She`rlar va ruboiylar

4934 marta o'qildi
Insofli qush

Musichaxon bozorga,
Hech bekorga bormaydi.
To`kilgan don-dunlarni,
Terib-terib tolmaydi.

Insofli qush
Musichaxon bozorga,
Hech bekorga bormaydi.
To`kilgan don-dunlarni,
Terib-terib tolmaydi.
Cho`ntagi – yo`q, qopi yo`q
Ortig`ini olmaydi.
Insofli deb odamlar,
Uni quvib solmaydi.

Bechora fil
Chumolining oyog`in,
Fil bosvoldi nogahon.
– Ko`zingga qaragin!.. deb
So`kar chumoli chunon.
Tog`dek filning bag`riga
Tegar so`zlar xuddi o`q.
Aybdor-da bechora
Tili gung, madori yo`q.

Ayb o‘zida
– O`rtog`ing bilan Ali,
Urishibsan-da yana?
– Qo`lim tegib ketmasdi,
Yuzin etganda pana.



Vali Ahmadjon


Orqaga qaytish