomiri ushlabdi-da, iziga qaytib, qishlog'iga qarab ketibdi. Ibn Sinoning kasalni ko'rib, tomirini ushlab, hech nima demasdan qishlog’iga qaytib ketganini amir o'zicha, tabiblar o'zicha tushunibdi. Amir: "Kasalim og'irekan, endi o'lar  ekanman" deb o'ylagan bo'lsa, tabiblar:   "Ibn Sino haliyam bizdan xafa ekan. Shohni tuzatsa bular omon qoladi, tuzatmasam, ularning boshi  ketadi degan" deb o'ylashibdi. Amir tabiblarni yoniga chaqirib: "Kasalimni tezlikda tuzatmasalaring, bola chaqalaring bilan qo'shib dorga torttiraman",— debdi. Tabiblarning yana bosh qotibdi. Ibn Sinoga yana odam yubormoqchi bo'lishibdi. Shu payt Ibn Sinon o'zi kirib kelibdi-da, amirning oldiga kirib, uyida tayyorlagan dorini beribdi. Amir dorini ichibdi. Ibn Sino hech kimni yoniga yolatmay, amirning  boshida unga tikilganicha o’ltiraveribdi. Amir uyquga ketibdi, ancha vaqt o'tgandan keyin o'ziga kelib, yemak so'rabdi. Ibn Sino suv berishlarini buyuribdi. Oziga kelib, tuzalib qolgach, Ibn Sinodan: "Nima bersam xursand bo'lasan?" deb so’rabdi.. Ibn Sino hech narsa talab qilmabdi. "Bir qop tilla ol!" — debdi amir. Ibn Sino qabul qilmabdi. "Yurt so'ra, yurt beray", — debdi amir.Ibn Sino hech narsa olmasligini aytibdi. "Suruv-suruv ot, qo'y beray", — debdi amir. Ibn Sino yana: "Hech nima kerak emas", — debdi. Amir so'ra, beray,  deyavergach, Ibn Sino: "Amirim, men harakat qildim, Xudo shifo berdi tuzalib oyoqqa turdingiz. Menga hech qanday tilla ham, yurt ham, suruv-suruv ot, qo'ylar ham kerak emas, qishlog'imga bir qiroatxona qurdirib, qirq tuya kitob bersangiz bo'lgani", — debdi. Amir xursand bo'Iib, barcha ustalarni yig’dirib , Ibn Sino qishlog'iga katta qiroatxona qurdirishga kirishdi. Butun dunyoga  jar soldirib kitob yig'diribdi, o'zining boy kutubxonasidan ham eng nodir kitoblardan olib, 40 tuyaga yuklatib, Ibn Sino qishlog'iga jo'natibdi. Qiroatxona bitib, kitoblar keltirib bo'lingach, Ibn Sino kutubxona ichiga kirib   ketibdi. Boshqa tabiblar unga hasad bilan qaray boshlashibdi. Ko'pchilik bo'Iib Ibn Sinoning oldiga borishibdi. Kutubxonaga kirib, kitoblar orasidan Ibn Sinoni zo'rg'a topishibdi-da, undan:

Amirlikdan kelganingizdan beri shu yerda kitob titkilab yotibsizmi? — sorashibdi. Ibn Sino:

Ha. eng yaqin do'stlarim - kitoblar bilan suhbat qurib, kun-u oy, i-yu yillar o'tganini ham sezmayapman. Miyamni ilmga, cho'ntagimni laga toldirish bilan bandman,— debdi.

Tabiblik-chi, tabiblikni tashladingizmi? — deb so'rabdi tabiblardan biri.

Yo'q. Tabibligimni qiyomiga yetkazmoqdaman. Avval ulug' ustozlarim pand-u nasihatlari, ko'rsatmalarini bilib olib, keyin davolashga o'taman. shu kungacha o'zimni tabib hisoblab, katta xatoga yo'l qo'ygan ekanman. Endi mana bu kitoblardan olganlarimni amaliyot bilan mustahkamlasamgina o'zimni tabib deb atashga haqliman, — debdi.

Tabiblardan yana bir:

Bordi-yu  kutubxonangizga o’t ketsa, nima bo’ladi? – debdi. Ibn Sino:

Avvalambor, kutubxonamga o’t ketishidan xudo saqlasin bordi-yu falokat ro’y berib, o’t ketsa, unda cho’chiydigan joyim yo’q. Hammasini yod bilurmen, qaytadan yozib chiqishga umrim yetsa, kifoya, — debdi. Tabiblar Ibn Sino zehni bilan xotirasiga qoyil qolib, kelgan joylariga qarab ketibdi. Oradan kunlar o'tibdi, oylar o'tibdi, baribir tabiblar hasad qilishni qo'ymabdilar. G'alamislik  yo'liga o'tib, Ibn Sinoning kutubxonasiga o't qo'yibdilar. Bundan xabar topgan Ibn Sino chopib borib, kutubxona ichiga kiribdi. "Yaxshisi, do'stlarim bilan birga yona qolay", — deya kitoblar orasida o'ltiraveribdi. Odamlai zo'rg'a qutqazib qolishibdi. Ibn Sino kuygan kitoblarni yoddan qayta bitib tiklabdi-da, kutubxonani yangitdan qurdiribdi.


Orqaga qaytish