Ertaklar

5012 marta o'qildi
Sayohatchi kema

Bir kemacha har kuni daryoga suzar, odamlarni va turli narsalarni tashir ekan. U tepasida uchib o'tayotgan qushlar, tagida suzib yurgan baliqlar bilan suhbatlashar, sira zerikmas ekan.

 

 

- Iltimos bir martagina okeanga borib, kitlar va delfinlarni ko'rib kelaylik, - deb iltimos qilibdi kemacha o'zini boshqaradigan kapitanidan.

 

- Yo'q, sening ishing daryoda suzish!- debdi kapitan

 

Kemacha rosa yalinsa ham kapitan rozi bo'lmabdi. Kemacha juda xafa bo'libdi. Bir kuni kechqurun kapitan uyiga ketganida kemachaning hayoliga bir fikr kelibdi.

 

- Baribir okeanga boraman! - deb qaror qilibdi kemacha.

 

Shunday qilib kemacha g'izillagancha yo'lga tushibdi. Unga qushlar va baliqlar yo'l ko'rsatibdi. Oxirgi u okenga yetib boribdi.

 

Ertalab kemachasi yo'qolib qolganidan xabar topgan kapitan boshqa kemani boshqara boshlabdi. Dunyoda kemalar juda ko'p-da axir!

 

Kemacha esa delfinlar va kitlar bilan o'rtoqlashib, okeanda suzib yuraveribdi.


Orqaga qaytish